Farpi Energetika fakultetei 55-20 e gururh talabasi boqidinov boburmirzoning “issiqlik taminiti va issiqlik tizimlari ” fanidan tayorlagan mustaqil ishi




Download 219,43 Kb.
bet2/4
Sana14.12.2023
Hajmi219,43 Kb.
#119047
1   2   3   4
Bog'liq
IT va I tizimlari
OKSIDLAR ASOSLAR KISLOTALR OLISNISHI XOSSALARI ISHLATILISHI, 2024 Ramazon taqvimi, KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH YO, 1259804, NEFT VA GAZNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI 1, amaliyot hujjat., NEFT-GAZNI QAYTA ISHLASH JIXOZLARI, USKUNALARI, 2025 Ramazon taqvimi, Energiya saqlovchi tashqi devorlar konstruktsiyalarini loyihalash bo’yicha asosiy ko’rsatmalar, gerbari, PRESENTATION, Oldindan qo\'zg\'aladigan temirbeton konstruksiyalari, 60-23 E va A mustaqil talim va taqdimot mavzulari, 8-dars Kimyoviy kinetika va kimyoviy muvozanat
Issiqlik ta’minoti tizimlari
Har bir issiqlik ta’minoti tizimi quyidagi asosiy elementlardan: issiqlik manbai,
issiqlik tarmog‘i, iste’molchining kiritish tugunlari va mahalliy issiqlik iste’mol
tizimlaridan iborat bo‘ladi.
Issiqlik ta’minoti tizimilari quyidagi belgilarga qarab sinflarga bo‘lish mumkin:
issiqlikni hosil qilish manbai bo‘yicha; issiqlik tashuvchining turiga qarab; issiq suv
ta’minotiga suvni uzatish usuliga qarab; issiqlik tarmoqlaridagi quvurlarining soniga
qarab; iste’molchilarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash usuli bo‘yicha va h.k.
Issiqlik ta’minoti tizimlari issiqlik tashuvchilar turiga qarab ikkiga bo‘linadi:
1. Suvli issiqlik tizimlar
  • Bug‘li issiqlik tizimlar

  • Suvli issiqlik tashuvchilar issiqlik ta’minotida davriy is’temolga va issiq suv
    uchun qo‘llaniladi. Ba’zi hollarda texnik jarayonlarda suvli issiqlik tarmoqlari
    umumiy issiqlik tarmoqlarining 48 % ni tashkil qiladi (uzunlik bo‘yicha).
    Issiq suv ta’minoti tizimining ulanish usullari qarab issiqlik ta’minoti tizimlari
    ochiq va yopiq tizimlarga bo‘linadi.

    Yopiq tizimlarda vodoprovod suvi issiqlik tashuvchi yordamida isitiladi va
    iste’molchiga etkaziladi.
    Ochiq tizimlarda issiq suv ta’minoti extiyojlari uchun suv bevosita issiqlik
    tarmog‘idan olinadi. Misol uchun, qishda biz isitishda va issiq suvni ishlatishda “bitta
    quvur”dan ishlatamiz.
    Issiqlik tarmoqlarida quvurlar soni bo‘yicha bir quvurli yoki ko‘p quvurli
    bo‘lishadi. Iste’molchini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash bir pog‘onali yoki ko‘p
    pog‘onali bo‘lishi mumkin. Bir pog‘onali issiqlik tarmoqlarida iste’molchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi
    (1.1.-chizma). Iste’molchilarning issiqlik tarmoqlariga ulanish joylari kiritish
    tugunlari (vvod) deyiladi. Har bir binoning kiritish tugunlariga issiq suv
    ta’minotining isitgichlari, elevatorlar, nasoslar, armaturala, issiqlik tashuvchining
    parametrlari va sarflarini rostlovchi nazorat-o‘lchov qurilmalari o‘rnatiladi. SHu
    sababli kiritish tugunlari ko‘p hollardamahalliy issiqlik punkti deb ataladi. Agarda
    kiritish tuguni alohida, masalan texnologik qurilma uchun barpo etilsa, bu holda
    individul issiqlik punkti deyiladi
    Bir pog‘onali issiqlik ta’minoti tizimining sxemasi:
    1-magistral quvurlar; 2-tarqatuvchi tarmoq; MTP-mahalliy issiqlik punkti; TP-issiqlik
    ta’minoti isitgichi; PK-qozonxona; SN-tarmoq nasosi
    Ko‘p pog‘onali tizimlarda (II.2.-chizma) issiqlik manbai va iste’molchi orasida
    markaziy issiqlik punktlari (MIP) yoki nazorat-taqsimlash punktlari (NTP)
    joylashtiriladi. Ushbu punktlarda issiqlik tashuvchining parametrlari mahalliy
    iste’molchilarning talabiga qarab o‘zgartirilishi mumkin. Mazkur markaziy issiqlik
    punktlari yoki nazorat-taqsimlash punktlari kvartal yoki tumandagi iste’molchilarning
    kerakli parametrdagi issiqlik bilan ta’minlash uchun nasos va suv isitish qurilmalari,
    rostlovchi va himoyalovchi armaturalar, nazorat-o‘lchov qurilmalari bilan
    jihozlanadi.
    Ikki pog‘onali issiqlik ta’minoti tizimining sxemasi:
    1-magistral quvurlar; 2-tarqatuvchi tarmoq; 3-taqsimlovchi tarmoqlar; 4,5-binolarga isitish
    va ventilyasiya uchun tarqatish; 6-texnologik jarayon uchun tarqatish tarmog‘i
    Nasos va suv isitish qurilmalari yordamida magistral quvurlar (birinchi pog‘ona)
    to‘liq yoki qisman taqsimlovchi tarmoqlardan (ikkinchi pog‘ona) gidravlik ajratiladi.
    MIP yoki NTPlardan issiqlik tashuvchi kerakli parametrlarda ikkinchi pog‘onaning
    umumiy yoki alohida quvurlari yordamida har bir binoning mahalliy issiqlik punktiga
    uzatiladi.
    1   2   3   4




    Download 219,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farpi Energetika fakultetei 55-20 e gururh talabasi boqidinov boburmirzoning “issiqlik taminiti va issiqlik tizimlari ” fanidan tayorlagan mustaqil ishi

    Download 219,43 Kb.