|
I BOB.Dasturlash tilllari
|
bet | 2/18 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 359,05 Kb. | | #242294 |
Bog'liq Kurs ishi. (2)I BOB.Dasturlash tilllari.
1.1 C# dasturlash tilining afzalliklari
C# (C-Sharp) - .NET Framework platformasi uchun yaratilgan obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tili bo‘lib, 2000 yilda A. Haylsberg va P. Goldelar tomonidan yaratilgan. C# yaratilishida “har bir mavjud narsa – obekt hisoblanadi” postulatasiga asos qilingan. Bu dasturlash tilini yaratishda A. Haylsberg va P.Goldelar C++ tilidagi kabi imkoniyatlarni va Java dasturlash tilidagi oddiylik va ko‘rinishni birlashtirib yangi dasturlash tili yaratishni maqsad qilganlar va natijada C# dasturlash tili yaratilgan. Bu dasturlash tili o‘zgarmas turg‘un komponentli arxitekturaga va yuqori saviyadagi xavfsizlik kodiga ega. C# dasturlash tilining C++ va Java dasturlash tillari bilan xarakterli o‘xshashlik tomonlarini quyida sanab o‘tamiz:
Java dasturlash tili bilan
- obyektga yo‘naltirilganlik (vorislilik)
- interfeysi
- xatoliklarni bartaraf qilish
- ko‘p oqimlilik (funksiyalilik)
- nomlar
- turlar turg‘unligi
- ko‘p masalalik
- havfsizlik kodiga tegishli suzuvchi nuqtaning arifmetik amallari dastur kodini dinamik tiklash
С++ dasturlash tili bilan o‘xshash tomonlari:
- ko‘p operatorlilik
- havfsizlik kodiga tegishli suzuvchi nuqtaning arifmetik amallari dastur kodini dinamik tiklash
- soddalilik
- ko‘p komponentalilik
- tushunarli interfeysi.
C# dasturlash tili yordamida tarmoq yoki Internet dasturlaridan tashqari Windows plotformasida ishlovchi ixtiyoriy dasturni yaratish mumkin. C# va .NET platformasi orqali Windows muhitida dasturlar yaratish metodikasini mukammallashtirish ko‘zda tutilgan. .NET Framework deb platforma mustaqil izohlarni rivojlantirish va bajarishni qo‘llab-quvvatlovchi muhitga aytiladi.U dasturlashning turli tillarida birgalikda ishlash imkonini beradi. Shuningdek, Windows uchun umumiy dasturlash modellari va dasturlar o‘tkazuvchanligini taminlaydi. C# dasturlash tili obektga yo‘naltirilgan dasturlash (OYD) prinsplariga asoslanadi va barcha qo‘shimcha dasturlar qaysidir darajada obektga yo‘naltirilgan bo‘lib xisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, C# dasturlash tili o‘zining obyektga yo‘naltirilganlik prinsipi bilan boshqa dasturlash tillaridan farq qiladi, turli xil dasturlarni C# dasturlash tilida yaratilganida bir qancha qulayliklar namoyon bo‘ladi.
C#, " C sharp " deb talaffuz qilinadi, Microsoft tomonidan yaratilgan; u ko'pincha mobil ilovalar, video o'yinlar va korporativ tizimlar kabi mahsulotlarni loyihalash uchun ishlatiladi. Bu til jami 86 ta kalit soʻzdan iborat boʻlib, obʼyektga yoʻnaltirilgan dasturlashni qoʻllab-quvvatlaydi va foydalanuvchilarga yuqori darajadagi abstraksiya bilan ishlash imkonini beradi.
|
| |