• Parlament
  • Prolongatsiya qilish
  • Saylovchilar bloki
  • G. M. Tansikbayeva, V. A




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet145/152
    Sana22.12.2023
    Hajmi4,45 Mb.
    #126523
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   152
    Bog'liq
    konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb

    Muqobil saylovlar – mansabdor shaxsning qandaydir organga lavo-
    zim ustida o‘zaro raqobatlashayotgan ikki yoki undan ortiq nomzodlardan 
    saylanishi.
    Naturallashtirish, o‘zlashtirish (fransuzcha naturalisation – tabi-
    iy) – ajnabiyni fuqarolikka qabul qilish.
    Ombudsman (shvedcha 
    hombuldsman – allakimningdir manfaatlari 
    vakili) – davlat organlari tomonidan inson huquqlariga rioya etilishi usti-
    dan nazorat qiluvchi mansabdor shaxs.
    Parlament (inglizcha parliament, fransuzcha parler – so‘zlamoq) – 
    davlatdagi oliy vakillik va qonun chiqaruvchi organning nomlanishi.
    Preambula (fransuzcha preambule – so‘zboshi) – qonun yoki boshqa 
    huquqiy qarorning kirish yoki muqaddima qismi.
    Prezident (lotincha praesidens – oldinda o‘tiruvchi; boshda turuv-
    chi) – respublika boshqaruv shakliga ega mamlakatlarda davlat va ijro 
    etuvchi hokimiyat boshlig‘i.
    Prolongatsiya qilish (fransuzcha prolongation – uzaytirish) – shart-
    noma amali muddatini u tuzilayotganida nazarda tutilganidan uzaytirish.
    Promulgatsiya qilish (lotincha promulgatio – ommaga e’lon qilish) – 
    qandaydir davlat hujjati, qonunining u shundan keyin majburiy kuchga 
    ega bo‘lishi uchun rasman chop etilishi, e’lon qilinishi.
    Referendum
    (lotincha referendum – bildirilishi shart bo‘lgan nar-
    sa
    ) – barcha fuqarolar ishtirok etadigan umumxalq so‘rovi yoki saylov 
    huquqi; davlat hayotining o‘ta muhim masalalari bo‘yicha o‘tkaziladi.
    http://eduportal.uz


    191
    Saylovchilar bloki (ittifoqi) – davlat boshlig‘i, markaziy va mahalliy 
    hokimiyat organlariga saylovlarda birgalikda nomzod ko‘rsatish to‘g‘risi-
    da bir necha siyosiy partiyalar bitimi.

    Download 4,45 Mb.
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   152




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish