• 4 - REFERAT Optik tolali tizimlar Topshirdi: Otajonov A Guruxi: 651-17 Qabulqildi: assistent Roziqov J
  • Optik aloqa, uning afzalliklari va qo‘llanish sohalari.
  • Fizika fanidan 4 referat optik tolali tizimlar Topshirdi: Otajonov a guruxi: 651-17 Qabulqildi: assistent Roziqov J




    Download 128,46 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana22.05.2024
    Hajmi128,46 Kb.
    #250488
    TuriReferat
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Optik tolali tizimlar haqida referat



    MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
    FARG’ONA FILIALI 
    “KOMPYUTER INJINIRING” FAKULTETI 
    "TABIIY FANLAR" KAFEDRASI 
    FIZIKA FANIDAN 
    4 - REFERAT 
    Optik tolali tizimlar 

    Topshirdi: Otajonov A 
    Guruxi: 651-17 
    Qabulqildi: assistent Roziqov J
     
    FARG’ONA – 2017 


    Mavzu: Optik tolali tizimlar 
    REJA: 
    1.
    Optik aloqa, uning afzalliklari va qo’llanilish sohalari 
    2.
    Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari 
    3.
    Optik tola turlari va ularning tavsiflari 
    4.
    XULOSA 
    5.
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 
    Optik aloqa, uning afzalliklari va qo‘llanish sohalari. 
    Optik aloqa bu axborot yorug‘lik nuri ko‘rinishida optik tola bo‘ylab yoki 
    ochiq fazo atmosferada uzatiladigan aloqadir. Axborot tola orqali uzatilsa, tolali 
    optik aloqa tizimi, ochiq atmosferada uzatilsa, ochiq optik aloqa tizimi deyiladi. 
    Ochiq optik aloqa tizimlarida nurlanish manbalari elektromagnit to‘lqinlarni ochiq 
    fazoga nurlantiradi, bunda nurlanishni tarqalish yo‘nalishi faqatgina antennaning 
    yo‘nalish diagrammasi bilan aniqlanadi. Ochiq optik aloqa tizimlarining uzatuvchi 
    muhiti o‘z navbatida uch turga bo‘linadi: atmosfera, kosmik va suv osti aloqa 
    muhitlari. 
    Atmosfera ochiq optik aloqa tizimlarida to‘lqinlarni tarqalish 
    xarakteristikasi yetarli darajada ob-havo sharoitlariga bog‘liq. Atmosfera va suv 
    osti uzatish muhitlarining fizik bir turda emasligi va ularning tarkibidagi begona 
    zarrachalarni uzatilayotgan nurlanish to‘lqini bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishidan 
    elektromagnit to‘lqinlar buziladi [6,7]. Zarracha o‘lchamlarining to‘lqin uzunligi 
    bilan taqqoslanadigan darajada yoki katta bo‘lishi buzilishlarni oshiradi. Shu 
    sababli atmosfera buzilishlari optik diapazonda turli xarakterga ega. Shu tarzda 
    uzatish muhitlarini taxlil qilish, aloqa tizimlarini loyihalashtirishda yuzaga 
    keladigan eng muhim masala hisoblanadi. To‘lqinlarni tarqalish yo‘nalishiga 
    tushib qoladigan zarrachalar asosan optik nurlanishni yutadi va sochadi. Bu 


