|
Fevral oyi hisoboti
|
Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #238743 |
Bog'liq FEVRAL KALENDAR REJA HISOBOT-2024 (2)
Baxmal tumani MMTBga qarashli 7-sonli maktabda MMTBning 238-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida kalendar reja boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan
FEVRAL OYI HISOBOTI
Maktab psixologi tomonidan MMTB ning 238-sonli buyruq ijrosini ta'minlash maqsadida fevral oyi davomida kasbga yoʻnaltirish ishlarini tizimli tashkil etish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘quv rejaga kiritilgan fanlar doirasida mehnat bozorida mavjud bo‘lgan turli kasblar to‘g‘risida tushunchalar berib borildi. Har qanday jamiyat boyligining manbayi, insoniyat tomonidan moddiy va ma’naviy boylik yaratishning asosiy omili mehnatdir. Jamiyatning ijtimoiy shakli qanday bo‘lishidan qat’i nazar, mehnat moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarishda zarur faoliyat bo‘lib qoladi. 1-2 – sinf oʻquvchilari bilan “Men sevgan kasb” mavzusida suhbat tashkil etildi.4-sinf oʻquvchilari bilan texnologiya darsida qizlarga tikuvchilik sirlari oʻgʻil bolalarga oshpazlik haqida tushunchalar berildi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida ilk maktab yoshidanoq kasb hunarga oʻrgatish ishlarini toʻgʻri tashkil etish masalalari koʻzda tutilib maktab psixologi va fan oʻqituvchilari bilan hamkorlikda tizimli kasb- hunarga yoʻnaltirish ishlari olib borilmoqda.
7-sinf o‘quvchilari uchun “Kasblar kelajagimiz poydevori” mavzusida trening mashgʻulotlari tashkil etildi. Tashkil etilgan mashgʻulotlar davomida fevral oyi kommunal xizmatlar sohasidagi kasblar faoliyati hamda yoʻnalishlari boʻyicha atroflicha tushunchalar berib borildi. Maktab psixologi tomonidan 8-sinf o‘quvchilari uchun “Men sevgan kasb”mavzusida seminar-trening tashkil etildi.Seminar trening mashgʻulotlari davomida oʻquvchilarning kelajakdagi oʻzlari orzu qilgan kasblari haqida davra suhbatlari oʻtkazildi. Seminar soʻngida oʻquvchilar bilan “Mening kelajakdagi kasbim” mashgʻulotlari tashkil ekommunal xizmatlar sohasidagi kasblar haqida maktab psixologi tomonidan atroflicha tushunchalar berildi.Kommunal xizmatlari sohasidagi kasblarga kiruvchi kasblar bilan tanishtirildi, ekskursiyalar tashkil etildi.
Maktab psixologi: N.Hojimurodov
Baxmal tumani MMTBga qarashli 7-sonli maktabda MMTBning 238-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida kalendar reja boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan
FOTOLAVHALAR
|
| |