• Matlab tizimining eng katta xususiyatlari
  • O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




    Download 1.04 Mb.
    Sana25.11.2022
    Hajmi1.04 Mb.
    #31765
    Bog'liq
    1-topshiriq
    ЭЭ-183р-19,ИЭ-190р-19, Frezalash stanoklarini, kimyoviy muvozanat. le shatele prints, Умид нихоллари хисобот, 1024 Миниянова А.Ф. Иностранный (арабский) язык.pdf, 779515, охранные системы Рецензия-14-06

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    “Suniy Intelekt” kafedrasi


    Tizimlar va signallarni qayta ishlash


    fanidan


    1-Topshriq

    Bajardi:Akbarov Maqsudbek Sodiqjonovich


    K I F ta’lim yo‘nalishi

    210-20 guruh


    _______________________________________


    Qabul qildi: Azimova Umida Asrolovna



    Matlab tizimining eng katta xususiyatlari
    Matlab tizimining eng katta xususiyatlaridan biri, unda grafik chizish imkoniyatini mavjudligidir. Biz Matlabda ikki vektor grafigini chizishning eng sodda va umumiy komandalari bilan tanishamiz.
    Matlabda grafiklarni har xil koordinata sistemalarida qurish mumkin. Bulardan to‘g‘ri burchakli dekart koordinatalari sistemasi, polyar koordinatalari, sferik vassilindrik sistemalarni keltirish mukin. Undan tashqari koordinatalarni bir sistemadagi ko‘rinishidan boshqa ko‘rinishga o‘tkazish mumkin.
    Biror bir sistemada grafik chizish uchun umumiy bo‘lgan ba’zi grafik chizish komandalarini keltiramiz:
    plot(x,y)-x va y vektorlarning dekart tekisligidagi grafigini hosil qiladi;
    plot(y)-y ning y -vektor elementlari nomerlarga nisbatan grafigini yasaydi;
    semilogx(x,y)- “x”ni logarifmi grafigini “ y” ga nisbatan yasaydi;
    semilogy(x,y)-“x”ning grafigini “y” ning logarifmiga nisbatan yasaydi;
    loglog(x,y)-“x”ni logarifmini “y” ni logarifmiga nisbatan grafigini yasaydi;
    grid -koordinatalar sistemasida to‘rni hosil qiladi;
    title (‘matn’)- grafik tepasiga matn yozadi;
    xlabel (‘matn’)- “matn”ni “x” o‘qi ostiga yozadi;
    ylabel (‘matn’)- “matn”ni “ y ” o‘qining chap tomoniga yozadi;
    text(x,y,’matn’)- “matn”ni (x, y) nuqtaga yozadi;
    polar(theta, r)- r va theta vektorlarning polyar koordinatalar sictemasida grafigini yasaydi (bu erda theta faqat radianlarda beriladi);
    bar(x) yoki stairs(x)- “x” vektorning gistogrammasini yasaydi;
    bar(x,y) yoki stairs(x,y)-“u” vektor elementlarini gistogrammasini “x” vektorning elementlariga mos to‘plamga joylashtirib chizadi;
    Ma’lumki, dekart koordinatalar sistemasida grafik chizish (x, y) juftligini qiymatlarini aniqlab, hosil bo‘lgan nuqtalarni kesmalar bilan tutashtirish orqali hosil qilinadi. Demak (x, y) juftliklar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa grafik ham shunchalik silliq va aniqroq bo‘ladi. Juftliklar avvaldan berilgan bo‘lishi yoki ma’lum funksiyaning argumenti va qiymatlaridan hisoblab hosil qilinishi yoki tajriba o‘tkazish natijasida olingan bo‘lishi mumkin. Masalan, y=ex funksiyaning xє[0,2] sigmentdagi grafigini chizish kerak bo‘lsa,quyidagi matlab komadalari ketma-ketligi etarli bo‘ladi:
    >> x=0:.1:2;
    >> y=exp(x);
    >> plot(x,y)

    rlot(x,y)- komandasi grafik oynani ochadi va unda kerakli funksiya grafigini chizib beradi. YAngi komandani e’lon qilish uchun kursorni komandalar oynasiga o‘tkazishimiz kerak.Grafik oyna qayta chizmaslik uchun xar bir komandadan keyin uch nuqta( … ) qatorni davomi belgisini ishlatish mukin.
    >> plot(x,y)...
    >> grid,...
    >> title('ko‘rsatkichli funksiya'),...
    >> xlabel('x'),...
    >> ylabel('exp(x)'),...
    Ko‘pincha grafik komandalar M-faylga joylashtiriladi (Ishchi fayl yoki fayl funksiyalar). Bu usul xatoliklarni to‘g‘rilash uchun yaxshi imkoniyat beradi.YAna quyidagi misollarni ko‘raylik:
    % x ni logarifmini sin(x) ni logarifmiga nisbatan chizilgan rafigi.x=0:.1:10;loglog(x,sin(x),’--ob’);grid on

