Shponka frezalash stanoklari. Kopirli-frezalash stanoklari haqida asosiy tushunchalar




Download 206.5 Kb.
bet5/6
Sana06.12.2022
Hajmi206.5 Kb.
#33355
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Frezalash stanoklarini
ЭЭ-183р-19,ИЭ-190р-19, 1-topshiriq, kimyoviy muvozanat. le shatele prints, Умид нихоллари хисобот, 1024 Миниянова А.Ф. Иностранный (арабский) язык.pdf, 779515, охранные системы Рецензия-14-06
Shponka frezalash stanoklari. Kopirli-frezalash stanoklari haqida asosiy tushunchalar

Shponka frezalash stanoklari shponka pazlarini frezalash uchun xizmat qiladi. Birshpindelli vertikal shponka frezalash stanogi (12.7-rasm)da shpindel freza bilan birga bosh harakat—aylanma harakat ola-di. Bundan tashqari paz o'qi bo'ylab to'g'ri chiziqli surish harakatiga ega bo'ladi va paz bo'yicha yurishning oxirida vertikal surish harakatini ham oladi. Ishlov beriladigan zagotovka stolga o'rnatiladi.


6Д92 modelli shponka frezalash stanogi yarim avtomatik sikl bo'yicha ishlaydi. Har yurishning oxirida karetkaning vertikal surilishi

avtomatik tarzda sodir bo'ladi. Ishlov berish jarayonida paz kengligi (5)ning farqlanishi 0,02-0,03 mm dan ortmaydi. Yuza tozaligi 6-7 sinflarga. yetadi. Kesuvchi asbob—shponka frezasini 15-20 martagacha qayta charxlash mumkin, ish unumdorligi 2-3 marta ortadi.
Kopirli-frezaiash stanoklari kulachok, shablon, press-forma, shtamp, turbina parraklari, murakkab korpus tipidagi detalarning shakl-dor yuzalariga ishlov berish uchun mo'ljallangan. Ishlov berish kopir (shablon) bo'yicha bajariladi; kopir ko'pincha ishlanayotgan detalga nisbatan 1:1 masshtabidatayyorlangan bo'ladi.
Kopirli frezalash stanoklari quyidagi prinsip bo'yicha ishlaydi: stanok bajaruvchi mexanizmi (freza bilan birga)ning harakati kopirlash qurilmasining sezgir elementi (shup, nakonechnik)ning harakati bi­lan bog'langan boiishi zarur. Sezgir element (shup) kopirning pro-filiga tegib turadi. Shu tufayli kopirli frezalash stanoklarining tarkibida kuzatuvchi yuritma bo'lishi kerak. Ishlash prinsipi bo'yicha kuzatuvchi yuritmalarning gidravlik, mexanik, elektrik va elektrogidravlik turlari bo'ladi.
Kopirlash ishlari ikki turga ajratiladi: kontur bo'yicha kopirlash (tekislikdagi yassi egri chiziqIar bo'yicha ishlash (12.8-rasm) va hajmiy kopirlash (yuzalarga ishlov berish).
641 modelIi kopirli-frezalash stanogi yassi kopir bo'yicha, shuning-dek hajmiy kopirlash prinsipi bo'yicha ishlaydi. Stanokda kuzatuvchi yuritmalarning mexanik turlaridan bo'lgan pantograf (to'rt zvenoli sharnirli parallelogramm) qo'llangan. Bu stanokda kopirlash masshtabi 1:1,5+1:10 oralig'ida bo'lishi mumkin.

6Б443 modelli kopirIi-frezalash stanogi yarim avtomat siklida ishlab, surishlarning elektrogidravlik kuzatuvchi yuritmasiga ega. Stanok kopir bo'yicha fazoviy murakkab shaklga ega bo'lgan shtamp, kokil, press-formalarni tayyorlashda qo'Uaniladi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki bo'lish kallaklari zagotovkani belgilangan burchak ostida o'matib ishlash, davriy tarzda zagotovkani uning o'qi atrofida burish (bo'lish) va vintsimon yuzalarga ishlov berishda zagotovkani to'xtovsiz aylan-tirib turish uchun xizmat qiladi. Bo'lish kallaklari yordamida tishli g'ildiraklarning tishlarini, bolt va gayka kal!agining yoqlarini, parma, zenker, razvyortkalarning spiral ariqchalarini frezalash mumkin. Bo'lish kallaklarining asosiy o'lchami—o'rnatiladigan zagotovkaning maksimai diametri bo'lib , u 160, 200, 250, 320, 400 va 500 mm ga teng bo'ladi. KallakIar to'g'ridan-to'g'ri bo'lish, universal va optik turlariga bo'linadi. Ko'proq universal bo'lish kallaklari (UBK) qo'llanilib, ularda bo'lish uch usulda bajariladi: to'g'ridan-to'g'ri bo'lish, oddiy bo'lish va differensial bo'lish.
Adabiyotlar ro'yxati:




  1. Download 206.5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 206.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shponka frezalash stanoklari. Kopirli-frezalash stanoklari haqida asosiy tushunchalar

Download 206.5 Kb.