O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti




Download 1.73 Mb.
bet8/30
Sana10.04.2017
Hajmi1.73 Mb.
#3693
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
III.Yangi mavzu bayoni :

Reja :

  1. Termodinamikaning birinchi qonuni

  2. Termodinamikaning birinchi qonunining izojarayonlar uchun tadbig’i

  3. Adiabatik jarayon

Termodinamikaning rivojlanishi ko'p jihatdan issiqlik mashinalarining foydali ish koeffitsiyentini o'rganish bilan bog'liqdir. Fransuz injeneri Sadi Karno 1824-yilda chop etilgan «Olovning harakatlantiruvchi kuchi haqida o'ylar» nomli ishida issiqllli mashinasining unumdorligi ishchi moddaga emas, balki isituvchl va sovituvchilar temperaturalarining farqiga bog'liq, degan xulosani ilgari surdi. Termodinamika shundan so'ng Klapeyron, Joul, Klauzius, Mayyer,Tomson va boshqalarning ishlarida rivojlantirildi.

Termodinamika quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega:



  • moddalarning atomlardan tashkil topganligi e'tiborga olinmaydi

  • makroskopik sistemaga xos bo'lgan kattaliklar bilangina ish ko'riladi;

  • moddalarning xossalari xarakteristik parametrlari (zichlik yopishqoqlik va hokazo) ko'rinishida ifodalanadi.

Termodinamikani o'rganishda quyidagilarni yodda tutmoq zarur

Termodinamik sistema. O'zaro va tashqi jismlar bilan ta'sirlashadigan va energiya almashadigan makroskopik jismlar majmuasi termodinamik sistema deyiladi.

Termodinamik usulning asosi — sistemaning holatini belgilovchi parametrlarining qiymatlarini aniqlashdir.

Termodinamik parametrlar yoki holat parametrlari deb termodinamik sistema xossalarini xarakterlovchi fizik kattaliklar majmuasiga aytiladi. Odatda, holat parametrlari sifatida temperatura, bosim va solishtirma hajm tanlanadi.

Termodinamik parametrlar, Temperatura makroskopik sistemaning termodinamik muvozanat holatini xarakterlovchi fizik kattalik.

Bosim — suyuqlik yoki gaz tomonidan birlik yuzaga ta'sir etadi perpendikular kuch bilan aniqlanuvchi fizik kattalik.

Solishtirma hajm — birlik massaning egallagan hajmi.

U zichlikka teskari kattalik:

SI dagi birligi



Download 1.73 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Download 1.73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti

Download 1.73 Mb.