• Uch fazalik elektr dvigatellarni bir fazalik tarmoqqa ulash
  • Elektr dvigatellarining texnik xususiyatlari
  • E’tiboringiz uchun raxmat!
  • Farg’ona Politexnika instituti klt fakulteti 46-21 guruh talabasi Qobiljonov Diyorbekning avtomatlashtirishda rele himoyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi




    Download 0,79 Mb.
    Sana09.02.2024
    Hajmi0,79 Mb.
    #153855
    Bog'liq
    Dvigatellarni ulanish sxemalari

    Farg’ona Politexnika instituti KLT fakulteti 46-21 guruh talabasi Xusanov Shaxzodning boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

    REJA:

    • Uch fazali elektr dvigatellarni bir fazali tarmoqqa ulash
    • Elektr dvigatellarning texnik hususiyatlari
    • Elektr dvigatellarni o’ramlari ulanishlari

    Mavzu: Dvigatellarni ulanish sxemalari

    Uch fazalik elektr dvigatellarni bir fazalik tarmoqqa ulash

    Uch fazalik elektr dvigatellarni bir fazalik tarmoqqa ulash

    Odatda uch fazali motorni, 220 V kuchlanishli tarmogʻiga ulash koʻp hollarda turli xil stanoklar va qurilmalarni tayyorlashda talab qilinadi. Ko'p hollarda bir fazali elektr motorining kuchi yetarli boʻlmaydi, uch fazali elektr tarmogʻi esa har bir uyda mavjud emas. Bunday holatda, uch fazali motorni bir fazali tarmoqqa ulash sxemasidan foydalaniladi.

    Bunday dvigatellarni bir fazali tarmoqqa ulash uchun faza siljituvchi kondensatorlar ishlatiladi. Kuchli motorlar uchun ishchi va ishga tushiruvchi kondensator tanlashni talab qiladi. Kichik quvvatli dvigatel uchun bitta ishchi kondensator yetarli boʻlishi mumkin.

    Elektr dvigatellarining texnik xususiyatlari

    Elektr dvigatellarining texnik xususiyatlari

    Elektr dvigatellari oʻzgaruvchan va oʻzgarmas to'kli, qisqa tutashgan va faza rotorli, sinxron va asinxron boʻladi. Bizni qisqa tutashgan rotorli, oʻzgaruvchan tok asinxron dvigatellari qiziqtiradi – aynan ular koʻpincha turli qurilmalarda uchratish mumkin.

    Dvigatelning asosiy xarakteristikalari nominal kuchlanishi, quvvati va aylanish chastotasidir. Uyda foydalanish uchun 3 kWgacha va 3000 rpm gacha quvvatga ega boʻlgan motorlar koʻproq mos keladi. Quvvati katta va yuqori tezlikda aylanadigan motorlar 220 V tarmoqdan ishga tusha olmaydi yoki ortiqcha yuklama hosil qiladi. Ikkala holatda ham barcha ahamiyatlari yoʻqoladi.


    Birkada odatda quyidagi yozuv mavjud boʻladi: “D/Y 220/380”, yaʼni 220 V kuchlanish uchun “uchburchak” ulanishi moʻljallangan va 380 V kuchlanish uchun “yulduz” usulida ulash moʻljallangan. Bu maʼlumotlar uch fazalik dvigatellar uchun kondensatorni qanday tanlash uchun zarur.
    Elektr dvigatellarni oʻramlari ulanishlari
    Elektr motorlarida ikki turdagi oʻram ulanishlari mavjud:
    “yulduz” va “uchburchak”.
    Bir fazali tarmoq uchun, uch fazali dvigatelning kondensatorlarini tanlash uchun dvigatel oʻramlarning qanday ulanganligini aniq bilishingiz kerak. Buning uchun siz terminal qopqogʻini (Barno) ochishingiz kerak, qopqoq ostida oʻramni chiqishlari joylashgan va jumperlar mavjud.

    Agar dvigatel qayta oʻralgan boʻlsa, u holda qopqoq ostida faqat uchta chiqish boʻlishi mumkin, yaʼni oʻramlar “yulduz” usulida ulangan va ularni “uchburchak” usulida ulash mumkin emas. 220 V tarmoqqa ulab, uni ishlatish qiyin, chunki quvvat yoʻqotishlari juda katta boʻladi.

    Agar dvigatel qayta oʻralgan boʻlsa, u holda qopqoq ostida faqat uchta chiqish boʻlishi mumkin, yaʼni oʻramlar “yulduz” usulida ulangan va ularni “uchburchak” usulida ulash mumkin emas. 220 V tarmoqqa ulab, uni ishlatish qiyin, chunki quvvat yoʻqotishlari juda katta boʻladi.

    Uch fazali elektr dvigatelni bir fazali tarmoqqa ulashni rejalashtirilganda, uchburchak ulanishga ustunlik berish tavsiya etiladi. Bu motorga biriktirilgan birkasida koʻrsatilgan boʻladi. Baʼzi hollarda birkada “Y” belgisi mavjud boʻlib, bu yulduz usulida ulanishni bildiradi. Katta quvvat yoʻqotishlarini oldini olish uchun oʻramlarni uchburchak usulida ulash tavsiya etiladi.

    220 V kuchlanishga ulanish uchun, oʻramlarni “uchburchak” usulida ulash kerak. Agar dvigatelni ishga tushirish oson boʻlishi kerak boʻlsa, ishga tushirishda oʻramlarni “yulduz” usulida va keyin “uchburchak” ga oʻtadigan sxemani yigʻishingiz mumkin.

    220 V kuchlanishga ulanish uchun, oʻramlarni “uchburchak” usulida ulash kerak. Agar dvigatelni ishga tushirish oson boʻlishi kerak boʻlsa, ishga tushirishda oʻramlarni “yulduz” usulida va keyin “uchburchak” ga oʻtadigan sxemani yigʻishingiz mumkin.

    Terminal qutisida (Barno) terminallar shunday tarzda joylashtirilgan-ki. Ular maxsus jamperlar(peremicgka) yordamida oʻramlarni “uchburchak” usulida ulash qulay.

    E’tiboringiz uchun raxmat!


    Download 0,79 Mb.




    Download 0,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farg’ona Politexnika instituti klt fakulteti 46-21 guruh talabasi Qobiljonov Diyorbekning avtomatlashtirishda rele himoyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

    Download 0,79 Mb.