Fizika
8-sinf I – chorak 9 –dars
Darsning texnologik xaritasi
-
Mavzu
|
Kondensatorlar
|
Maqsad
|
O‘quvchilarda kondensatorlarni tuzilishi, turlari va ishlatilishini haqida bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish hamda fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish, tajribalar o‘tkazish va xulosalar chiqarish, fizik bilimlardan amaliyotda foydalanish kompetensiyalari shakllantiriladi.
|
Vazifalar
|
O‘quvchilarga kondensatorlarning tuzilishi, turlari va ishlatilishi haqida ma’lumotlar berish. Elektr sig‘imini o‘lchashni o‘rgatish va kondensatorning turmushda va texnikadagi ahamiyatini tushuntirish orqali fanga va texnikaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish.
|
Jarayonining mazmuni
|
Elektr sig‘imi, kondensatorlar va ularning turlari, texnikada qo‘llanilishi, kondensatorlarni ketma – ket va parallel ulash, elektr sig‘imini o‘lchashni va hisoblashni o‘rganish.
|
O‘quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: Tajribalar va xulosalar, "Aqliy hujum", amaliy mashg‘ulot,
guruhlar bilan ishlash.
Vosita: 9-sinf fizika darsligi, 5 ta savoldan iborat test banklari, kompyuter, proyektor, videoglaz, radiopalatalar, namoyish kondensatorlari, elektrofor mashinasi, dielektrik plastinkalar, elektrometrlar, qo‘lda yasalgan RLC – o‘lchagich, slaydlar.
Nazorat: 5 ta savoldan iborat testlar.
Baholash: 5 ballik tizim asosida.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O‘qituvchi.
Kondensatorlar mavzusini , tajriba va hulosa” orqali yoritish natijasida yuqori samaradorlikka erishadi. Interfaol metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, faolligi, darsga, fanga nisbatan qiziqishini orttiradi. Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
O‘quvchi.
O‘quvchilar mustaqil o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila oladi. Mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya oladi. Guruhlar bilan ishlashni va o`z ustida ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga va kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o‘zini o‘zi rivojlantirish, matematik savodxonlik kompetensiyalari hamda radiodetallar bilan ishlashni, tabiatni muhofaza qilishni o‘rganish orqali biologiya faniga oid ekologik madaniyat kompetensiyalari shakllantiriladi.
|
Kelgusi rejalar
|
O‘qituvchi.
O‘quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo‘llari va pedagogik texnologiyalarni darsga tatbiq etish uchun o‘z ustida ishlash, mavzuni kundalik turmush va fan-texnikada qo‘llanilishi bo‘yicha tajribasini boyitish, fizika xonasi uchun qo‘lda yasalgan asbob uskunalarning
yangi turlarini yaratish.
O‘quvchi.
Kondensatorlarning ishlash prinsipini, turlarini, texnikada qo‘llanilishini chuqur o‘rganib, fizika xonasi uchun kerakli namoyish jihozlarini yasashda fizika o‘qituvchisiga yordamlashib, o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish ustida ishlash.
|
Mashg‘ulot bosqichlari
-
Bosqichlar
|
Mazmuni
|
Metodlar
|
Vaqti
|
1-bosqich: tashkiliy qism
|
Salomlashish, ozodalik va davomat nazorati
|
Og‘zaki muloqot
|
2 minut
|
2-bosqich:
so’rash, baholash va bo’shliqlarni to’ldirish
|
Sinfni ikki variantga bo‘lib,
kompyuterga yozilgan 5 ta savoldan iborat 2 variantli testni proyektorda ekranga proyeksiyalab, yoki qog‘oz variantida o‘quvchilarni baholash va bo‘shliqlarni to‘ldirish ustida ishlash
|
Test olish va olingan testni o‘quvchilarga tekshirtirish usuli
|
8 minut
|
3-bosqich: mavzu bayoni
|
Mavzuni o‘rgatishda tajribalar qilib, xulosalar chiqariladi va ning
to‘g‘riligiga amalda ishonch hosil qilinadi.
