G. M. Tansikbayeva, V. A




Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/152
Sana22.12.2023
Hajmi4,45 Mb.
#126523
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   152
Bog'liq
konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb

tizimi
:
tumanlar va shaharlar prokuraturalari;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshida Iqtisodiyotga 
oid jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti, Majburiy ijro byurosi faoli-
yat yuritadi.
3. 
PROKUROR NAZORATIGA OID HUJJATLAR TURLARI
Qonun buzilganligini aniqlab, prokuror quyidagi choralarni ko‘rishi 
mumkin: 
protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantirish.
Qonunga zid hujjat qabul qilinganda prokuror uni qabul qilgan organ-
ga protest
kiritadi. Xuddi shunday tartibda mansabdor shaxsning noqo-
nuniy qarori uchun ham prokuror tomonidan protest kiritiladi.
1-topshiriq
http://eduportal.uz


166
Protest kelib tushgach, o‘n kundan kechiktirilmagan muddatda ko‘rib 
chiqilishi kerak. Protest ko‘rib chiqilganligi haqidagi natija uch kun ichi-
da prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinadi.
Mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan qonun buzilishining maz-
munidan kelib chiqqan holda prokuror jinoiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida, 
ma’muriy javobgarlik qo‘llash to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Qonun buzilishini bartaraf etish, uning sabablari va yo‘l qo‘yilishiga 
sababchi sharoitlar to‘g‘risidagi 
taqdimnoma prokuror tomonidan organ-
ga yoki qonun buzilishini bartaraf etishga mas’ul mansabdor shaxsga 
kiritiladi. Taqdimnoma kechiktirilmay ko‘rib chiqilishi shart va ko‘rilgan
chora-tadbirlar haqida bir oy ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum 
qilinishi kerak. 
Prokuror fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun 
ariza bilan sudga murojaat 
qilishi mumkin.
Fuqarolarning qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlari, huquqlari 
va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin 
bo‘lgan noqonuniy xatti-harakatlar haqida ishonchli ma’lumotlar mavjud 
bo‘lganda, prokuror tomonidan qonun buzilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi 
to‘g‘risida yozma shaklda mansabdor shaxslarga va fuqarolarga ogoh-

Download 4,45 Mb.
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   152




Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish