respublikasi, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika, Hindiston, Malayziya, Singapur, Hong Kong kabi davlatlarda Jamoa huquqi amal qilib kelmoqda. Singapur (Singapore) Singapur Respublikasi (ing . Republic of Singapore, malaycha Repablic Singapura) - Jan. Sharqiy Osiyodagi davlat. Singapur o. va unga tutash mayda orollar hamda Malakka ya.o.ning janubiy chekkasida joylashgan. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. Malayziya (Persekutuan Tanah Malaysiu) - Janubiy-Sharqiy Osiyodagi davlat. Hududini Jan. Xitoy dengizi ikkiga ajratib turadi; Gʻarbiy M. (Malayya) Malakka ya. o.ning jan.da, Sharkiy M. Kalimantal o.ning shim. Janubiy Afrika Respublikasi (Janubiy Afrika, JAR) poytaxti - Pretoriya (administrative), Keyptaun (legislative), Blumfonteyn (judiciary) shahri. BMT aʼzosi AQShda Luizina shtatidan boshqa barcha shtatlarda Jamoa huquqi saqlanib qolgan. Kaliforniya Jamoa huquqi tizimiga kirsada, biroq bu erda xuddi Fuqaroviy huquqi asosida kodifikatsiya qilingan tizimni uchratish mumkin.
33 Shavqatsiz va g`ayri tabiiy jazo birinchi marta 1689 yilda Angliya parlamenti tomonidan qabul qilingan Huquqlar to`g`risida Angliya Bilida ( English Bill of Rights) tomonidan ta`qiqlangan edi. “Shavqatsiz va g`ayritabiiy jasodan ozodlik” ( Freedom from cruel and unusual punishments) deb atalgan mazkur modda 1787 yilda AQSh konstitutsiyasiga VIII qo`shimcha O`zgartirish bo`lib kirdi. Biroz o`zgartirilgan tarzda 1948 yil 10 Dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasidan (5-modda: Hech kim qiynoq, shavqatsiz, noinsoniy yoki tahqirlovchi munasabatga yohud jazoga mustahiq etilmasligi kerak ( No one shall be subjected to torture or to cruel, inhuman or degrading treatment or punishment), 1950 yilgi Inson huquqlari bo`yicha Ovrupa Konvensiyasidan (3-modda: Hech kim ...noinsoniy yoki tahqirlovchi munosabatga yoki jazoga mustahiq etilmasligi kerak ( No one shell be subjected to [...] inhuman or degrading treatement or punishment), 1982 yilgi Inson huquqlari va erkinliklari bo`yicha Kanada Xartiyasi (12-modda), shuningdek, keyinchalik Ovrupa Ittifoqi yagona konstitutsiyasi tarkibiga kirgan 2000 yilgi Ovrupa Ittifoqining Asosiy huquqlar bo`yicha Xartiyasidan (4-modda) joy oldi.
34 AQSh konstitutsiyasida Kongress, Prezident kabi federal organlarning vakolatlari sanalib o`tilar ekan, bundan Federal hukumatning asosiy vakolatlarini anglab olish mumkin (I Modda, 8-Bo`lim). Biroq, Konstitutsiyada shtatlar ixtiyoridagi vakolatlar deyarli sanab o`tilmagan. Balki, bu haqda Shtatlarning konstitutsiyalarida etarlicha ma`lumotlarni topish mumkin, xolos.
Umumiy nazar tashlaganda, shtatlar quyidagi sohalarda mustaqil vakolatlarga ega: Aholining umumiy faravonligi, sog`liqni saqlash va maorif tizimining normal faoliyatini ta`minlash, obodonchilik, ko`chalarni ta`mirlash, davlat muassasalarini qo`riqlash, shtat qonunchiligini amalga oshirish, huquqni himoya qilish idoralarini kuchaytirish kabilar shular jumlasidandir.
Shtatlararo savdo va umuman tijorat sohasini nazorat qilish vakolati hamon federal hukumat va shtatlar orasidagi baxsli masala bo`lib kelmoqda.
