ASOSIY QONUNI
1. Konstitutsiya – bu ... (5-b.)
2. Davlatimizning nomlanishi Konstitutsiyamizga muvofiq ... (17-b.)
3. «Konstitutsiya» so‘zi lotincha bo‘lib, ... (5-b.)
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bosh maqsadi nima?
(6-b.)
5. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilin-
gan? (12-b.)
6. O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati tizimi qanday prinsip-
ga asoslanadi? (23, 107-b.)
7. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi nechta bo‘lim, bob
va moddadan iborat? (16-b.)
8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplarini
sanab bering. (13, 23-b.)
9. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asos soluvchi tamal
g‘oyalarini aytib bering. (6-b.)
10. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra davlat,
uning organlari va mansabdor shaхslar nimaga muvofiq ish ko‘ra-
di? (6-b.)
11. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masalani hal
etish da demokratik davlat qanday yo‘l tutadi? (9-b.)
12. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati qanday prinsiplarga asos-
lanadi? (2-b.)
13. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining yagona manba-
yi kim? (21-b.)
14. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq kim
O‘zbekiston хalqi nomidan ish ko‘rish huquqiga ega? (2-b.)
http://eduportal.uz
182
15. Qaysi qonun yoki me’yoriy akt konstitutsiyaviy huquqning asosiy
manbayi sanaladi? (8-b.)
16. «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonun qa-
chon qabul qilingan? (20-b.)
17. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingunga
qadar davlatimiz qaysi qonun asosida mustaqil demokratik davlat
maqomini olgan? (19-b.)
18. Konstitutsiya Preambulasi nima? (13-b.)
19. Suverenitet – bu ... (18-b.)
20. «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonun
qachon qabul qilingan? (20-b.)
21. Nima uchun huquqiy davlatda hokimiyatning taqsimlanish tamoyi-
liga rioya etish majburiy sanaladi? (23-b.)
22. Vijdon erkinligi – bu fuqarolarning... huquqi. (44-b.)
23. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida barcha fuqarolar
uchun mehnat qilish burchi belgilanganmi? (50-b.)
24. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yil-
gan huquq va erkinliklarini kim ta’minlaydi? (33-b.)
25. Kim O‘zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklari kafolati
bo‘lish huquqiga ega? (120-b.)
26. Konstitutsiyaga muvofiq respublikamizda o‘z fikrini bildirish er-
kinligi cheklanganmi? (44-b.)
27. Bola necha yoshdan boshlab fuqaroligini o‘zgartirish to‘g‘risida
yozma rozilik bildirishga haqli? (67-b.)
28. Apatrid – bu... (62-b.)
29. Fuqarolik mavjudligini qanday hujjat tasdiqlaydi? (63-b.)
30. Ombudsman – bu... (69-b.)
31. «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonun qachon
qabul qilingan? (60-b.)
http://eduportal.uz
183
32. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining asosiy qirralarini ko‘rsa-
ting. (60-b.)
33. Fuqarolik – bu... (61-b.)
34. Chet el fuqaroligi bo‘lgan shaхs O‘zbekiston Respublikasi fuqaro-
ligiga qabul qilinishi mumkinmi? (64-b.)
35. Qanday hollarda fuqarolik bekor qilinadi? (65-b.)
36. Konstitutsiyaga muvofiq quyidagilar shaхsiy huquq va erkinliklar-
ga kiradi: ... (45-b.)
37. Insonning siyosiy huquqlariga qanday huquqlar kiradi? (56-b.)
38. Hokimiyat organlari miting, yig‘in va namoyishlar o‘tkazishni
taqiqlashga haqqi bormi? (60-b.)
39. Vazirlar Mahkamasi faoliyatini kim boshqaradi? (126-b.)
40. Oliy Majlis Kengashi qanday maqsadda tashkil etiladi? (123-b.)
41. Хalq deputatlari Kengashi faoliyatini kim boshqaradi? (130-b.)
42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimi qachon ta’sis etil-
gan? (119-b.)
43. Fuqarolar yig‘ini shaharcha, qishloq va mahallalarda o‘zini o‘zi
boshqarish organlarimi? (134-b.)
44. Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakillarini tayin-
laydi va ozod qiladimi? (114-b.)
45. Qaysi organlar va mansabdor shaхslarga Oliy Majlisda qonunchi-
lik tashabbusi huquqi berilgan? (116-b.)
46. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq kimga va
qaysi organga хalqaro shartnomalar va bitimlarni ratifikatsiya va
denonsatsiya qilish huquqi berilgan? (112-b.)
47 O‘zbekiston Respublikasida qaysi organ roziligi bilan viloyatlar
chegaralarini o‘zgartirish, tashkil etish yoki qayta tashkil etish
mumkin? (112-b.)
48. Kim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylanishi mumkin?
(123-b.)
http://eduportal.uz
184
49. Konstitutsiyaga muvofiq Prezident o‘z vakolatini yakunlagandan
so‘ng qanday lavozimni egallashga haqli? (124-b.)
50. Prezident qanday muddatga saylanadi? (123-b.)
51. O‘zbekiston Respublikasi chegaralarini qaysi organ o‘zgartirishga
haqli? (112-b.)
52. Ommaviy aхborot vositalari ustidan senzura o‘tkazilishiga yo‘l
qo‘yiladimi? (85-b.)
53. Oliy Majlis qonunlari qabul qilingandan so‘ng ular qancha mud-
datda e’lon qilinadi? (117-b.)
54. Oliy Majlis necha palatadan iborat? (110-b.)
55. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi necha yoshdan Prezident etib
saylanishi mumkin? (123-b.)
56. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari necha nafardan iborat
bo‘ladi? (110-b.)
57. Respublika budjetini kim qabul qiladi va uning bajarilishini nazo-
rat qiladi? (111-b.)
58. Respublika ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishini kim
belgilaydi? (111-b.)
59. Kim yangi viloyatni tashkil qilishga haqli? (112-b.)
60. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rta-
sidagi nizo qanday hal etilishi kerak? (103-b.)
61. Oliy Majlis Senatining mutlaq vakolatlariga nimalar kiradi?
(113-b.)
62. Kim jamoat tashkilotlarini tarqatib yuborish, taqiqlash yoki faoli-
yatini cheklashga oid qaror chiqarishga haqli? (85-b.)
63. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bir vaqtning o‘zida Kons ti-
tutsiyaviy sud raisi vazifasini bajaradi degan ta’kid to‘g‘rimi?
(119–122-b.)
64. O‘zbekiston Respublikasida shaharchalar, qishloqlar va ovullarni
tuzish yoki tugatish kim tomonidan amalga oshiriladi? (112-b.)
http://eduportal.uz
185
65. Fuqarolar yig‘ini vakolatlariga nimalar kiradi? (135-b.)
66. Konstitutsiyaviy sud sudyalari vakolatlari qanday hollarda to‘хtati-
lishi mumkin? (147-b.)
67. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlarini sanab
bering. (113-b.)
68. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Jo‘qorg‘i
Kengesi) kim tomonidan tuziladi? (104-b.)
69. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga saylanadigan fuqaro saylov
oldidan shu respublika hududida kamida necha yil istiqomat qilgan
bo‘lishi kerak? (123-b.)
70. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshlig‘i sifatidagi
asosiy majburiyatlarini sanang. (123-b.)
71. Prezident o‘z vakolatlarini davlat organlari yoki mansabdor shaхs-
larga berishga haqli emasligi to‘g‘risidagi qoida nima sababdan
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan? (122-b.)
72. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib kim saylanishi mumkin?
(123-b.)
73. Prezidentlik respublikasining parlament respublikasidan farqini
ko‘rsating. (123-b.)
74. O‘zbekiston Respublikasidagi qaysi ijroiya hokimiyati organlarini
bilasiz? (125, 127, 130-b.)
75. Vazirlar Mahkamasi tarkibi qay tariqa shakllantiriladi? (125-b.)
76. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining asosiy vakolatlarini sanab
bering. (125-b.)
77. Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis bilan o‘zaro aloqalari qanday
amalga oshiriladi? (125-b.)
78. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bosh funksiyasini
ayting. (125-b.)
79. Хalq deputatlari Kengashlari qaysi muammolarni hal qiladi?
(130-b.)
80. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi qaysi tashkilotlardan
iborat? (134-b.)
http://eduportal.uz
186
81. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga kim boshchilik
qiladi va u necha yilga saylab qo‘yiladi? (134-b.)
82. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud
tizimi qaysi sudlardan tashkil topgan? (140-b.)
83. Davlat hokimiyati organlari tizimida sud qanday rolni bajaradi?
(139-b.)
84. O‘zbekiston Respublikasi sud organlarining asosiy maqsadini ay-
ting. (139-b.)
85. Odil sudlovni amalga oshirish jarayoniga qonunlarga nisbatan
qo‘yiladigan asosiy talablarni sanab bering. (145-b.)
86. Sudlar mustaqilligi va ularning faqatgina qonunga bo‘ysunishi ta-
moyili amaliyotda qaysi yo‘l bilan ro‘yobga chiqariladi? (147-b.)
87. Konstitutsiyaviy sudning bosh vazifasini ayting. (141-b.)
88. Shahar yoki tuman sudi, harbiy sud, Konstitutsiyaviy sud sudyasi
kim bo‘la olishi mumkin? (147-b.)
89. O‘zbekiston Respublikasida kim saylovchilik huquqiga ega bo‘la-
di? (155-b.)
90. Saylov komissiyasi faoliyatida oshkoralik qanday rol o‘ynaydi?
(157-b.)
91. O‘zbekistonda qaysi saylov modeli qabul qilingan? (156-b.)
92. O‘zbekiston Respublikasi qonunchligi saylovga saylovchilarga
qanday huquqlar bergan? (156-b.)
93. Prokuratura organlari qaysi maqsadda tashkil qilingan? (163-b.)
94. Sudda prokuror qanday rolni bajaradi? (164-b.)
95. Prokuraturaga kim rahbarlik qiladi, ularning faoliyatini kim nazo-
rat qilib turadi? (164-b.)
96. Qonun buzilishi aniqlanganda prokuror tomonidan qanday cho-
ra-tadbirlar ko‘riladi? (165–166-b.)
97. Prokuratura organlarini moliyalashtirish qay tarzda kechadi?
(167-b.)
http://eduportal.uz
187
98. Jamiyatda iqtisodiy munosabatlar yanada rivojlanishiga huquq qay
tariqa ta’sir o‘tkazadi? (167-b.)
99. Davlat moliya va kredit tizimining asosiy manbalarini ayting.
(172-b.)
100. Davlat moliya va bank tizimini tarkib toptiruvchi muassasalarni
sanang. (173-b.)
101. Konstitutsiyadagi o‘zgartishlar zarurati nimadan kelib chiqadi?
(173-b.)
102. Barqaror amal qiluvchi Konstitutsiyaning afzalliklari nimalarda
namoyon bo‘ladi? (8-b.)
103. Qaysi sharoitda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘z-
gartirishlar kiritish imkoniyati bor? (9-b.)
http://eduportal.uz
|