|
Tajribalar va xulosalar, aqliy hujum, videoglazda eski radiopalatalardagi kondensatorlarni va kodoskopda slaydlar namoyishi.
|
16 minut
|
4-bosqich:
Amaliy ish
|
Guruhlarga berilgan amaliy ish orqali o‘quvchilarni bilimini mustahkamlash va
va formulaning to‘g‘riligiga amalda ishonch hosil qilish
|
Gruhlarda ishlash
|
8 minut
|
5 - bosqich
|
Videoglaz, kompyuter va proyektor yordamida turli xil radiopalatalardagi kondensatorlarning tuzilishi va
joylashuvi namoyishi
|
Kompyuter, videoglaz va proyektorda namoyish
|
2 minut
|
6-bosqich:
Yangi mavzu bo‘yicha bo‘shliqlarni aniqlash va to‘ldirish
|
5 ta savoldan iborat 2 variantli testni kompyuter va proyektor yordamida yoki qog‘oz variantida beriladi va o‘quvchilarni o‘zlariga tekshirtirib, bo‘shliqlarni aniqlab to‘ldiriladi.
|
Qisqa muddatli test olish
|
7 minut
|
7 – bosqich.
Uyga vazifa berish
|
Darsda g‘olib bo‘lgan guruh va
O‘quvchilarni rag‘batlantirish va uyga vazifa berish
|
O‘quvchilarni rag‘batlantirish
|
2 minut
|
Mashg‘ulotning borishi
Asosiy atamalar va tushunchalar:
-kondensator;
- elektr sig‘im;
- elektr doimiysi;
- dielektrik singdiruvchalik.
I. Darsning tashkil etilishi:
a) sinfga kirishda o`quvchilar o`qituvchi tayyorlagan emblemalarini olib, o`z joylarini egallaydilar;
b) salomlashib, davomat aniqlanadi;
c) o`quvchilarning darsga hozirligi ko`rib chiqilib, guruhlarga bo`linadi:
I- guruh ,, Doira”
II-guruh ,,To’rtburchak”
III-guruh ,,Uchburchak”
II. Uy vazifasini so‘rash va baholash:
Test kompyuterga yozilgan bo‘lib, ekranga proyektor orqali proyeksiyalanadi. Bunda 2 ta variant ham ekranga sig‘ishi ta’minlanishi shart. ( Kompyuter, proyektor, ekran bo‘lmasa test qog‘ozda ham berilishi mumkin) Test uchun 5 minut vaqt berilib, vaqt tugagach qatorlar bir biri bilan variantlarini almashadi va o‘quvchilar bir birlarinngi testlarini tekshiradi. O‘quvchilar tekshirgan testlarini bir biriga uzatish orqali o‘qituvchiga yetkazishadi va o‘qituvchi test natijalarini o‘qib eshittiradi. ( Bunda vaqt qolsa videoglaz orqali o‘quvchilar testlarini ekranda namoyish qilib, analiz qilishi ham mumkin)
1 – variant.
1. Zaryadlangan jism atrofidagi maydonga ………….. maydon deyiladi? Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.
A) elektr B) magnit C) elektrostatik D) gravitatsion
2. Qo‘zg‘almas zaryad maydoniga ……………. maydon deyiladi?
A) elektr B) magnit C) elektrostatik D) gravitatsion
3. Elektr maydon kuchlanganligi formulasini ko‘rsating?
A) E=F/qo B) E=mgh C) U=IR D) U=A/q
4. 1mN/C necha N/C ga teng?
A) 0,1 N/C B) 1000 N/C C) 0,001 N/C D) 1 N/C
5. 5 C zaryadga 0,5 N kuch ta’sir qilsa, maydon kuchlanganligi qanday?.
A) 0,1 N/C B) 5 N/C C) 0,001 N/C D) 10 N/C
II – variant.