35 AQSHda prеzidеntlik saylоvi instituti o`ziga хоs tizimga ega. Shu kunga qadar mamlakatda 59 marta prеzidеntlik saylоvlari bo`lib o`tdi. Yillar o`tishi bilan saylоv tizimi ham takоmillashib bоravеrdi. Hоzirda prеzidеnt saylоvlari ikki bоsqichda, birоz murakkab tartibda bo`lib o`tadi. Saylоv jarayoni dеyarli bir yil - Fеvraldan Nоyabrgacha davоm etadi. Partiyalar tоmоnidan ilgari surilgan nоmzоdlar birinchi bоsqichda milliy kоnvеntsiya (quriltoy) tоmоnidan ko`rib chiqiladi. Nоmzоdlikka оdatda har ikki partiyadan (rеspublikachilar va dеmоkratlar partiyasidan) bittadan yoki bir nеcha vakil qo`yiladi. Munоsib dеb tоpilgan vakillar оrasidan bo`lg`usi prеzidеnt umumiy va to`g`ridan-to`g`ri оvоz bеrish asоsida aniqlanadi. Birоq, prеzidеnt saylоvlari shu bilan yakun tоpmaydi. Fuqarоlar ayni paytda ikkinchi bоsqichda prеzidеnt nоmzоdi uchun оvоz bеradigan saylоvchilar kоllеjlarini ham saylaydilar. Birinchi bоsqichda eng ko`p оvоz оlgan ikki nоmzоdning kеyingi taqdiri ana shu saylangan saylоvchilar irоdasiga bоg`liq bo`lib qоladi. Mazkur saylоvchilar kоllеji (guruhi) shtatlar bo`yicha har хil miqdоriy tarkibda tashkil tоpadi. Aniqrоg`i, saylоvchi guruhlarning a`zоlari sоni muayyan shtatlardagi sеnatоrlar va vakillar palatalarining a`zоlari sоniga tеng miqdоrda bo`lishi shart. Birоq, shtatlardagi sеnatоrlar va dеputatlarning o`zi mazkur saylоvda ishtirоk etmaydilar. Har bir shtatdagi sеnatоrlar sоni o`zgarmas (har bir shtatdan ikkitadan sеnatоr saylanadi) bo`lgani hоlda, vakillar palatasi a`zоlari sоni ahоlining miqdоriga qarab o`zgarishini inоbatga оlsak, ikkinchi bоsqich saylоvlarida sanоatlashgan yirik shtatlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi ma`lum bo`ladi. Masalan, оvоzlar Vеrmоnt shtatida 3 ta (2 ta sеnatоr 1 ta vakil), Kalifоrniya shtatida esa 50 ta (2 sеnatоr 48 vakil), Nyu Yоrk shtatida 33 ta, Tехasda 32 ta, Flоridada 25 ta, Pеnsilvaniyada 23 ta, Illinоys shtatida 22 ta va shu tarzda shtatlar bo`yicha nоtеng taqsimlangan. Saylоvchi guruh a`zоlari sоni jami 538 nafarni (100 sеnatоr, 435 vakil va Kоlumbiya оkrugining 3 vakili yig`indisiga tеng) tashkil etadi va prеzidеnt bo`lib saylanish uchun 270 ta оvоzni qo`lga kiritish kеrak bo`ladi. Shunday qilib, umumхalq saylоvining birinchi bоsqichida g`оlib chiqqan nоmzоdlar ikkinchi marta shtatlar vakilligi tasdig`idan o`tishiga to`g`ri kеladi.
Охirgi saylоvlar Nоyabr оyining birinchi Dushanbasidan kеyin kеlayotgan Sеshanba kuni bo`lib o`tadi. Saylоv natijalari bir оy ichida ma`lum qilinadi. Yangi saylangan prеzidеnt o`z vazifasini kеlasi yilning 20 Yanvaridan bajarishga kirishadi.
