|
Bankni iqtisodiy ko‘rsatkichlari samaradorligini oshirish bo‘yicha strategik rejasi
|
bet | 10/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #233024 |
7. Bankni iqtisodiy ko‘rsatkichlari samaradorligini oshirish bo‘yicha strategik rejasi
Strategiyani ishlab chiqish asoslari: Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar Strategiyani ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3620-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4699-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-son Farmoni.
Strategiyani ishlab chiqish bosqichlari:
I bosqich - Makroiqtisodiy holat, bank sektorining tahlili va Universalbankning bozordagi o‘rni
II bosqich - Bankning joriy holatini tushunish
III bosqich - “Universalbank” ATBni rivojlantirish strategiyasi
Bankning boshlang‘ich pozitsiyasini tahlil qilish natijasida asosiy quyidagi shartar belgilandi:
Mikro, kichik va o‘rta biznes (keyingi o‘rinlarda – HBO‘B) segmentida yetakchi banklardan biriga aylanish;
O‘zbekiston bozorining HBO‘B va chakana savdo segmentiga hizmat ko’rsatish hajmini oshirish;
Bank o‘z mijozlari bazasini jadal sur'atlar bilan o‘sishini ta’minlash, HBO‘B segmentida chakana kreditlash va raqamli xizmatlar ko‘rsatishda yetakchi o‘rinni egallash;
Bankning strategik aktivlari quyidagilardan iborat:
Dastlab (Bank tashkil etilganda) ma'lum maqsadli segmentlar aniqlangan - kichik va o‘rta biznes;
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun garovsiz onlayn kredit mahsulotlarining mavjudligi;
Katta filiallar tarmog‘i;
Moliyaviy xizmatlardan minimal foydalanish imkoniyati bo‘lgan segmentni moliyalashtirishning tarixiy tajribasi.
9-jadval
Bankni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari
|
| |