|
Fizikani óqitishda tórt shakli: a maruza; b masala yechish; c laboratoriya praktikumi; d mustaqil bilim olish.’’ mavzusida kurs ishi
|
bet | 4/8 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 320,02 Kb. | | #150482 |
Bog'liq Raximova gulhayo kurs ishih
WK (max) =
5-rasm
Suyuqlik va gazlar mexanikasi asoslari mavzusi mohiyatini ochib berish, saqlanish qonunlarining qo‘llanishiga tayaniladi. Shuning uchun ham ushbu mavzu saqlanish qonunlaridan keyim berilmoqda. Umuman suyuqlik va gazlar mexanikasi asoslari bo‘limini o‘quvchilar tushunib olishlari uchun murakkablik qilmaydi, chunki har bir nazariy tushunchalarni sodda tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan tez o‘zlashtirib olish imkoniyati mavjud. Quyida beriladigan savol va masalalarni dars va darsdan tashqari vaqtlarda yechish o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishda g‘oyat muhim rol o‘ynaydi.
1. Suyuqlikning zichligi qanday aniqlanadi? Tajribani o‘tkazish rejasini tuzing.
2. Berilgan yog‘och taxtacha massasini taxminan qanday aniqlash mumkin?
3. Alyumin folga yaproqchaning qalinligi mikrometrsiz qanday aniqlanadi?
4. Idishga 0,5 m balandlikda kerosin quyilgan. Idish tubidagi kerosin qatlamining bosimi qancha?
5. Agar suv sathidan chuqurligi 8 sm bo‘lsa, idish tubidagi suvning bosimi qancha bo‘ladi?
6. Shlyzning kengligi 10 m, 5 m chuqurlikgacha suv to‘lgan. Shlyz darvozasini suv qancha kuch bilan bosadi? (Izoh: bosimning o‘rtacha qiymatini toping).
7. Sisterna neft bilan to‘ldirilib 4 m chuqurlikgacha kran qo‘yilgan, uni yuzasi 30 sm2. Neft kranga qanday kuch bilan bosadi?
Arximed kuchi, ya'ni suyuqlik tomonidan qattiq jismga ta'sir etuvchi, itarib chiqaruvchi kuchni topish talab qilinadigan sodda hisoblash hamda yuqorida keltirilgan sifatga oid masalalar yechiladi. So‘ngra o‘qituvchilarga jismning og‘irligini siqib chiqarilgan suyuqlik yoki gazning og‘irligi bilan taqqoslash tavsiya qilinib, masalalar bir muncha murakkablashtirib beriladi, bu esa jismlarning suzishi haqidagi masalalarni yechishni osonlashtiradi. Dastlab masalalar siqib chiqarilgan suyuqlik (gaz)ning massasi va og‘irligini mos ravishda
M= p * v;
P = 9,8 H/ kg * m
formulalar bo‘yicha ketma–ket aniqlanib savollar bilan yechiladi. O‘quvchilar Arximed kuchini aniqlashning bu usulini o‘zlashtirib olganlaridan so‘ng ularni F=9,8* pv umumiy formula bilan tanishtirish mumkin, bu yerda p-zichlik, v-hajm, (siqib
chiqargan suyuqlikning hajmi). Jismlarning suyuqliklarda suzish haqidagi masalalarni yechishda suyuqlik hajm birligining itarib chiqaruvchi kuchi tushunchasini kiritish mumkin. Ushbu tushunchani gazlarga nisbatan qo‘llashni osonlashtiradi, gazlarda esabu tushunchaning kiritilishi majburiydir. Arximed kuchi mavzusini yoritishda quyidagi eksperimental masalalarni yechish ham yaxshi natija beradi. Masalan: rezinka ipga kartoshka bog‘lang va uni suvga tushuring, ipning qancha santimetrga qisqarganini belgilang. Kartoshkaning bir qismini, so‘ngra kattaroq hajmdagi kartoshkani suvga botirib, tajribani takrorlang. Itarib chiqaruvchi kuch botirilgan jismning hajmga qanday bog‘langan? Rezinka ipga bog‘langan kartoshkani kerosinga, toza va sho‘r suvga tushurib, itarib chuqaruvchi kuchning suyuqlik zichligiga bog‘liqligi haqida xulosa chiqaring. Dastlab mexanik tebranishlar o‘rganiladi, so‘ngra uning timsolida asosiy tushunchalar: ampilituda, davr va chastota kiritiladi va tebranma harakatning muhim qonunlariga qarab chiqiladi. Matematik mayatnikning tebranish davri formulasi
amaliy maqsadlar uchun, faqat ipning vertikaldan uncha katta bo‘lmagan og‘ish burchaklari (≡30) uchun o‘rinlidir. O‘quvchi quyidagi formulaning qanday yozilishini esdan chiqardi:
yokI
U yoki bu formulaning to‘g‘riligini tasdiqlovchi dalillar keltiriladi.
1-usul. Tajribadan ma'lumki, uzun mayatnik kalta mayatnikka nisbatan katta tebranish dabriga ega; demak, 1 kattalik ildiz ostidagi kasrning suratiga tushishi kerak. Tezlanish g qancha katta bo‘lsa, tezlik shuncha katta va tebranish davri esa shuncha kichik bo‘ladi. Demak, g kattalik kasrning maxrajida turishi izohlanadi. 2-usul. Ushbu ifodalarning halqaro birliklar sistemasidagi o‘lchamini aniqlang.
1)
2)
Davr vaqt birligiga ifodalangani uchun ikkinchi formula to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilish kеrak.
Prujinaga osilgan yukning tеbranishini umumiy va o‘ziga xos tomonlarini aniqlash uchun matеmatik mayatnik tеbranishlari bilan solishtirish foydalidir. Massasi m bo‘lgan prujinaga osilgan yukning tеbranishlar davri
Formula bo‘yicha aniqlanadi. Agar k ning qiymati ma'lum bo‘lsa, bu formuladan turli garmonik tеbranishlar davrini aniqlash mumkin. Elastik tеbranishlar k – birlik koeffitsiyenti matеmatik mayatnik tеranishlari uchun esa
tеbranma harakatda enеrgiyaning bir turdan boshqa turga aylanish haqidagi masalalardan asosan kinеtik enеrgiyaning potеnsial enеrgiyaga aylanishi qaraladi. Biroq so‘nuvchi tеbranishlardan esa mеxanik enеrgiyaning ichki enеrgiyaga aylanishi hisobga olinadi. Shundan so‘ng majburiy tеbranishlar, rеzons, mеxanik to‘lqinlar, to‘lqinlarning turlari (ko‘ndalang va bo‘ylanma), to‘lqin uzunligi, uning tarqalish tеzligi va davri (chastotasi)ga bog‘liqligi bеriladi. Yuqoridagi mavzularni mustahkamlash uchun masalalar yеchishda quyidagilarga amal qilinadi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Fizikani óqitishda tórt shakli: a maruza; b masala yechish; c laboratoriya praktikumi; d mustaqil bilim olish.’’ mavzusida kurs ishi
|