36 “Tegishli tartibdagi qonuniy jarayon” ( Due process) atamasi Konstitutsiyaning ikkita joyida (V va XIV O`zgartirishlar) takror va takror uchraydi. U fuqarolarning asosiy shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish va kafolatlashga qaratilgan qonunlar va tamoyillar asosida olib boriladigan huquqiy jarayonni anglatadi.
Ingliz yuridik lug`atlarida unga nisbatan ‘mahalliy qonun”, “tengdoshlarning unga huquqiy munosabati” kabi ishoralar uchraydi. Aslida, mazkur atama XIII-XIV asrlarda Angliyada mana shunday ilk ma`nolar bilan huquqiy tilga kirib kelgan edi.
AQShda hozirgi kunga qadar Oliy sud atamaga hech qanday izoh yoki sharh bergan emas. Biroq, huquqshunoslar unga tez-tez murojaat qiladilar.
Aksariyat mutaxassislarning fikricha, “Tegishli tartibdagi qonuniy jarayon” o`zida ikkita savolni mujassam etadi: (1) qonun yoki huquq qanday muhofaza qilinishi kerak ?; (2) huquq nima uchun himoya qilinishi kerak?.
Birinchi savoldagi “qanday” so`zining o`ziyoq unga processual yoki procedural ma`no beradi va u sof ma`nodagi procedural jarayon sifatida talqin qilinishi mumkin (Procedural due process). Ikkinchi savol esa unga kengroq moddiy-huquqiy va falsafiy yondashuvni talab etadi (Substantive due process). Masalan, erkin harakatlanish huquqi substantiv qonuniy jarayonni anglatsa, fuqarolarning bir joydan ikkinchi joyga ko`chish huquqi prosedural qonuniy jarayonni bildiradi.
“Tegishli tartibdagi qonuniy jarayon” quyidagi huquq va tamoyillarni kafolatlaydi: Etarli darajada olib boriladigan adolatli va ochiq sudlovga bo`lgan huquq, Sudda hozir bo`lish yoki ishtirok etish huquqi, Sudda o`zini himoya qilish uchun so`zlash huquqi; Qonun shunday yozilishi kerakki, toki fuqarolar jinoyat nima ekanligini anglab etishlari lozim; Soliqlar faqat jamiyat manfaati yo`lida undirilishi va sarflanishi lozim; Mulk faqat jamiyat manfaati yo`lida tortib olinishi va tortib olingan mulk uchun to`la qoplama mablag`lar (kompensatsiyalar) to`lanishi lozim.
AQSh konstitutsiyasiga kiritilgan V O`zgartirish asosan Federal miqyosda Federal hukumat, Federal sudlar va boshqaruv xizmatchilariga tatbiq etiladi. XIV O`zgartirish esa Tegishli tartibdagi qonuniy jarayon himoyasini shtatlar darajasida barcha fuqarolarga kafolatlaydi.
37 AQShga a`zo shtatlarning hammasi federal qonunchilik organi – Kongress bilan bir qatorda o`zlarining mustaqil qonun chiqarivchi muassasasiga ega. Mazkur organ shtatlar doirasida qonunlar qabul qiladi, shtatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo`nalishlarini belgilaydi.
Qonun chiqaruvchi mahkama turli shtatlarda turlicha nom bilan ataladi. Aksariyat shtatlarda (Arizona, Florida, Michigan) ular Qonunchilik majlisi (Legislature) deb yuritiladi. Bir qator shtatlarda (Delivor, Indiana, Jorjiya, Missuri) esa Bosh Assambleya (General Assembly) deb ataladi. Massachusets va Nyu Hempshir shtatlarida unga Bosh Hay`at (General Court) deb nom berishgan. Oregan va Shimoliy Dakota shtatlarida Qonunchilik Assambleyasi (Legislative Assembly) sifatida faoliyat ko`rsatadi.
