• Inauguratsiya
  • Legitimlik
  • G. M. Tansikbayeva, V. A




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet144/152
    Sana22.12.2023
    Hajmi4,45 Mb.
    #126523
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   152
    Bog'liq
    konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb

    Fuqarolik jamiyati – insonning yalpi huquqlari kafolatlanadigan,
    mafkuraviy plyuralizm ta’minlanadigan jamiyat tuzilishi.
    Fuqarolik – shaxsning konkret davlat bilan barqaror huquqiy aloqa-
    lari.
    Genotsid – aholi ayrim guruhlarining milliy, irqiy, diniy bahonalar
    bilan qirib tashlanishi.
    Impichment (inglizcha impeachment – badnom qilish, ayblash) – 
    davlat oliy mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortishning alohida tar-
    tibi.
    Inauguratsiya (inglizcha inaguration – tantanali ochilish; lavozim-
    ni tantanali egallash) – yangi saylangan davlat boshlig‘ining lavozimni 
    egallash tantanali marosimi.
    Ishonch yorlig‘i – xorijiy davlatga tayinlanayotgan diplomatik vakil-
    ning maqomini rasman guvohlantiruvchi diplomatiya hujjati.
    Kvorum
    (lotincha quorum – yetarlicha hozirlik) – yig‘ilish qatnash-
    chilarining uning qarorlari haqiqiy deb tan olinadigan eng kam soni.
    Legitimlik (lotincha legitimus – qonuniy) – qandaydir huquq yoki va-
    kolat qonuniyligini tan olish yoki tasdiqlash.
    Majoritar saylov tizimi (fransuzcha majoritarie – ko‘pchilik) – say-
    lovchilarning ko‘pchilik ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblana-
    digan saylov tizimi.
    http://eduportal.uz


    190
    Ma’muriyat (arabcha ma’muriyat – buyruqlar beruvchi uyush-
    ma, idora; shuningdek, kishilar obod qilgan, qo‘nim topgan, tabiatdan 
    o‘zlash tirgan maskanlar, mamlakatlarning mushtarak nomi) – turli dara-
    jadagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining eng keng tarqalgan atalishi 
    (shaharda, tumanda, viloyatda, respublikada).
    Muammo (arabcha muammo – 
    yechilishi qiyin, chigal; yashiringan
    shuningdek, kishi nomi yashiringan mumtoz she’riyat janri) – o‘rganish, 
    tadqiq etishni talab qiluvchi murakkab nazariy yoki amaliy masala.

    Download 4,45 Mb.
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   152




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish