|
Fizika fanidan o’quv uslubiy majmua
|
bet | 40/130 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 14,09 Mb. | | #132402 |
Bog'liq 310 07.06.2022Tayanch so’z va iboralar: Magnit maydoni, Ersted tajribalari, sinov tokli konturi,magnit induksiya vektori,magnit oqimi, magnit maydon kuchlanganligi, Amper qonuni, Lorens kuchi, Bio-Savar-Laplas qonuni, dia-, para-, ferromagnetism, elektromagnit induksiya, induksion tok, Lens qonuni, Faradey qonuni, o’zinduksiya,o’zaroinduksiya, induktivlik, elektr yurutuvchi kuch, amplituda, faza.
Magnit maydoni va uning xarakteristikalari.
X VIII asrdayoq fransuz fizigi Arago tomonidan chaqmoq razryadi natijasida temir buyumlarning magnitlanishi, kompasning esa magnitsizlanish hodisasi o'z kitoblarida bayon etilgan edi. Bu hodisa magnit hodisalari bilan elektr hodisalari o'rtasida bog'liqlik mavjudligini ko'rsatar edi. Bunday farazning to'g'ri ekanligini
1820-yilda daniyalik fizik Ersted o'z tajribasida to'g'ri tokning magnit strelkasiga ta'siri orqali tasdiqladi. Tinch turgan zatyad magnit strelkasiga ta'sir qilmaydi, faqat harakatlanayotgan elektr zaryadlarigina magnit ta'siriga egadir. Shunday qilib, harakatlanayotgan elektr zaryadlari atrofida maydonning yana bir turi — magnit maydoni hosil bo'lishi aniqlandi.
Elektromagnetizm – elektr toki vujudga keltiradigan magnit hodisalarini, magnit maydon bilan elektr toki orasidagi bog‘lanishlarni, moddalarning magnitlanishi va ularning turlarini hamda ularni amalda qo‘llash usullarini o‘rganuvchi bo‘limi. Magnit hodisalari va jismlarning magnit xossalari haqidagi ta’limot – magnetizm deb ataladi.
Magnetizm – elektr toklarning o‘zaro ta’siri, toklar va magnitlar momentiga ega bo‘lgan jismlar orasidagi mavjud o‘zaro ta’sir jarayonida sodir bo‘ladigan hodisalar. Elektromagnit hodisalar va magnit maydonini kuch maydoni sifatida dastlabki o‘rganishni bir necha usullar bilan amalga oshirish mumkin. Birinchidan, maydonning doimiy magnitga (magnit strelkasiga) ta’siri asosida (1a - rasm). Ikkinchidan, maydonning tokli berk konturga (ramkaga) ta’siri asosida (1b - rasm). Uchinchidan, toklarning ularning magnit maydonlari vositasida o‘zaro ta’siriga asoslanib. Barcha bu usullar elektromagnetizmni bayon qilishning boshlanishi uchun faqat metodik variantlar bo‘lib, elektromagnit hodisalarni tavsiflashda bir xil natijaga olib keladi.
N I
s I
a)
b)
1-rasm.
|
| |