• Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy jarayonlardaniborat
  • Farg’ona politexnika instituti Qurilish fakulteti 81-20 qmbkich talabasi Abdumo’minov Ramazonning “Yengil beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi” fanidan taqdimot ishi




    Download 422,21 Kb.
    bet5/6
    Sana12.01.2024
    Hajmi422,21 Kb.
    #135837
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Azamov B yengil beton

    Xo’l (shliker) usulida gillar maxsus katta sig’imlar-gil aralashtirgichlarda suv bilan qayta ishlanadi. Olingan loysimon massaning namligi taxminan 50% ni tashkil etadi. Bu massa nasos yordamida shlambasseynga va undan aylanma pechga uzatiladi. Bu holatda aylanma pech qismiga osma zanjirli parda o’rnatiladi. Bu zanjirlar issiqlik almashinuvini ta’minlaydi: ular pechdan chiqayotgan issiq gazlar tasirida qiziydi va loy massani quritadi, undan so’ng quriyotgan “bo’tqani” granulalarga aylantiradi, shundan so’ng bu granulalar quriydi, qiziydi va ko’pchiydi. Bu usulning asosiy kamchiligi bu ko’p yoqilg’i sarfi, ya’ni shlikerning dastlabki yuqori namligi hisobiga. Afzalligi xomashyoni bir jinslilikka keltirish, qo’shimchalarni oson va bir tekisda kiritish, xomashyodan oxak donalarini va toshsimon qo’shimchalarni yo’qotishning soddaligi hisoblanadi. Bu usul gilning kondagi namligi yuqori bo’lganda tavsiya etiladi. Ho’l usul gilning gidromexanizatsiyalashgan qazib olishda va keramzit ishlab chiqarish korxonasiga suyuq loy shaklda trubalarda uzatishda ham qo’llaniladi. Keramzit shag’ali ishlab chiqarishdagp texnologik jarayonlar.

    Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy jarayonlardaniborat:

    • Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy jarayonlardaniborat:
    • - xomashyoni kondan qazib olish va korxonaning zahira omboriga
    • jo’natish;
    • - xomashyoni qayta ishlash va kerakli o’lcham, bir jinsli keramik massaga
    • ega xom granulalarni tayyorlash;
    • - xom granulalarga termik ishlov berish, ya’ni isitish, kuydirish va
    • sovitish natijasida tayyor mahsulot olish;
    • - olingan mahsulotni navlarga ajratish yoki zichligi bo’yicha taqsimlash;
    • - g’ovak to’ldiruvchi (keramzit shag’ali)ni omborlarga joylash.
    • Gil xomashyosini qazib olishda bir cho’michli va ko’p cho’michli ekskava-torlar ishlatiladi. Yumshoq gilli jinslar kondan mavsumiy qazib olinadi, toshsimon gilli jinslar esa yil bo’yi qazib olinadi. Gil xomashyosi gil saqlagichlarda yoki maxsus konuslarda saqlanadi. Xom granulalarni quritish pishirishda ishlatiladigan aylanma pechlarda yoki alohida quritish agregatlarida amalga oshiriladi. Bu uncha katta bo’lmagan o’lchamlardan (6-14mm) granulalarni quritish rejimi olinadigan keramzit sifatiga jiddiy tasir etmaydi. Bitta aylanma pechda xam isitish va quydirish ishlarini birga bajarilishi bevosita xom granulalar ishlab chiqaruvchi qurilmaning ishlashiga bog’liq.


    Download 422,21 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 422,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farg’ona politexnika instituti Qurilish fakulteti 81-20 qmbkich talabasi Abdumo’minov Ramazonning “Yengil beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi” fanidan taqdimot ishi

    Download 422,21 Kb.