|
Mavzu 11. BTR – 80 (BTR-82) qurol-aslahasidan otish asoslari va qoidalari. (4 soat)
|
bet | 44/74 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #133527 |
Bog'liq Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish Mavzu 11. BTR – 80 (BTR-82) qurol-aslahasidan otish asoslari va qoidalari. (4 soat).
Mashg‘ulot 1 (2-soat, ma’ruza). BTR – 80 (BTR-82) dan otish qoidalari.
BTR – 80 dan otish qoidalari. O‘q otishni amalga oshirish usullari. Navodka, mohiyati, o‘q uzishni amalga oshirish turlari va usullari. O‘q otish joyini tanlash. BTR – 80 pulemetlaridan kunduzi va tunda harakatsiz va harakatlanadigan nishonlarga joyida turib otish qoidalari. Boshlang‘ich ustanovkalarni belgilash va ularni asoslash. O‘q otishni yo‘nalishi va balandligi bo‘yicha korrektsiyalash. BTR - 80 pulemetlaridan qisqa to‘xtab va yurayotib paydo bo‘ladigan va harakatlanadigan nishonlarga otish qoidalari. Jangovar mashinalar qurol-yarog‘ stabilizatorining mo‘ljallanishi, umumiy tuzilishi, asosiy tavsiflari va tarkibiy qismlarining joylashishi.
Jangovar mashinalarning jang maydonida asosiy nishonlarga talofat yetqazish (yakson qilish) bo‘yicha vazifalari, jangovar ahamiyati va imkoniyatlari. Elektrapparatlar majmui (boshqaruv blogi). Mo‘ljallanishi, asosiy tavsiflari va umumiy tuzilishi. Lazerli masofa o‘lchagich. Mo‘ljallanishi, ishlash prinsipi, umumiy tuzilishi. Otishni boshqarish tizimidagi joyi va o‘rni. Hisoblash, mo‘ljalga olish burchaklarini kiritish va yon tuzatmalar kiritish moslamalari. Ularning mo‘ljallanishi, umumiy tuzilishi.To‘pning va pulemyotning qism va mexanizmlarini o‘qlash va otish vaqtida o‘zaro harakatlari. Agregatlarini ishchanligini tekshirish tartibi. Mumkin bo‘lgan tutulishlar va nosozliklar. Ularning sabablari va bartaraf etish usullari.
Mashg‘ulot 2 (2/2-soat, amaliy). Jangovar mashinalarning qurollar majmuasi asosiy elementlarini mo‘ljallanishi.
Komandirning nishon ko‘rsatish tizimi. Yo‘naltirish uzatmalari (qo‘lda). Mo‘ljalga olish va kuzatish asboblari. Kunduzgi va tungi (elektron-optik, elektron-giroskopik) mo‘ljalga olish va kuzatish asboblarini prinsipial chizmasi.Jangovar mashinalarning mo‘ljallanishi, jang maydonida asosiy nishonlarni yakson qilish bo‘yicha jangovar xususiyatlari.
|
| |