175
Soliqlar yig‘imisiz mamlakat mavjud bo‘la olmaydi.
Chunki davlat
ta’lim berish, mamlakat chegaralarini qo‘riqlash va davlat ichkarisida
tartib saqlash, davlat organlarining ishini muvofiqlashtirish
kabi vazifa-
larni o‘z zimmasiga olgan. Soliq yig‘imi bo‘lmasa, faoliyati moddiy ish-
lab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha shaxslarga mehnat haqini
to‘lash imkoniyati ham bo‘lmaydi.
Davlat
hokimiyati va
boshqaruvi
organlari:
Sog‘liqni
saqlash
muassasalari
Huquqni muhofaza
qiluvchi
organlar
Sudlov
organlari
Atrof-muhit
muhofazasi
Yo‘l infratuzilmasi
Fan, madani-
yat va san’at
Ta’lim
Maktabgacha
ta’lim
muassa-
salari
Pensiyalar
Ijtimoiy yordam (nogironlar,
kam ta’minlangan oilalarga va
moddiy qo‘llab-quvvatlashga
muhtoj bo‘lgan
boshqa toifa-
dagi fuqarolarga nafaqalar)
Asosiy qonun belgilaydi
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qi-
ladi. Soliqlar joriy qilishga faqat O‘zbekiston
Respublikasining Oliy
Majlisi haqli.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 123-modda.
Soliqlarni to‘lamaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishni adolatli deb
hisob laysizmi? O‘z javobingizni asoslab bering
.
4-topshiriq
http://eduportal.uz
176
Shunday qilib, huquqlar va iqtisodiyot
inson turmush darajasi va
qo‘yilgan maqsadlarni bajarishi bilan bevosita bog‘liq. Chunki china-
kamiga baxtli odamlarning aksariyati o‘zlarini shaxs sifatida namoyon
eta olganlari – o‘z niyatlarini jamiyatga kerakli ishda ro‘yobga chiqar-
ganlari, o‘z xatti-harakatlari orqali iqtisodiy mustaqillikka erishganlari
uchun ham o‘zlarini shunday deb hisoblaydilar.