    omillarni ta’sir darajasi muhit turiga (suv osti, toza havo, turbulent atmosfera va 
    boshqalar) bog‘liq[4,22]. 
    Optik aloqa tizimining asosiy yo‘nalishi tolali optik aloqa tizimi 
    hisoblanadi. Chunki hozirgi vaqtda yuqori darajadagi uzatish xarakteristikalariga 
    ega bo‘lgan yorug‘lik uzatgichlar ishlab chiqilgan. Ammo axborotlarni ochiq 
    fazoda, atmosferada uzatishga asoslangan ochiq optik aloqa tizimlari ham, radio 
    optik aloqa uchun ajratilgan chastotalarni to‘ldiruvchi vosita sifatida qiziqishlarni 
    namoyon etadi. 
    Tolali optik aloqa tizimlarida elektromagnit nurlanishlarni tarqalish yo‘lini 
    tashkil etish uchun maxsus optik yorug‘lik uzatgichlar-optik tolalar qo‘llaniladi. 
    Tolali optik aloqa tarmog‘i bu tugunlar orasi optik aloqa liniyalari orqali 
    bog‘langan aloqa tarmog‘idir. Axborotni tolali optik aloqa liniyalari orqali uzatish 
    mis kabellar va boshqa uzatish muhitlariga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega. 
    Shu afzalliklari tufayli tolali optik aloqa tizimidan nafaqat telefon aloqasini tashkil 
    etishda, balki televideniyada, ovoz eshittirishlarini uzatishda, hisoblash 
    texnikasida, transport vositalarida va boshqa sohalarda keng foydalanilmoqda. 
    Tolali optik aloqa tizimlarida uzatish muhiti sifatida qo‘llaniladigan optik 
    tolalarning afzalliklari[7]. 
    O‘tkazish oralig‘ining kengligi. 
    Bu tashuvchi chastotasining juda yuqoriligi 
    10
    14 _
    10
    15 
    Gs bilan tushuntiriladi. Bitta optik tola bo‘ylab sekundiga bir necha 
    terabit axborotlar oqimini uzatish imkoniyati mavjud. O‘tkazish oralig‘ining 
    kengligi tolali optik aloqaning mis va boshqa axborot uzatish muhitlaridan ustun 
    turuvchi eng muhim afzalligidir. 
    Optik tolada yorug‘lik signallarining kam so‘nishi. 
    Hozirgi kunda ko‘plab 
    kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan optik tolalar 1 kanal kilometr 
    hisobida 1,55 mkm to‘lqin uzunligida 0,2-0,3 dB/km so‘nishga ega. Shovqin 
    sathini kichikligi optik tolaning o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. 


    Shovqindan yuqori darajada himoyalanganligi. 
    Optik tola dielektrik 
    materiallar – kvars, ko‘p tarkibli shisha, polimerlardan tayyorlanganligi uchun u 
    elektromagnit nurlanishni induksiyalash xususiyatiga ega atrofidagi mis kabelli 
    tizim va elektr qurilmalarning (elektr uzatish liniyalari, elektrodvigatelli uskuna va 
    boshqalar) tashqi elektromagnit shovqinlariga ta’sirchan emas.
    Yengilligi, hajmi va o‘lchamlarining kichikligi. 
    Optik kabellar mis kabellar 
    bilan solishtirilganda ancha yengil va hajmi kichik. Masalan, 900 juftli 7,5 sm 
    diametrli mis telefon kabeli 0,1sm diametrli bitta optik tola bilan almashtirilishi 
    mumkin. Agar optik tola bir necha himoya qobiqlaridan iborat va bron po‘lat lenta 
    bilan qoplangan bo‘lsa, bunday tola diametri 1,5 sm ga teng bo‘ladi, bu esa 
    ko‘rilayotgan mis kabel diametridan bir necha marta kichik. 
    Yong‘indan himoyalanganligi. 
    Optik tolada uchqun hosil bo‘lmasligi 
    kimyoviy, neftni qayta ishlovchi korxonalarda, portlash va yong‘in xavfi mavjud 
    bo‘lgan binolarda xavfsizlikni oshiradi. 
    Iqtisodiy jihatdan samaradorligi. 
    Optik tola kvarsdan ishlab chiqariladi. 
    Uning asosini tabiatda keng tarqalgan kremniy ikki oksidi SiO
    2
    tashkil etadi. 
    Demak tolali optik kabellarni ishlab chiqarish uchun noyob rangli metal 
    sarflanmaydi. Mis va qo‘rg‘oshinning dunyoviy zahiralari chegaralangan hozirgi 
    vaqtda noyob bo‘lmagan maxsulotga o‘tish kabelli aloqa texnikasining kelgusi 
    rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Natijada optik kabellarning narxi mis 
    kabellarga nisbatan arzonlashadi[5]. 
    Masofaviy elektr ta’minotga ega ekanligi. 
    Ba’zi hollarda tarmoq tugunlarining 
    masofaviy elektr ta’minoti talab etiladi. Buni optik tola orqali amalga oshirib 
    bo‘lmaydi. Bu holda optik tola bilan birgalikda mis o‘tkazish elementi bilan 
    jihozlangan aralash kabellardan foydalanish mumkin. Bunday kabellar ko‘pgina 
    mamlakatlarda keng qo‘llaniladi.


    Yangi turdagi optik tolalarning (siljigan dispersiyasi nolga teng bo‘lmagan), 
    keng polosali kvant optik kuchaytirgichlarning yaratilishi to‘liq optik tizim va 
    optik traktlarni qurish imkoniyatini yaratmoqda.

    Download 128,46 Kb.
      1   2   3   4




    Download 128,46 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fizika fanidan 4 referat optik tolali tizimlar Topshirdi: Otajonov a guruxi: 651-17 Qabulqildi: assistent Roziqov J

    Download 128,46 Kb.
    Pdf ko'rish