Farg‘ona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti matematika yo‘nalishi 3-bosqich 20. 04 guruh talabasi Qosimjonov Sherozbekning malakaviy amaliyot davri hisobot I




Download 16.31 Kb.
Sana19.05.2023
Hajmi16.31 Kb.
#61781
Bog'liq
HISOBOT sherozbek
natija-4, Xx asr 80-yillari o’rtalarida respublikada ijtimoiy-siyosiy, iqt, 1665639174, 2 ma’ruza Taqdimot yaratishning zamonaviy vositalari va ta’lim , Referat Jumayeva Hanifa, O’zbekiston aholisi,demografik jarayonlari Reja. Respublikamizda-fayllar.org, o\'quvchilar nutqini o\'stirish maqola 2, Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan turlanishi mavzusini o’r-fayllar.org, behruz, MUSURMANOVA NARGISA TUROBOYEVNA1, 4-amailiy ish, solved by abdulloh, Кўчат касалликлари, 5 мавзу TUPROQNING MEXANIK TARKIBINI ANIQLASH USULLARI

Farg‘ona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti matematika yo‘nalishi 3-bosqich 20.04 guruh talabasi Qosimjonov Sherozbekning malakaviy amaliyot davri


H I S O B O T I

Men Qosimjonov Sherozbekning 06.03.2023 yildan 01.04.2023 yilgacha 23.01.2023 yilda ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan shartnoma va matematika-infornatika fakulteti dekani I.Xaydarov bildirishnomasiga, Farg‘ona davlat universitetining rektori B.Sh.Shermuhammadovning 15.10.2023 yildagi 530-k/t sonli buyrug‘iga binoan Farg‘ona shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 41-ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan o‘rta ta’lim maktabida 4 haftalik malakaviy amaliyotda bo‘ldim.


Amaliyotni o‘tish davrimda maktab ichki tartib qoidalari bilan tanishdim va o‘qituvchilarni faoliyatini, dars o‘tish metodikasini, o‘quvchilar bilan ishlash usullarini o‘rgandim.
O‘qituvchilarning 22 ta dars o‘tish jarayonlarini muntazam kuzatdim. Dars o‘tish uchun kerakli bo‘lgan turli o‘qitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalar bilan ish olib borishni o‘rgandim. Shu bilan birga noan’anaviy o‘qitish metodlarini dars jarayonida qo‘llashni va eng muhimi, haqiqiy jonkuyar pedagog sifatida o‘quvchi bilan to‘g‘ri va samarali aloqa o‘rnatishni kuzatdim. Matematika o‘qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni va mustaqil ravishda darsni to‘g‘ri tashkillashni, mavzuga mos bo‘lgan materiallar va ko‘rgazmali qurollar, didaktik va tarqatma materiallardan, slayd va videoroliklardan to‘g‘ri foydalanishni, o‘quvchilar qiziqishlarini hisobga olib darsga jalb etishni o‘rgandim. Bunga qo‘shimcha yana dars vaqtini to‘g‘ri taqsim qilishni va mustaqil ravishda dars o‘tishni o‘rgandim, amalda sinab ko‘rdim. Bunda menga ustozlardan o‘zlashtirgan bilimlarim qo‘l keldi. Bu jarayonda menga maktabning matematika fani o‘qituvchilari juda katta yordam berdilar. Bu uchun men ulardan juda ham minnatdorman.
Men amaliyot o‘tagan 41-ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan o‘rta ta’lim maktabida matematik fani o‘qituvchilar tomonidan a‘lo darajada olib borilar ekan. Meni hayratga solgan narsa shu bo‘ldiki, o‘quvchilar matematika darsini boshqa darslardan ko‘ra ko‘proq quvonch bilan kutishar ekan. Dars davomida o‘qituvchi tomonidan aytilgan har bir yangi ma’lumotlarni qunt bilan o‘rganishar ekan. Shu tufayli ham darslarning qiziqarli bo‘lishi ta’minlangang ekan. Menga bu holat yoqdi va men ham kelajakda shunday ishlashni maqsad qildim. Men ham kelajakda o‘z o‘quvchilarimni darsga shu tariqa qiziqishiga harakat qilaman. Bunda esa menga amaliyot davrimda o‘qituvchilardan olgan bilimlarim katta yordam berishiga ishonaman.
Amaliyotim davrida 1ta ochiq darsrni kuzatdim, ochiq darslarni qanday tashkillash, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, dars etaplari, ochiq dars davomida nimalarga e’tibor berish kerakligini, tarqatmalardan darsni qaysi jarayonida ishlatish samara berishini, slayd va videoroliklar orqali vaqtdan samarali foydalanishni ustozlardan o‘rgandim. Ayniqsa, haftaning har juma kuni tashkillanadigan turli tadbirlar menga juda ko‘p narsani o‘rgatdi. Shu bilan birga ushbu jarayonlarda o‘quvchilar bilan qanday qilib til topishish, muomala qilish kerakligini bilib oldim. O‘quvchilarning sahnadagi ishtiroki, darslarda doska oldiga chiqib bergan javoblari ularni erkin so‘zlasha olish malakasini shakllantirganligi ochiq darslarda o‘z isbotini topdi. Ochiq darslarda maktab o‘qituvchilari va ma’muriyati oldida ham o‘quvchilar o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymasliklari uchun o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan ko‘nikmalar, motivasiya o‘z samarasini ko‘rsatdi. Meni barcha darslar hayratga soldi.
Maktabda har haftaning boshi-dushanba va haftaning oxiri -shanba kunlari subhidam yig‘ilishlari o‘tkazilsa. Haftaning boshqa kunlari esa badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Juma kunlari har bir sinfda sinf soatlari o‘tkaziladi. Men ham shu tadbirlarni muntazam kuzatib, ishtirok etib bordim.
Maktab o‘quvchilari tomonidan o‘tkazilgan har bir tadbirda faol ishtirok etdim. Dars o‘tish davomida ustozlardan dars ishlanmalari va dars rejalaridan qanday foydalanish kerakligini o‘zlashtirdim. Bu amaliyotim davvomida ustozlardan o‘zlashtirgan bilimlarim hamda keyingi bosqichda o‘zlashtiradigan ko‘nikmalarim menga o‘z kasbim bo‘yicha kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lishim uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Men maktab o‘qituvchilariga menga o‘zgatgan tajribalari, dars o‘tish metodikasi, tadbirlarni tashkillashi, ssenariylar tuzish ko‘nikmalari uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz yoshlarga bunday imkoniyatni yaratib bergan universitet rektoriga ham tashakkur aytaman.
Amaliyotchi talaba: Qosimjonov Sherozbek

Amaliyot rahbari: B.Toshbuvayev




Maktab direktori: M.N.Rahimova
Download 16.31 Kb.




Download 16.31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Farg‘ona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti matematika yo‘nalishi 3-bosqich 20. 04 guruh talabasi Qosimjonov Sherozbekning malakaviy amaliyot davri hisobot I

Download 16.31 Kb.