• Q A R O R Q I L A M A N
  • Shahar hokimi D.Rahmatov
  • Farg'ona shahar hokimining 2016 yil 08 avgust kungi




    Download 15,99 Kb.
    Sana07.07.2020
    Hajmi15,99 Kb.
    #11247

    Farg'ona shahar hokimining

    2016 yil 08 avgust kungi

    № 966 qarori
    Shahar iqtisodiyoti tarmoqlari, korxonalari va muassasalarini

     2016-2017 yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga o'z vaqtida

     sifatli tayyorlashni ta'minlash haqida
         Shahar iqtisodiyoti tarmoqlari, korxonalari va muassasalarini 2016-2017 yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga o'z vaqtida sifatli tayyorlashni ta'minlash va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 10 iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohasini 2016-2017 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta'minlash chora-tadbirlari to'g’risida”gi PQ-2545-sonli hamda viloyat hokimining shu mazmundagi 2016 yil 17 iyundagi 203-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati to'g’risida”gi  qonunining 6,25 - moddalariga asosan;

    Q A R O R  Q I L A M A N :

               

    1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 10 iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohasini 2016-2017 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta'minlash chora-tadbirlari to'g’risida”gi PQ-2545-sonli hamda viloyat hokimining shu mazmundagi 2016 yil 17 iyundagi 203-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

    2. Shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2016-2017 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo'yicha chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;

     ko'p xonadonli uylarni, asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha ob'ektlarini hududlar bo'yicha 2016-2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy ta'mirlash topshiriqlari 2-4-ilovalarga muvofiq;

    2016-2017 yil kuz-qish davri uchun ko'mir tayyorlash, shuningdek suyultirilgan gazni hududlar bo'yicha etkazib berish topshiriqari 5-ilovaga;

    shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2016-2017 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo'yicha shahar komissiyasi tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

    3. Shahar hokimining o'rinbosarlari (U.Karimberdiev, U.Karimov)ga:

    10 kun muddatda kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, ko'p xonadonli turar-joy binolari, ta'lim muassasalari, sog’liqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha ob'ektlarini 2016-2017 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo'yicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy o'rganib chiqsin;

    o'rganib chiqish natijalari bo'yicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarni amalga oshirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2016-2017 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va ta'minlash bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini  o'z vaqtida amalga oshirsin.

    4. Shaharda shaxsan hokim rahbarligida aynan shunday hududiy komissiyalar tashkil etilishi belgilanganligi inobatga olinsin.

    shahar komissiyasi a'zolari, shahardagi korxona va tashkilot rahbarlari zimmasiga 2016-2017 yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini ta'minlashga yo'naltirilgan tasdiqlangan tadbirlar hamda ishlarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy mas'uliyat yuklatilsin.

        5. “Farg’ona tongi” gazetasi (P.Oripov) mazkur qarorni rasmiy e'lon qilsin hamda shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.

       6. Belgilansinki, mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

           7. Shahar hokimining 2015 yil 25 iyuldagi “Shahar iqtisodiyoti tarmoqlari, korxonalari va muassasalarini 2015-2016 yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga o'z vaqtida sifatli tayyorlashni ta'minlash haqida”gi 709-sonli, 2016 yil 23 iyundagi 784-sonli qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

    8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilishni o'z zimmamda qoldiraman.



                  Shahar hokimi                                           D.Rahmatov
    Download 15,99 Kb.




    Download 15,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farg'ona shahar hokimining 2016 yil 08 avgust kungi

    Download 15,99 Kb.