Farg’ona politexnika instituti Mehanika-mashinasozlik fakulteti




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana15.05.2024
Hajmi1,14 Mb.
#234256
1   2
Bog'liq
Aliyorxon 1

Bolt, vint, shpilka, gayka, shaybalar sezilarli
yeyilganda yangisiga almashtiriladi.
Yirik
detallarni vint, shpilka yordamida
biriktirganda, masalan, elektrodvigatelni
separator staninasiga o`rnatishda, faqat teshik
qayta tiklanib, shpilka va vintlar yangisiga
almashtiriladi. Ichki rezbali kichik teshiklar
qayta tiklanganda, teshik
DSt
bo`yicha keyingi
katta o`lchamga moslashtirilib, qayta teshiladi
va yangi rezba chiqariladi.


Rezbali birikmalarda detallar o`zaro zichroq
yopishishi uchun ular orasiga ip-gazlama, 
karton yoki qog’oz zichlagichlar surik bo`ktirib
qo`yiladi. Detallarni biriktirganda odatda bolt 
kallaklari bir tomonda, rezbali qismi ikkinchi
tomonda bo`lishi lozim. So`ngra gaykalar engil
tortilib, detallar holati tekshirilib, gaykalar
mahkam tortiladi. Gaykalar ochilib ketmasligi
uchun kontrgayka, maxsus shayba, tojli
gaykalar va shplintlar ishlatiladi.


Shponkali birikmalarda
shponkalar ezilishi, ishchi
yuzalar yeyilishi mumkin. Bunday shponka
yangisiga almashtiriladi. Shponka ariqchasi
yeyilganda, ariqchasi standart bo`yicha keyingi
katta o`lchamgacha kengaytiriladi va
chuqurlashtiriladi. Prizmasimon va segmentli
shponkalarda balandligi bo`yicha, ponasimon
shponkalarda esa kengligi bo`yicha tirqish bo`lishi
lozim.Tirqish qiymati shup bilan nazorat qilinadi.


Ajralmaydigan birikmalarni
ta`mirlash. Ajralmaydigan birikmalarga
parchin mixli, payvand va kavsharlangan
birikmalar misol bo`ladi. Parchin mixli
birikmalarda quyidagi nuqsonlar uchraydi: 
parchin mixlar susayadi, sterjeni egiladi, kallagi
yeyiladi; teshiklar kengayadi.


Parchin mixli birikmalarni ajratish uchun uning
kallagi zubilo bilan chopiladi va sterjen borodok
bilan urib chiqariladi yoki parmalanadi. Buning
uchun kallakda uning balandligiga teng teshik
parmalandi. Kallak urib sindiriladi va sterjen
borodok bilan uchirib chiqariladi. Teshiklar qayta
parmalanadi, teshikka yangi sterjen o`rnatiladi, 
detallar zich yopishtiriladi. Sterjen bir uchi detalga
zich yopishtirilib, ikkinchi uchi urib yeyiladi va
so`ngra kallakka to`g’ri shakl beriladi.

Download 1,14 Mb.
1   2




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Farg’ona politexnika instituti Mehanika-mashinasozlik fakulteti

Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish