|
Fayl nima? Siz foydalanishingiz mumkin bo'lgan juda ko'p turli XIL fayllar
|
bet | 7/8 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 1,41 Mb. | | #150078 |
Bog'liq 3-mavzuImage [disk yurituvchi nomi]
Agar disk yurituvchi ko‘rsatilmasa, faol (joriy) disk yurituvchi tushuniladi.
Image.bak faylini hosil qilishni bekor qilish uchun Image/Noback buyrug‘i beriladi.
Image dasturining bajarilish vaqti juda qisqa, shuning uchun uni tez-tez bajarib turish tavsiya etiladi.
Yordamchi diskni tayyorlab qo‘yish ham foydalanuvchi uchun muhimdir. Yordamchi disk nima va uning vazifasi qanday, degan savolga javob beraylik. Kompyuterning boshlang‘ich yuklanish jarayonida DOS ning tizimlarini ochish va ularni ishlatish uchun (ya`ni boshqarishni buyruq fayllarga berish uchun) BIOS dasturlaridan foydalaniladi. Agar bu dasturdagi ma`lumotlar buzilgan bo‘lsa, kompyuter ishga tushmaydi (yuklanish oxiriga Yetmaydi) yoki ba`zi bir mantiqiy disklar (diskdan yuklanish ro‘y berganda) «ko‘rinmaydi». Bunday holatda yo‘qolgan yoki buzilgan ma`lumotlarni tiklash oson ish emas, xatto mutaxassislar uchun xam talaygina vaqt talab qiladi. Bu vaziyatda Rescue dasturi yordam beradi. Ushbu dastur ma`lumotlarni (yuklash dasturini) yordamchi diskka yozib qo‘yadi va ularni shu diskdan qayta tiklab beradi.
Yordamchi diskni tayyorlash uchun 2 — 3 daqiqa vaqt sarf etiladi va har safar DOS konfiguratsiyasi o‘zgartirilganda yordamchi diskni yangilab turish tavsiya etiladi.
Kompyuterni ishlatish jarayonida diskda juda ko‘p keraksiz va bak kengaytmali fayllar hosil bo‘ladi. Xotirani kengaytirish, tozalash maqsadida qattiq disklarni keraksiz fayllardan tozalash uchun Wipeinfo dasturidan foydalanish mumkin.
Kompyuterdan qancha ko‘p foydalanilsa, qattiq diskning fayllarga to‘lib qolish extimoli shuncha ortadi. Albatga, har qanday axborotni u ishlatib bo‘lingach, xotiradan o‘chirish kerak buladi. Lekin shunda xam ba`zi bir «keraksiz» fayllar soni ko‘payib ketadi. Bunday xollarda (ba`zan, axborot xajmi anchagina katta bo‘lganda), axborotlarni «sikuvchi» maxsus arxivlash dasturlari qo‘llaniladi. Arxivlash dasturlari maxsus uslublarni qo‘lllash hisobiga axborotlarni «siqish» imkonini beradi, ya`ni axborotning nisbatan kichik xajmdagi nusxasini yaratish hamda bir nechta faylni bitta faylga birlashtirish imkonini beradi. Bunday dasturlar bilan keyingi bobda tanishasiz.
Qattiq diskdagi manzillar joylashishi yagona tizim (ko‘rinish)ga ega bo‘ladi. Bu xolat barcha ko‘rinishdagi disklarga taalluqli. Diskni doimiy ishlatish jarayonida – fayllarni yozish, o‘chirish, qayta yozishda juda ko‘p bo‘sh joylar hosil bo‘ladi va ko‘pgina fayllar bo‘lak-bo‘lak bo‘lib ajralib qoladi.
Shunga o‘xshash hollarda fayllar joylashishini optimallashtiruvchi dastur, masalan, SpeeDisk yoki ScanDisk dasturlaridan foydalanish mumkin. Bu dasturlar barcha fayllarni disk (manzil) boshlanishiga ko‘chiradi va fayllarning bo‘laklarga ajralishini to‘g‘rilaydi. Bunday dasturlarning bajarilishi bir necha minutni tashkil etadi. Shu bois, vaqti-vaqti bilan komlyuterning barcha mantiqiy disklarini optimallashtirish maqsadga muvofiq.
|
| |