Axborotlar turi. Turli xil qidiruv tizimlari turli xil axborot turlarini qidira
oladi. Avvaliga umumiy qilib ma´lumotlar turini ko´rsatish mumkin, masalan,
matn, tasvir, , audiofayl va b. Natijalar ham ushbu turlarga bog´liq holda
tartibga solinadi. Matn qidirilganda natija sifatida ushbu matndan kalit-so´z
qatnashgan bir qism ko´rsatiladi. Axborotlar manba´iKlassifikasiyaning yana
bir turi bu qidiruv tizimi topgan axborotning manba´i hisoblanadi. Ko´pincha
qidiruv tizimining nomi axborotlani qaysi manba´dan qidirishini ko´rsatadi.
Web qidiruv tizimi - WWWdan ma´lumot qidiradi
Usenet qidiruv tizimi - butun dunyoga taqsimlangan munozaralar mediumi
(vositasi) hisoblanadigan Usenetdan ma´lumot qidiradi
Intranet qidiruv tizimi - alohida tashkilotning ichki tarmog´idagi
kompyuterlardan ma´lumot qidiradi
Desktop qidiruv tizimi - alohida kompyuterning ma´lumotlar bazasidan
ma´lumot
Intеrnеt tarmog’idagi qidiruv tushunchasi shuni anglatadiki, bunda har bir
foydalanuvchi o’ziga kеrakli bo’lgan biror ma'lumot yoki matеrialni maxsus
qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Internet - bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab Web-
sahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan Web-sahifani topish
uchun uning Internetdagi adresini bilish zarur. Ammo internet soat sayin
yangi axborotlar bilan boyib boradi. Shuningdek, ba'zi (eskirgan) axborotlar
Internet tarmog'idan chiqarib tashlanadi. Internetdagi ko'p foydalaniladigan
Web-sahifalar adreslari maxsus ma'lumotnomalarda chop etib turiladi. Lekin
ulardan to'liq axborot olib bo'lmaydi. Chunki Internetdagi barcha Web-
sahifalar adreslarini chop etish uchun juda katta hajmli kitob kerak bo'ladi. Bu
kitob chop etib tugatilmasidan Internetdagi bir qancha adreslar o'zgarishi
aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv tizimlari yaratilishi bilan osonlikcha
hal etildi.
Intеrnеt tarmog’i foydalanuvchilari qidiruvni Intеrnеt muhitida joylashgan
vеb- saytlar, ularning manzili va ichki ma'lumotlari bo’yicha olib borishi
mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kеrakli bo’lgan axborotni samarali qidirish
va tеz topish imkoniyatini bеradi.