    Bu erda ‘--’ -liniya turi, ‘0’-aylana tugun nuqta turi, ‘b’-havorang liniya rangi.Endi boshqa grafik funksiyadan foydalanib ko‘ramiz:
    >> x=0:0.5:10;
    >> semilogy(x,sin(x),'--or')
    >> grid

    Bu misollardan ko‘rinib turibdiki, matlab tizimida grafik chiziqlarini rangini, turini, tugun nuqtalarini ko‘rsatish va boshqa imkoniyatlar mavjud.
    2.Gistogrammalar. Polyar koordinatalarda grafika. Amaliy hisoblarda biror vektor tarkibini tasvirlaydigan ustunli diagrammalar deb ataluvchi gistogrammalar ko‘p uchraydi. Bunda vektorning har bir elementi balandligi uning qiymatiga mos bo‘lgan ustun shaklida ko‘rsatiladi. Ustunlar tartib raqamlariga va eng baland ustunning maksimal qiymatiga nisbatan ma’lum masshtabga ega bo‘ladi. Bunday grafiklar masalan, iqtisodiy o‘zgarish va boshqa jarayonlarni ifodalashi mumkin.Ular bar(a) komandasi yordamida quriladi, masalan:
    >> a=[2 4 6 8 10 12];
    >> bar(a)
    komandalari yordamida quyidagi gistogrammani olish mumkin:

    Bundan tashqari gistogramma qurishning yana boshqa usuli ham mavjud bo‘lib, bu hist funksiyasi yordamida amalga oshiriladi:
    N=hist(u)- avtomatik tanlangan 10 intervalli vektor qiymatini qaytaradi;
    N=hist(u,m)-huddi yuqoridagi kabi, faqat M (M-skalyar) intarvalda qaytaradi;
    Quyidagi misolni ko‘ramiz:
    >> x=-3:0.2:3; y=randn(1000,1);
    >> hist(y,x); h=hist(y,x)
    h =
    Columns 1 through 13
    2 3 4 5 4 12 20 22 30 32 39 56 73
    Columns 14 through 26
    64 66 88 81 71 72 60 47 33 35 25 20 12
    Columns 27 through 31
    8 7 3 3 3
    >>

    Qutbli koordinatalar tizimida ixtiyoriy nuqta xuddi radius vektor oxiri kabi, koordinatalar tizimining boshlang‘ich nuqtasidan chiqib, RHO uzunlikka va THETA burchakka egaligini ko‘rsatadi. RHO(THETA) funksiya grafigini qurish uchun quyida keltirilgan buyruqlardan foydalaniladi.THETA burchak odatda 0 dan 2* pi gacha o‘zgaradi. Qutbli koordinatalar tizimida funksiya grafigini qurish uchun quyidagi buyruqlardan foydalaniladi :
    polar(THETA,RHO)- qutbli koordinatalar tizimida radius-vektor oxirining o‘z holatidagi RHO uzunlik bilan va THETA burchakni ko‘rsatuvchi grafikani quradi;
    polar(THETA,RHO, S)- analogli avvalgi buyruqda ishtirok etgan, lekin S qatorli konstanta yordamida qurish uslubini analogli plot buyrug‘i asosida ruxsat beradi.
    Quyidagi misolni ko’ramiz:
    >> angle=0:.1*pi:3*pi;
    >> r=exp(angle/10);
    >> polar(angle,r),...
    >> polar(angle,r);
    >> title('polyar koordinatida grafik');
    >> grid on

    Uch o‘lchovli grafika. Grafik chizishga doir misollar. Uch o‘lchovli fazoda grafik chizish uchun plot3(x,y,z) komandasidan foydalaniladi. Bunda x,y,z-vektorlar bir xil sondagi koordinatalarga ega bo‘lishi kerak,aks xolda sistema xatolikni beradi. Masalan,
    >> t=0:pi/50:10*pi;
    >> plot3(sin(t),cos(t),t)

    Demak, plot3 komandasi yordamida uch o‘lchovli fazoda chiziqning grafigini xosil qilish mumkin.
    Bundan tashqari uch o‘lchovli fazoda sirtlarni grafigini hosil qiluvchi quyidagi komandalar mavjud:
    mesh-bu fazoda uch o‘lchovli “to‘r”ni chizadi;
    surf-fazoda uch o‘lchovli sirtni chizadi ;
    fill3-fazoda uch o‘lchovli to‘ldirilgan ko‘pburchakni chizadi.



    Download 1.04 Mb.




    Download 1.04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Download 1.04 Mb.