1. Elektr maydon tushunchasini qaysi olim fanga kiritgan?.
A) Faradey B) Amper C) Gilbert D) Ersted
2. Musbat zaryaddan chiqqan kuch chiziqlari qayerda tugaydi?
A) manfiy zaryadda B) neytronda C) atomda D) protonda
3. Nuqtaviy zaryad maydoni kuchlanganligi formulasini ko‘rsating.
A) E=kq/r2 B) E=F/qo C) U=IR D) U=A/q
4. Elektr maydon kuchlanganligi birligini ko‘rsating?
A)1 N/C B)1N C) 1 W D)1C
5. 5 C zaryad kuchlanganligi 0,1 N/C bo‘lsa, unga qanday kuch ta’sir qiladi?
A) 0,5N B) 1N C) 0,1N D) 50N
1 – variant kaliti.
2 – variant kaliti.
-
Baholash mezoni:
1 ta to‘g‘ri javob – 1 ball
2 ta to‘g‘ri javob – 2 ball
3 ta to‘g‘ri javob – 3 ball
4 ta to‘g‘ri javob – 4 ball
5 ta to‘g‘ri javob – 5 ball
Bo‘shliqlar ekrandagi test yordamida to‘ldiriladi va o‘tgan darsga yakun yasaladi.
III. Yangi mavzuni tushuntirish.
Reja:
1. Kondensator nima?
2. Kondensatorlarning turlari
3. Kondensatorlarning ulanishi.
4. Kondensatorlarning qo‘llanilishi.
1 – tajriba. Elektrofor mashinasiga birinchi elektrometrni ulanib, zaryadlanadi va unga ikkinchi elektrometrni yaqin joylashtiriladi. Elektrometrlarning sterjenlarini dielektrik lineyka yordamida tutashtirilganda ikkinchi elektrometrga zaryad o‘tmaydi (1-rasm).
1-rasm 2-rasm
2 – tajriba: Elektrometrlarning sterjenlarini metall lineyka yordamida tutashtirilganda esa
ikkinchi elektrometr strelkasi og‘ib, unga zaryad o‘tganini ko‘rsatadi (2-rasm). Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.
Sinfda muammoli vaziyat hosil qilinadi: ( Buning uchun blits savollar beriladi)
O‘qituvchi: Ariqdan nima oqadi? O‘quvchilar: Suv
O‘qituvchi: Metall lineykadan nima oqdi? O‘quvchilar: Zaryad
O‘qituvchi: Suv nima? O‘quvchilar: H2O molekulalari
O‘qituvchi Zaryad nima? O‘quvchilar: Elektron yoki ion
O‘qituvchi: Suvni yig‘ishga nima kerak? O‘quvchilar: Idish yoki hovuz
O‘qituvchi: Zaryadni yig‘ishga nima kerak? O‘quvchilar: ????????????????
O‘qituvchi: Buni tajribadan bilib olamiz.
Muammoli vaziyatdan chiqish uchun ikkinchi tajriba o‘tkaziladi.
3 – tajriba.
Elektrofor mashinasi va surilma kondensator 3-rasmda ko‘rsatilganidek yonma - yon joylashtiriladi. Elektrofor mashinasining zaryadlangan sharchasi izolyatsiyalangan o‘tkazgich yordamida kondensatorning qoplamiga tekkizib olinadi. Keyin kondensatorning qoplami elektrometr bilan tutashtirilganda elektrometr strelkasi biror burchakka og‘adi.
3 – rasm.
Xulosa qilinadi:
Tajribadan ko‘rdikki, parallel joylashtirilgan ikkita metal plastinka o‘zida elektr zaryadini yig‘ish xususiyatiga ega bo‘lar ekan. Bu ikki parallel plastinka kondensator deb ataladi.
Demak, hovuz yoki idishda suv yig‘ilsa, ikkita parallel joylashgan metal plastinkada zaryad
yig‘ilar ekan.
Sinfda muammoli vaziyat hosil qilinadi: ( Buning uchun blits savollari davom qildiriladi.)
O‘qituvchi: Xovuzda qachon ko‘p suv yig‘iladi? O‘quvchilar: Hovuz yuzasi S katta bo‘lsa.
