• Yigʻilish raisi: S.Qambarov Yigʻilish kotibasi: D.Isomova
  • Fizika va uni oʻqitish metodikasi




    Download 34 Kb.
    Sana20.01.2024
    Hajmi34 Kb.
    #141594
    Bog'liq
    ochiq dars bayonnoma


    Fizika va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasining uslubiy yigʻilishi
    BAYONNOMASI dan ko’chirma
    14.10.2023 y Qatnashdilar: Kafedraning barcha a’zolari
    K u n t a r t i b i

    1. Har xil masalalar (Ochiq dars muhokamasi)



    5.5 Kafedra oʻqituvchisi Ergashev Jamshidning Fizika va astronomiya yoʻnalishi 2-bosqich 123-22-guruhidagi “Umumiy fizika II” fanidan “Uitson ko‘prigidan foydalanib qarshilikni aniqlash” mavzusida oʻtkazilgan ochiq laboratoriya darsini muhokamasi.
    Kun tartibidagi masala yuzasidan ilmiy uslubiy seminar raisi Sanjar Qambarov soʻzga chiqib, 09.10.2023 yil kafedra oʻqituvchisi Ergashev Jamshidning 2-bosqich Fizika va astronomiya yo’nalishi 123-22-guruh talabalarida “Umumiy fizika II” fanidan “Uitson ko‘prigidan foydalanib qarshilikni aniqlash” mavzusida oʻtkazilgan ochiq laboratoriya darsi boʻlib oʻtganligini aytib kafedra professor oʻqituvchilari muhokamasiga tashladi.
    Fizika va uni o’qitish metodikasi kafedra o’qituvchisi S.Abduvasiyev soʻzga chiqib quyidagilarga alohida toʻxtalib oʻtdi. Dars oʻz vaqtida boshlanib barcha me’yoriy hujjatlar asosida olib borildi. E’tiborli tomoni shundan iboratki laboratoriya darsini oʻtishda mavjud imkoniyatlardan toʻla foydalangan holda dars jarayonini tashkil etdi va auditoriyani toʻla oʻziga jalb eta oldi.
    Keyingi soʻzga kafedra professor–oʻqituvchilaridan T.Tilovova soʻzga chiqib haqiqatdan oʻqituvchi Ergashev Jamshidning oʻtkazgan ochiq laboratoriya darsi oʻz vaqtida boshlanib barcha me’yoriy hujjatlar asosida olib borilganligini va ochiq laboratoriya darsini zamonaviy tarzda yangi texnologiyalar asosida qiziqarli, tushunarli va ravon tushuntirib bera olganini hamda ochiq darsini baholaganligini aytdi.
    Kafedra yigʻilishida oʻqituvchi Ergashev Jamshidning ochiq darsini muhokamasi yuzasidan qaror qiladi:
    1. Oʻqituvchi Ergashev Jamshidning “Uitson ko‘prigidan foydalanib qarshilikni aniqlash” mavzusida oʻtgan ochiq laboratoriya darsida oʻz maqsadiga erishgan deb baholansin.
    2. Oʻqituvchi Ergashev Jamshidning Fizika va astronomiya yoʻnalishi 2-bosqich 123-22-guruhidagi “Umumiy fizika II” fanidan oʻtgan ochiq laboratoriya darsi ijobiy baholansin.


    Yigʻilish raisi: S.Qambarov
    Yigʻilish kotibasi: D.Isomova
    Download 34 Kb.




    Download 34 Kb.