Prokuror – qonun himoyachisi




Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/152
Sana22.12.2023
Hajmi4,45 Mb.
#126523
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   152
Bog'liq
konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb

1. 
Prokuror – qonun himoyachisi.
2. 
Prokuratura organlari.
3. 
Prokuror nazoratiga oid hujjatlar turlari.
1. 
PROKUROR – QONUN HIMOYACHISI
Lotincha «prokuror» iborasining tarjimasi «g‘amxo‘rlik qilmoq» de-
gan ma’noni anglatadi. Ushbu holda bu so‘z davlatning barcha qonunla-
riga aniq va so‘zsiz rioya etilishi borasida g‘amxo‘rlik qilish ma’nosida 
qo‘llaniladi.
Prokuratura organlari fuqarolarning davlat va jamoat tashkilotlariga 
arizalari, shikoyatlari, murojaatlarini ko‘rib chiqadilar, putur yetkazilgan 
huquqlar tiklanishi borasida chora-tadbirlar ko‘radilar va fuqarolar hamda 
tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qiladilar.
Prokuratura organlari sud tizimiga kirmaydi va suddan mustaqildir.
Sud majlisida ishtirok etish asnosida prokuror davlat nomidan prokuror 
nazoratini amalga oshiradi, ya’ni sudlarning harakatlarida qonun buzili-
shiga yo‘l qo‘yilganligi yoki aksinchaligini aniqlaydi.
Sud tomonidan qonunga mos bo‘lmagan qaror qabul qilingan hol-
da esa prokuror yuqori turuvchi sudga protest bilan, ya’ni sudning ana 
shu qarorini qonunga muvofiq bo‘lmagan tariqasida ko‘rib chiqish tala-
bi bilan murojaat qiladi. Hatto sud qarori kuchga kirganidan keyin ham 
prokuratura organlari qamoqqa mahkum etilganlarning huquqlari ularni 
qamoqda saqlash joylarida buzilmasligi ustidan nazorat qiladi.
http://eduportal.uz


164
2. 
PROKURATURA ORGANLARI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 119-moddasiga mu -
vofiq prokuratura organlarining markazlashgan yagona tizimiga O‘z-
bekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va lavozimi-
dan ozod qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik 
qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurorini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish to‘g‘ri-
sidagi Farmoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan 
tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga O‘zbekiston Res-
publikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Jo‘qorg‘i Kenges tomo-
nidan tayinlanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori rahbarlik 
qiladi. U O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi oldida javobgar hisoblanadi. 

Download 4,45 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   152




Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish