• Gips beton nuyumlari.
  • Farg’ona politehnika instituti s13-19 guruh talabasi ibrohimov fazliddinning devorbop qurilish materiallari texnologiyasi fanidan




    Download 137.84 Kb.
    Sana12.06.2023
    Hajmi137.84 Kb.
    #72066
    Bog'liq
    IBROHIMOV FAZLIDDIN
    Bernuliy tenglamsining geometrik tahlili, 4144, algotirm 2-amaliy 6-variant, 5 amaliy Kompyuterni tashkillashtirish( Omonov Fayziddin), ehtimol-topshiriq-3, 11 lab Omonov, fera raqamli amaliy

    FARG’ONA POLITEHNIKA INSTITUTI
    S13-19 GURUH TALABASI
    IBROHIMOV FAZLIDDINNING
    DEVORBOP QURILISH MATERIALLARI
    TEXNOLOGIYASI FANIDAN
    MUSTAQIL ISHI

    Bajardi: Ibrohimov F.
    Qabul qildi: Sobirova D.
    2023 YIL.
    Mavzu: Gips betonli devorbop materiallarni ishlab chiqarilishi.
    Reja:
    •  Gips beton nuyumlari.
    • Ularning xossalari.

    GIPS-BETON BUYUMLAR — qurilish gipsi va gips-beton asosida tayyorlanadigan qurilish buyumlari. Ulardan toʻsiq plita va panellar, pol ostiga yotqiziladigan plitalar, sanitariya-texnikasi kataklari, shamollatish (ventilyatsiya) bloklari, qoplama listlar (gipsli quruq suvoq) ishlab chiqariladi.
    Gips-betondan tayyorlanadigan toʻsiq panellari havo namligi 60% dan oshmaydigan xonalarda ishlatiladi. Turar joy binolari uchun ishlatiladigani tutash qilib yoki eshik oʻrni va framugalar qoldirib, 6 m uzunlik, 3 m balandlik, 80—100 mm qalinlikda ishlab chiqariladi. Panellarga ishlatiladigan gips-betonning mustahkamlik chegarasi kamida 3,5 Mn/m2 (35 kg kuch/sm2) boʻlishi lozim. 
    Toʻsiq plitalari gips-beton yoki gipsdan 80—100 mm qalinlikda tutash va ichi boʻsh qilib ishlab chikariladi. Pol ostiga yotqiziladigan plitalar 50—60 mm qalinlikda «xona oʻlchamida» yoki xonaning bir boʻlagiga teng oʻlchamda ishlab chikariladi. Bunday plitalar gips-betondan tayyorlanib, yogʻoch reykalar bilan armaturalanadi. Sanitariya-texnikasi kataklari vertikal krliplarda qoliplanadigan yoki alohida panellardan yigʻiladigan hajmiy elementlar tarzida ishlab chikariladi. Shamollatish bloklari «qavat»ga teng balandlikda, 180 mm kalinlikda, 140 mm diametrda ochiq vertikal teshikli qilib ishlab chiqariladi.
    Qoplama listlar havo namligi 70% dan oshmaydigan xonalarning ichki devorlariga krplash uchun ishlatiladi. Bunday listlar orasiga gips toʻldirilgan kartondan iborat. Qoliplash konveyerlarida 2500—3300 mm uzunlikda ishlab chikariladi. Bulardan tashqari devor toshlari, qavatlararo yopmalar, chordoq yopmalari detallari, karnizlar, tovushni yutuvchi material va yongʻindan muhofazalovchi buyumlar yasaladi. G.-b. b. ishlatilganda yogʻoch materiallar tejaladi. Namdan asrash uchun G.-b. b. ning sirti suv oʻtkazmaydigan boʻyoqlar yoki pastalar bilan qoplanadi.
    Download 137.84 Kb.




    Download 137.84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farg’ona politehnika instituti s13-19 guruh talabasi ibrohimov fazliddinning devorbop qurilish materiallari texnologiyasi fanidan

    Download 137.84 Kb.