O‘qituvchi: Kondensator qachon ko‘p zaryad yig‘adi? O‘quvchilar: ???????????????????
O‘qituvchi: Buni tajriba qilib bilib olamiz.
4 – tajriba
Kondensatorning bitta qoplami elektrofor mashinasiga 3-rasmdagidek ulanadi va ikkinchi qoplami elektrometrga ulanib, elektrometr korpusi yerga ulanadi. Elektrofor mashinasi yordamida kondensator zaryadlanadi. Kondensator qoplamini ko‘ndalangiga suriladi. Bunda elektrometr ko‘rsatishini kamaygani ko‘rinadi.
Xulosa qilinadi:
Tajribadan ko‘rdikki, kondensator plastinkalarini bir biriga ko‘ndalangiga surganda ularning
qarama – qarshi joylashgan yuzalari kamayishi natijasida elektr sig‘imi kamayar ekan. Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.
Demak, C S ekan.
Sinfda yana muammoli vaziyat hosil qilinadi: ( Buning uchun blits savollari davom qildiriladi.)
O‘qituvchi: Hovuzda yana qachon ko‘p suv yig‘iladi? O‘quvchilar: Hovuz chuqurligi d katta bo‘lsa
O‘qituvchi: Kondensatorda yana qachon ko‘p zaryad yig‘adi? O‘quvchilar: ???????????
O‘qituvchi: Buni tajriba qilib bilib olamiz.
5 – tajriba.
Kondensatorning bitta qoplami elektrofor mashinasiga ulanadi va ikkinchi qoplami elektrometrga ulanib, elektrometr korpusi yerga ulanadi (4 – rasm). Elektrofor mashinasi yordamida kondensator zaryadlanadi. Kondensator qoplamlari orasidagi masofa oshirib kamaytiriladi. Bunda elektrometr ko‘rsatishi ortib, kamaygani kuzatiladi.
Xulosa qilinadi:
Tajribadan ko‘rdikki, kondensator plastinkalari orasidagi masofa kamayganida kondensator
sig‘imi ortar ekan, va aksincha plastinkalar orasidagi masofa ortganda kondensator sig‘imi
kamayar ekan. Demak, ekan.
6 – tajriba
Kondensatorning bitta qoplami elektrofor mashinasiga ulanadi va ikkinchi qoplami elektrometrga ulanib, elektrometr korpusi yerga ulanadi. Elektrofor mashinasi yordamida kondensator
zaryadlanadi. Kondensator qoplamlari orasidagi masofa o‘zgartirilmasdan, qoplamlar orasiga dielektrik kiritiladi. Bunda elektrometr ko‘rsatishi ortgani kuzatiladi.
Xulosa qilinadi:
Tajribadan ko‘rdikki, kondensator plastinkalari orasiga dielektrik kiritganimizda kondensator
sig‘imi ortar ekan. Demak, C ε ekan.
Kondensator sig‘imi kondensator qoplamlarining yuzasiga to‘g‘ri proporsional, uning
qoplamlari orasidagi masofaga teskari proporsional bo‘lib, qoplamlar orasidagi dielektrik turiga bog‘liq. 
Kondensator sig‘imining birligi: M. Faraday sharafiga 1F ( 1 Farad ) deb qabul qilingan.
Ulushli birliklari: 
Kondensator belgisi, ularning elektr zanjiriga ulanish turlari tushuntiriladi.
Kondensatorning elektr sxemadagi belgilanishi:
Ketma – ket ulash:
Parallel ulash: C = C1 C2
  
     
    



Videoglaz yordamida turli xil kondensatorlar, ulardagi yozuvlar va ularning ma’nosi tushuntiriladi.
Turli radiopalatalardagi kondensatorlar va ularning joylashuvi tushuntiriladi.
Kondensatorlarning qo‘llanilishi.
Kondensatorlarning vazifasi quyidagi tajriba yordamida tushuntirilsa, kondensatorning vazifasini o‘quvchilar bir umrga eslab qoladi:
-
Ajratuvchi sifatida.
