172
O‘zbekiston Respublikasi o‘z moliya va pul-kredit tizimiga ega.
O‘zbekistonning Davlat
budjeti Respublika budjetidan, Qo-
raqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan ibo-
rat.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 122-modda.
Davlatning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda
amalga oshiriladi:
–
budjetni qabul qilish, ijro etish, uning ustidan nazorat qilish;
–
soliq yig‘ish;
–
pul belgilarini chiqarish hamda moliya va iqtisodiyot sohasida tar-
tib saqlash;
–
kreditlar, imtiyozlar va hokazolarni berish;
–
moddiy yordamga muhtoj fuqarolar (nogironlar, yetimlar va hoka-
zolar)ni ijtimoiy muhofaza qilish;
–
madaniyat-ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalarini rivoj-
lantirishni qo‘llab-quvvatlash;
–
atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash;
–
tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro hamkorlik.
Moliya
(fransuzcha «
finance» –
naqd, daromad) – keng ma’noda:
pul mablag‘lari, davlat pul mablag‘larining aylanishi.