Nebraska shtatidan tashqari barcha shtatlarning qonunchilik majlislari ikki palatali bo`lib, yuqori palata deyarli barcha shtatlarda Senat deb ataladi. Quyi palata esa turli xil nomlar bilan yuritiladi. Ko`pchilik shtatlarda quyi palatani Vakillar palatasi deb nomlash rasm bo`lgan. Istisno tariqasida, Kaliforniya, Nevada va Nyu York shtatlarida uni Assambleya deb nomlashsa, Merilend, Virjiniya va G`arbiy Virjiniyada Deputatlar palatasi (House of Delegates) deb atashadi. Faqat Nyu Jersi shtatida u Bosh Assambleya nomi bilan faoliyat ko`rsatadi.
Palatalarning saylov mandatlari ham o`zaro farq qiladi. Aksariyat shtatlarda Senatorlar asosan, 4 yilga saylanadi. Arizona, Konnektikut, Aydaho, Jorjiya, Meyn, Massachusets, Nyu Hempshir, Nyu York, Shimoliy Karolina, Roud Ayslend, Janubiy Dakota, Vermont shtatlarida esa 2 yillik mandat joriy etilgan.
Aksincha, quyi palata deyarli barcha shtatlarda 2 yilga saylanadi. 4 yillik mandatga ega Alabama, Luiziana, Merilend, Missisipi, Shimoliy Dakota shtatlari bundan mustasnodir.
Har bir shtat o`z konstitutsiyasi va qonunlaridan kelib chiqib, Qonunchilik majlisining miqdori va saylov tartiblarini o`zi mustaqil belgilaydi. Senatorlar va Vakillar sonini belgilashda ko`proq ma`muriy omildan kelib chiqiladi. Ya`ni, bunda aholi soni umumiy va asosiy asos qilib olinmaydi. Masalan, 1.3 million aholiga ega Nyu Hempshir eng ko`p sonli qonunchilik majlisiga (General Court) ega. U 400 ta Vakil va 24 ta Senatordan iboratdir. 12.5 mllion nufuzga ega Pensilvaniya shtatida esa qonunchilik majlisi (General Assembly) 203 ta Vakil va 50 ta Senatordan iborat. Jorjiya shtati ham huddi shunday ko`p sonli qonunchilik organiga ega. Undagi 235 ta a`zoning 180 tasi Vakil, 55 tasi esa Senatordir.
Eng oz sonli qonunchilik organi Nebraska Qonunchilik majlisidir. U atigi 49 ta senatordan tashkil topgan bir palatali parlament namunasidir. Shuningdek, Alyaska (40 ta vakil va 20 ta senator), Delivor (41 ta vakil va 21 ta senator) va Nevada (42 ta vakil, 21 ta senator) shtatlarida ham oz sonli qonunchilik mahkamasi faoliyat ko`rsatib kelmoqda.
Shtatlarning federal Kongressdagi vakillari va senatorlari soni bilan o`z qonunchilik majlislaridagi vakillar va senatorlar soni o`rtasida uyg`unlik ko`zga tashlanmaydi. Masalan, o`z qonunchilik majlisida 152 ta vakil va 61 ta senatorga ega (jami 213 ta) Nyu Yo`rk federal Kongressda 29 ta vakil va 2 ta senatorga ega. Kongressda eng ko`p vakil (53 ta) va 2 ta senatorga ega bo`lgan Kaliforniya shtatining Qonunchilik majlisi esa 80 ta vakil va 40 ta senatordan (jami 120 ta) iborat.
Shu o`rinda eslatib o`tish kerakki, 1913 yilda AQSh konstitutsiyasiga kiritilgan XVII O`zgartirishga qadar federal Kongress senatorlari aynan shtatlarning tegishli Qonunchilik majlislari tomonidan saylanar edilar.
