171
liyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, shuningdek, barcha mulk
shakllarining huquqiy muhofaza etilishini kafolatlashi to‘g‘risidagi qoida
mustahkamlab qo‘yilgan.
Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy
faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakl-
larining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza
etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoya-
sidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda-
gina mulkidan mahrum etilishi mumkin.