169
Prokuratura organlari ish faoliyati qonun
ustunligini har tomonlama
mustahkamlashga, huquq-tartibotni mustahlamkashga,
inson va fuqaro-
ning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquq va erkinliklariga, shuning-
dek, davlat mustaqilligiga, Konstitutsiya bilan mustahkamlab qo‘yilgan
ijtimoiy-davlat tuzishiga, siyosiy va iqtisodiy tizimga, milliy guruhlar va
hududiy tuzilmalarning huquqlariga g‘ayriqonuniy tajovuzlardan himoya
qilishni ta’minlashga qaratilgan.
Bizning maslahatlarimiz
SIZNING UYINGIZ – SIZNING QO‘RG‘ONINGIZ
Xonadoningiz kalitini
hech mahal pochta qutisida, gilamcha tagida,
boshqa istalgan shartli joyda qoldirmang. Eng maqbul variant –
kalitni
qo‘shnilardan birida qoldiring.
Mabodo uyda bir o‘zingiz bo‘lsangiz, eshik taqillaganda yo qo‘ng‘i-
roq jiringlaganda ochmang, eshik ortida turgan holda so‘zlashing.
Qandaydir yordam, suv berish borasidagi iltimosga, elektr hisoblagichni
yoki gazni tekshirib ko‘rish to‘g‘risidagi taklifga: «Kattalar uyda yo‘q,
keyinroq keling», qabilida javob qiling.
Xonadoningizga kirib olish borasidagi
xiralik davom etaversa, ikki-
lanmang, militsiyaga qo‘ng‘iroq qiling.
Ushbu telefon raqamlarini eslab qoling:
101 – o‘t o‘chirish xizmati
102 – militsiya
103 – tez tibbiy yordam
104 – gaz xizmati
1050 – qutqaruv xizmati (FVV)
Yodda tuting!
7 – Konstitutsiyaviy
huquq asoslari
http://eduportal.uz