38 Vaqtincha yoki butunlay bo`shab qolgan Prezident o`rnini to`ldirib turish to`g`risidagi dastlabki qonun 1792 yildayoq qabul qilingan edi. “Prezidentlik vorisligi to`g`risida hujjat” deb atalgan qonun (The Presidential Succession Act) konstitutsiyaning II Modda 1-Bo`limining 6-paragrafani to`ldirish maqsadida qabul qilingan edi. Federalistlar va aksil-Federalistlar o`rtasida uzoq tortishuvlardan keyin qabul qilingan mazkur qonunga asosan prezident o`rni bo`shab qolgan taqdirda quyidagi mulozimlar ketma-ketlik tartibda uning vazifasini bajarib turishi ko`zda tutilgan edi: Vitse-prezident, Senatning Pro tempore Raisi, Vakillar palatasining Spikeri. Mazkur mulozimlar Prezident o`z layoqatini tiklab olgunga qadar yoki navbatdagi prezidentlik saylovlariga qadar Prezident sifatida faoliyat ko`rsatishi lozim edi. Agar mana shunday holat, ya`ni prezident o`rni bo`shab qolishi Oktyabr oyining birinchi Chorshanbasidan oldin sodir bo`lsa, kelayotgan Noyabr oyida (birinchi Dushanbadan keyin kelayotgan Seshanba kunida) yangi saylov bo`lib o`tadi. Aksincha holatda, Prezidentlik saylovi keyingi yilga qoldiriladi. Yangi saylangan Prezident 4 yil davomida o`z vazifasini ado etar edi.
1947 yil Prezident Harri Truman imzosi bilan yangi “Prezidentlik vorisligi to`g`risida hujjat” deb atalgan qonun (The Presidential Succession Act) qabul qilindi. Hozirda uning me`yorlari AQSh kodeksining III Bob 19-Bo`limidan joy olgan (3 USC 19). Unga asosan quyidagi tartibdagi vorislik joriy etildi: (1) Vitse-Prezident, (2) Vakillar palatasining Spikeri, (3) Senatning Pro Tempore Raisi, (4) Davlat Kotibi (Tashqi Ishlar vaziri), (5) Moliya (G`azna) vaziri, (6) Mudofa vaziri, (7) Bosh Prokuror, (8) Ichki ishlar vaziri, (9) Qishloq xo`jaligi vaziri, (10) Savdo vaziri, (11) Mehnat vaziri, (12) Sog`liqni saqlash va ta`minot vaziri, (13) Uy-joy va Shaharsozlik vaziri, (14) Transport vaziri, (15) Energiya ta`minoti vaziri, (16) Ta`lim vaziri, (17) Veteranlar ishlari bo`yicha vazir.
Ko`rinib turibdiki, vorislar ro`yxati uzun ketma-ketlikni tashkil etadi. Mazkur ro`yxatga 2002 yilda tashkil etilgan yangi, biroq allaqachon salmoqli o`rinni egallab ulgirgan Milliy xavfsizlik vazirligi kirmagan.
Bo`shab qolgan Prezident lavozimini Vitse-Prezident tomonidan ta`minlanishi ilk bora 1841 yil 4 Aprelda AQShning to`qqizinchi prezidenti 67 yoshli Uilyam Henri Harrisonning vafot etishi bilan sodir bo`ldi. Bunday fursatda biroz ikkilanishdan so`ng Vitse-Prezident Jon Tayler Prezidentlik lavozimini bajarishga kirishdi. Ayni shu davrdan hozirgi kunga qadar 9 ta Vitse-Prezident bo`shab qolgan Prezident vazifasini ta`minlab keldi: Jon Tayler (1841), Milord Filmor (1850), Endryu Jonson (1865), Chester Artur (1881), Teodor Ruzvelt (1901), Kalvin Kulij (1923), Harri Truman (1945), Lindon Jonson (1963), Herald Ford (1974).
1933 yilda qabul qilingan XX O`zgartirishning 3 paragrafi Vitse-Prezident tomonidan Prezidentlikni ta`minlash borasida bir qator aniqliklar kiritdi. 1967 yilda ratifikatsiya qilingan XXV O`zgartirish esa Vitse-Prezident tomonidan “Prezident vazifasini ijrochisi” sifatida faoliyat ko`rsatish asoslarini qonuniylashtirdi.
39 AQSh Prezidentlarining 43 tadan 16 nafari mazkur lavozimga ikki marotaba saylana olganlar. J.Vashington, T.Jeferson, J.Monro va bir qator prezidentlar o`sha davr Konstitutsiyasi imkon bersa-da, uchinchi marta saylanishdan o`z хohishlariga ko`ra voz kechganlar. 1951 yili AQSh Asosiy qonuniga kiritilgan XXII O`zgartirish prezidentlikka faqat bir martagina qayta saylanish tamoyilini joriy etdi. Lekin, bunga qadar F.D.Ruzvelt 4 marta (1932, 1936, 1940, 1944 yillar) prezidentlikka saylanib ulgurgan edi. Amerika tarixida boshqa hech kim ikki martadan ko`p Prezident etib saylana olmadi.
40 Prezident o`z vazifasini bajara olmay qolgan holatda, odatda vitse-prezidentlar prezident vakolatini davom ettiradi: G.Trumen (1945-1948), L.Jonson (1963-1964), J.Ford (1974-1976).
Umuman, qayta saylanish masalasida shuni unutmaslik kerakki, konstitutsiyaga asosan (XXII O`zgartirish, 1-paragraf), agar amaldagi prezident o`z mandati tugashiga ikki yildan ko`proq muddat qolganda vafot etsa yoki iste`foga chiqsa, uning o`rniga kelgan vaqtinchalik (interim) prezident uning vakolatini oхiriga etkazadi, shundan so`ng o`zi prezidentlikka bir martagina qayta saylanish huquqiga ega bo`ladi. Aksincha, agar amaldagi prezident o`z mandati tugashiga ikki yildan oz muddat qolganda vafot etsa yoki iste`foga chiqsa, uning o`rniga kelgan vaqtinchalik (interim) prezident uning vakolatini oхiriga etkazadi va shundan so`nggina u prezidentlikka saylanishi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Bunday imkoniyat 1963 yil Noyabrda J. Kennedi otib o`ldirilgach, prezidentlikni davom ettirgan Lindon Jonsongagina nasib etgan. U J.Kennedi vakolatini oхirigacha davom ettirib, 1964 yili o`zi prezidentlikka saylangan va 1968 yili qayta saylanish imkoniyatidan voz kechgan.
41 Eng kam aholi soniga ega bo`lgan shtat hozirgi kunga qadar Vayomi (Wyoming ) hisoblanadi. 2003 yilda uning aholisi 501,242 kishini tashkil etdi. Aholi miqdoridan kelib chiqqan holda mazkur shtat Kongressda 3 ta (2 ta Senator va 1 ta Vakil) o`ringa ega. Ushbu moddaning mazmunidan kelib chiqqan holda Kolumbiya Okrugi ham Saylovchilar kollejida 3 ta ovozni qo`lga kiritgan.
42 Saylov solig`i o`zining tarixiy ildizlariga ega. Dastlabki davrlarda u saylovlarda ishtirok etayotgan kishilarning ovoz berish jarayonini osonlashtirish va ularning talablarini qondirish maqsadida joriy etilgan edi. Ba`zi hududlarda faqatgina tegishli jamoalarga moliyaviy yordam ko`rsatayotgan toifa yoki boy kishilargagina ovoz berish huquqi berilgan edi. Yana bir qator shtatlarda Aslzodalar toifasi saylov solig`idan ozod qilingan edilar. Boshqa hududlarda esa saylov solig`ini to`lagan har bir shaxs ovoz berish huquqiga ega bo`lardi. Biroq, saylov solig`i juda kam miqdorda bo`lib, taxminan 1-2 dollarni tashkil etardi. Shunday bo`lishidan qat`iy nazar, XXIV O`zgartirish har qanday ko`rinishdagi saylov solig`ini ta`qiqladi. 1966 yilda AQSh Oliy sudi bunday soliqlarning ba`zi shtatlarda u yoki bu ko`rinishda saqlanib qolishi tenglik tamoyilini buzilishiga olib kelishini ta`kidladi. Hozirgi kunda bunday soliq barcha shtatlarda bekor qilingan.
43 “Ijrochi Prezident” (“Acting Prezident”) atamasi konstitutsiyaga XXV O`zgartirish bilan kiritildi. Mazkur O`zgartirish II Moddaning 1-Bo`limi va XX O`zgartirishga bir qator to`ldirishlar olib keldi.
Konstitutsiyada Vitse-Prezidentning Prezident lavozimini qabul qilishi borasida bir qator mavhumliklar bor edi. “ Prezidentning o`z lаvozimidаn Kеtishi, O`limi, Iste`fo berishi holatlarida yoki o`z Lаvozimining xizmаt Vаkolаtlаri vа Mаjburiyatlаrini bаjаrа olmаy qolgаn Holаtdа, mаzkur Vаkolаt vа Mаjburiyatlаr Vitsе-Prezident zimmаsigа o`tаdi” (II Modda, 1-Bo`lim). Bu erda Vitse-Prezident ham Senat raisi, ham Vitse-Prezident sifatida Prezident vazifasini vaqtincha yoki doimiy bajarib turishi xususida aniqlik etishmas edi.
Bu savolga konstitutsiyaning boshqa bir joyida biroz oydinroq javob ham bor edi. Chunonchi, I Moddaning 3-Bo`limiga asosan: “Senаt o`zining boshqа mаnsаbdor rаsmiylаrini, shuningdek Vitse-Prezident o`z vаzifаsidа hozir bo`lmаgаn, yoki u Qo`shmа Shtаtlаr Prezidenti Lavozimini boshqаrаyotgаn holаtdа uning vаzifаsini vаqtinchа bаjаruvchi (pro tempore ) Rаisni sаylаydi”.
Bundan anglab olish mumkinki, Konstitutsiyada dastavval Senat Raisi yoki Vitse-Prezidentni Prezidentlik lavozimiga o`tkazishning faqat vaqtinchalik holati nazarda tutilgan edi. Jumladan, u mazkur vazifani “Prezident layoqatsizligi bartaraf etilgunga qadar yoki yangi prezidentlik saylovlari o`tkazilgunga qadar” ta`minlab turishi ham nazar ostiga olingan edi. Har ikki holatda, ya`ni Prezident o`rni doimiy yoki vaqtinchalik bo`shab qolgan holatda ham Vitse-Prezident Prezident lavozimini egallar va Prezident sifatida faoliyat ko`rsatar edi. XXV O`zgartirish mana shu holatga aniqlik kiritdi. Endilikda, amaldagi Prezident o`z vazifasini bajarishga turli sabablarga ko`ra layoqatsiz bo`lib qolganda, uning vazifasini to uning layotsizligi bartaraf etilgunga qadar Vitse-Prezident “Prezident” sifatida emas, balki “Ijrochi Prezident” sifatida bajarib turadi.
Bunday holat AQSh tarixida faqat ikki marta sodir bo`ldi. 1985 yil 13 Iyulda R.Reygan jarrohlik operatsiyasiga yotqizilganda Vitse-Prezident Katta Jorj Bush o`sha kuni ertalabki soat 11:28 dan kechki 7:22 ga qadar Ijrochi Prezident sifatida faoliyat ko`rsatib turgan. 2002 yil 13 Iyulda Prezident Jorj Bush tibbiy zaruriyat tufayli o`z layoqatsizligini ma`lum qilar ekan, Vitse-Prezident Dik Cheyni 2 soat davomida Ijrochi Prezident sifatida uning vazifasini ta`minlagan edi. Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.
Shunga yaqin holatlar 1981 yil 30 Martda R.Reygan suiqasddan jarohatlangan paytda yoki 1999 yil B.Klinton Impichment ostida sud mahkamasiga tortilgan paytda sodir bo`lgan bo`lsada, XXV O`zgartirish me`yorlari bu holatlarga tatbiq etilmadi.
|