( Kondensator o‘zgarmas tok manbayiga ulansa (1-sxema), lampochka yonmaydi. Kondensator o‘zgaruvchan tokka ulansa lampochka yonadi (2-sxema).
Buni quyidagi sxemani ulab tajribada ishonch hosil qilinad)
Lampochka yonmaydi. Lampochka yonadi.
4,5V
2. Filtr sifatida. Laboratoriya xonasidagi PHY (31) – yarim o‘tkazgichlarning xossalarini o‘rganish
uchun laboratoriya to‘plamidagi ko‘priksimon to‘g‘irlagichni o‘zgaruvchan 4,5V li
manbaga ulab, uning cniqishiga reostat orqali radiokarnay ulaganda radiokarnayda shovqin eshitiladi. To‘g‘irlagich chiqishiga 1000 ÷ 2000 μF li kondensator quyidagi sxemadagidek parallel ulanganda radiokarnaydagi shovqin yo‘qoladi. Buning sababi o‘quvchilarga tushuntiriladi.
O‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha olgan bilmlarini quyidagicha amaliy
mashg‘ulot o‘tkazib, mustahkamlanadi.
1 – amaliy ish.
Sinf 3 guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh - ,, Doira”
Ikkinchi guruh - ,,To’rtburchak”
Uchinchi guruh - ,,Uchburchak”
O‘qituvchi: Matematika darsida o‘tilgan uchburchak, aylana, to‘rtburchak yuzasini hisoblash formulalarini takrorlaydi va matematika darsi bilan fizikani bir biriga bog‘laydi.
 
,,Doira” guruhiga fizika xonasidagi namoyish kondensatori, ,,To‘rtburchak” guruhiga temir tunkadan 24,5 x 24,5 sm o‘lchamda qo‘lda yasalgan to‘rtburchak kondensator, ,,Uchburchak” guruhiga asosi 34,5 sm, balandligi 34,5 sm bo‘lgan o‘lchamdagi temir tunkadan qo‘lda yasalgan uchburchak kondensator tarqatiladi va har bir guruhga o‘z kondensatorining yuzasini o‘lchash orqali hisoblab, d = 2 mm bo‘lgan hol uchun sig‘imni hisoblash topshiriladi. Olingan natijalar kompyuterdagi yoki sinf taxtasidagi quyidagicha jadvalga yozib boriladi.
Taxminan quyidagi natijalarga ega bo‘lamiz.
-
Guruh nomi
|
Kondensator yuzasi, m2
|
Kondensator orasi,
d, m
|
ε
|
Kondensator sig‘imi, pF
|
,,Doira”
|
0,03
|
0,002
|
1
|
139
|
,,To‘rtburchak”
|
0,06
|
0,002
|
1
|
276
|
,,Uchburchak”
|
0,09
|
0,002
|
1
|
398
|
Xulosa:
Demak, kondensator yuzasi ortishi bilan elektr sig‘imi ortar ekan, va aksincha, ya’ni:
C S
2 – amaliy ish.
Guruhlar yuqoridagi hisoblash ishlarini kondensatorlarning orasi 4 sm bo‘lgan hol uchun ham hisoblashadi.
-
Gruh nomi
|
Kondensator yuzasi,m2
|
Kondensator orasi, d, m
|
ε
|
Kondensator sig‘imi, pF
|
Doira
|
0,06
|
0,002
|
1
|
276
|
To‘rtburchak
|
0,06
|
0,004
|
1
|
133
|
Uchburchak
|
0,06
|
0,006
|
1
|
88
|
Xulosa:
Demak, kondensator orasidagi masofa ortishi bilan sig’im kamayar ekan, va aksincha, ya’ni: C 
1 va 2 amaliy ish uchun umumiy xulosa qilinadi:
Amaliy ishlardan ko‘rdikki, kondensatorlar yuzasi ortishi bilan ularning elektr sig‘imi ortib, ularning
orasidagi masofaning ortishi bilan elektr sig‘imi kamayar ekan va aksincha.
