modalarni bir vaqtda uzatish mumkin. Barcha ruxsat etilgan modalar turli tarqalish
yo‘li va vaqtiga ega. Pog‘onali sindirish ko‘rsatkichli ko‘p
modali optik tolalar
ikki muhit chegarasida sindirish ko‘rsatkichlarining keskin (pog‘ona ko‘rinishida)
o‘zgarishi (n
1
dan n
2
ga) bilan xarakterlanadi. Pog‘onali sindirish ko‘rsatkichli
optik tolalar o‘tkazish polosasini chegaralaydi, lekin gradiyent
sindirish
ko‘rsatkichli optik tolalarga nisbatan arzon hisoblanadi.
Bir modali optik tolalarda modalararo dispersiyaning yuzaga kelmasligi
sababli ular yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega. Biroq uzatuvchi qismda birmuncha
qimmat bo‘lgan lazer diodlardan foydalanish talab etiladi.
Optik tolada signallarni uzatish sifatiga ta’sir qiluvchi eng muhim
omillardan biri dispersiya hisoblanadi. Dispersiya bu yorug‘lik
impulslari oxirlarini
cho‘zilishi, ya’ni impulslarni kengayishidir. Impulslar kengayib, bir birini
qoplaydi, simvollararo buzilishlar yuzaga keladi va qabul qilishda impulslar
ketma-ketligidan uzatilgan foydali informatsiyani ajratib bo‘lmay qoladi.
Dispersiya o‘tkazish qobiliyatini kamaytirib, optik tizimlarni ish
tezligini
chegaralaydi.Odatda dispersiya bir kilometr hisobida meyorlashtiriladi va ps/km da
o‘lchanadi.
XULOSA