• Diskni defragmentatsiyalash
  • Fayl nima? Siz foydalanishingiz mumkin bo'lgan juda ko'p turli XIL fayllar




    Download 1,41 Mb.
    bet6/8
    Sana01.02.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #150078
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    3-mavzu

    Diskni tekshirish
    Diskni tekshirish buyrug‘i berilganda ekranda quyidagi oyna namoyon bo‘ladi:

    SkanDisk dasturi disklardagi nosozliklarni tekshiradi, papkalar va asosiy diskdagi fayllarning xatoliklarini aniqlaydi. Bu dasturdan ko‘pincha Windowsdan noto‘g‘ri chiqqanda (ya’ni kompyuterni noto‘g‘ri o‘chirilganda) foydalaniladi.
    Diskni defragmentatsiyalash
    Ma’lum vaqtdan so‘ng diskdagi ko‘pchilik fayllar fragmentlarga ajralib, diskning har xil bo‘laklarida joylashib qoladi, bu esa faylni o‘qish va saqlash ishlarini sekinlashtiradi. Fayllarni bir joyga to‘plash va ularni siqish jarayoni Defragmentatsiya deb yuritiladi. Bu jarayon fayllarni yozish va o‘qishni tezlashtirish imkonini beradi.


    Ma`lumki, kompyuter elektr tarmog‘iga ulanganda vinchester diskchalari harakatga tushadi va uning aylanish tezligi minutiga 6500 – 10000 martagacha yetadi. Bu juda katta tezlik. Xuddi shuningdek, kompyuterning boshqa qurilmalari ham ish jarayonida katta kuchlanishga ega bo‘ladi va elektr toki o‘tishi natijasida o‘zidan issiqlik chiqaradi. Qattiq diskka ko‘rsatiladigan xizmatlar undagi ma`lumotlarga ishlov berishdan iborat. Ularni qanday amalga oshirishni ko‘rib chiqamiz.
    Diskdagi fayllar bilan ishlaganda operatsion tizim, o‘zak katalog, fayllar joylashish jadvali (FAT-Fail allocation Table), diskning yuklanish dasturi yozilgan qismidagi ma`lumotlardan foydalaniladi. Agar diskning tizimli qismi buzilsa, diskdagi ma`lumotlardan to‘la yoki qisman xam foydalanib bulmaydi. Diskning tizimli bo‘limini (Disk Edit turidagi dastur yordamida) qayta tiklash mumkin. Lekin bunday ish foydalanuvchidan yuqori malaka va ko‘p vaqt talab qiladi. Agar tizimli bo‘lim fayllarini doimiy ravishda Image dasturi yordamida nusxalanib qo‘yilsa, diskning tizimli sohasi bo‘zilganda uni qayta tiklash ancha yengil bajariladi.
    Image.exe dasturi diskning tizimli sohasi haqidagi ma`lumotlarni Image.dat fayliga yozib qo‘yadi. Ushbu faylni yuklash jarayonida fayllar joylashish jadvali va o‘zak katalog haqida ma`lumotlar tasvirlanadi.
    Har safar Image.exe fayli ishga tushirilganda undagi axborot yangilanib turadi, faylning avvalgi xolati esa, Image.bak faylida saqlanadi.
    Image. exe faylini ishga tushirish quyidagicha bajariladi:

    Download 1,41 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fayl nima? Siz foydalanishingiz mumkin bo'lgan juda ko'p turli XIL fayllar

    Download 1,41 Mb.