3 – amaliy ish.
1 – ish.
A) Guruhlarga korton qutiga solingan turli xil kondensatorlardan ikkita – uchtadan tanlab olishga guruh sardorlariga taklif qilinadi. Tanlab olingan kondensatorlarni ketma – ket ulaganda sig‘imi qanday bo‘lishini hisoblash topshiriladi. ( Bunda guruhlar kondensatorlarning korpusidagi yozuvlardan foydalanishi shart)
B) Kondensatorlarni ,,Doira” guruhi ketma ket ulangan, ,,To‘rtburchak” guruhi parallel ulangan ,, Uchburchak” guruhi aralash ulangan hol uchun umumiy sig‘imni hisoblash topshiriladi.
V. Yangi mavzuni mustahkamlash va bo‘shliqlarni aniqlab to‘ldirish uchun test.
Test kompyuterga yozilgan bo‘lib, ekranga proyektor orqali proyeksiyalanadi. Bunda 2 ta variant ham ekranga sig‘ishi ta’minlanishi shart. ( Kompyuter, proyektor, ekran bo’lmasa test qog‘oz usulida ham berilishi mumkin) Test uchun 5 minut vaqt berilib, vaqt tugagach qatorlar bir biri bilan variantlarini almashadi va o‘quvdchilar bir birlarini testlarini tekshirishadi. O‘quvchilar tekshirgan testlarini bir biriga uzatish orqali o‘qituvchiga yetkazishadi va o‘qituvchi test natijalarini o‘qib eshittiradi. ( Bunda vaqt qolsa videoglaz orqali o‘quvchilar testlarini ekranda namoyish qilib, analiz qilishi ham mumkin).
1 - variant.
1. Kondensator sig‘imining birligi nima?
A) 1 F B) 1 μF C) 1 nF D) barcha javob to‘g‘ri
2. Kondensator qoplami orasi 4 marta ortsa, sig‘imi necha marta o‘zgaradi?
A) 2 marta B) 4 marta C) 8 marta D) 16 marta
3. Kondensator nima maqsadda ishlatiladi?
A) zaryad yig‘adi B) sovitadi C) tozalaydi D) bug‘ga aylantiradi
4. Kondensator qayerlarda ishlatiladi?
A) avtomobillarda B) kompyuterda C) televizorlarda D) barchasida
5. Sig‘imi 2μF bo’lgan 2 ta ketma – ket ulangan kondensator sig‘imini toping.
A) 2μF B) 4 μF C) 8 μF D) 1 μF
2 – variant.
1. Kondensator sig‘imining birligi qaysi olim sharafiga qo‘yilgan?
A) Kulon B) Amper C) Faradey D) Nyuton
2. Sig‘imi 2μF bo‘lgan 2 ta parallel ulangan kondensator sig‘imi nimaga teng?
A) 2μF B) 4 μF C) 8 μF D)16 μF
3. Kondensator yuzasi 2 marta ortsa, sig‘im necha marta o‘zgaradi?
A) 2 marta B) 4 marta C) 8 marta D) 16 marta
4. Kondensator qayerlarda ishlatiladi?
A) fotoapparatda B) radioda C) mototsiklda D) barchasida
5. 2μF necha faradaga teng?.
A) 0,000 002 F B) 1000 000 F C) 0,001 F D) 1F
1 – variant kaliti
-
2 – variant kaliti
-
Baholash mezoni:
1 ta to‘g‘ri javob – 1 ball
2 ta to‘g‘ri javob – 2 ball
3 ta to‘g‘ri javob – 3 ball
4 ta to‘g‘ri javob – 4 ball
5 ta to‘g‘ri javob – 5 ball
Test bo‘yicha baholar o‘qib eshittiriladi. Olingan test bo‘yicha bo‘sliqlar to‘ldiriladi
VI. Uyga vazifa. Mavzuni o‘qib kelish.Darslikdagi masalalarini yechib kelish..
|