• O‘zbekiston Respublikasida moliya va kredit : Yakunlarni chiqaramiz O‘zingizni sinang!
  •   Huquq jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlar rivojiga qay tarzda ta’sir o‘tka- zadi ? 2




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet140/152
    Sana22.12.2023
    Hajmi4,45 Mb.
    #126523
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   152
    Bog'liq
    konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb

    1. 
    Huquq jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlar rivojiga qay tarzda ta’sir o‘tka-
    zadi
    ?
    2. 
    Davlat moliya va kredit tizimining asosiy manbalarini ayting
    .
    3. 
    Davlat moliya va bank tizimini tarkib toptiruvchi muassasalarni sanab be-
    ring
    .
    o‘z moliya va kredit tizimi; 
    asosiy vazifa – budjetni qabul qilish va ijro etish, soliqlar 
    yig‘imi;
    pulni muomalaga chiqarish;
    moliya tizimi – banklar, omonat kassalari;
    1994-yil 1-iyul – milliy valuta – so‘m muomalaga kiritildi; 
    Markaziy bank, bank tizimiga rahbarlik qiladi;
    bosh maqsad – valuta barqarorligini ta’minlash;
    soliq – fuqarolarning konstitutsiyaviy majburiyati; 
    daromad solig‘i;
    soliqlarni Oliy Majlis belgilaydi.
    O‘zbekiston 
    Respublikasida 
    moliya 
    va 
    kredit
    :
    Yakunlarni chiqaramiz
    O‘zingizni sinang!
    http://eduportal.uz


    177
    XULOSA
    Mana, Siz bilan davlatimizning Asosiy qonuni – O‘zbekiston 
    Respublikasi Konstitutsiyasi sahifalari bo‘ylab sayohatni ham nihoyasiga 
    yetkazdik.
    Siz har bir inson hayotida yuzaga keladigan muammolarning ko‘p-
    chiligini qonunchilik yordamida hal qilish mumkinligiga ishonch hosil 
    qildingiz. Ko‘pchiligini, har holda, hammasini emas. Shu bilan birga, 
    inson xatti-harakatlarining axloqiy normalari, uning axloqiy-ma’naviy fa-
    zilatlari – vijdon, or-nomus, o‘z qadr-qimmati hissi va hokazo tushun-
    chalar ham mavjuddir. Bular huquqiy ma’rifat – huquqiy madaniyatning 
    qo‘shimcha unsurlaridir, ya’ni huquq insonga havola etadigan barcha ijo-
    biy va qimmatli narsalarni o‘zlashtirishdir. Axloqiy fazilatlar va huquqiy 
    bilimlar majmuyi yuksak huquqiy madaniyat asosini ham tarkib toptiradi.
    Ammo qonunga passiv itoatkorlik – jamiyatga zarur bo‘lgan narsa
    degani emas, aslo. Ham o‘zining, ham o‘zgalarning qonuniy huquqlarini 
    himoya qilishni bilish, qonun buzilishi bilan murosa qilmaslik kerak, ne-
    gaki buning oqibatida qonuniylikka va huquqiy davlat barpo etish imko-
    niyatlariga ishonchsizlik tug‘iladi.
    Konstitutsiyaviy huquq, anglaganingizdek, O‘zbekiston Respublika-
    sining huquq tizimida yetakchi tarmoq sanaladi. 
    Uning yetakchilik roli huquqning barcha boshqa tarmoqlarida kons-
    titutsiyaviy g‘oyalarni rivoj toptirishdagina namoyon bo‘lib qolmasdan, 
    balki huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning huquqiy 
    asosi bo‘lib xizmat qilishida ham ko‘rinadi.
    Shuni unutmaslik kerakki, O‘zbekistonda davlat mustaqilligiga eri-
    shilgandan so‘nggina bu strategik muhim maqsad qo‘yildi. 
    O‘zbekistonning konstitutsiyaviy huquqida huquqiy davlatga xos bar-
    cha prinsiplar mujassamlashgan. 
    Biroq konstitutsiyaviy prinsiplar o‘z-o‘zidan huquqiy davlat yarat-
    http://eduportal.uz


    178
    maydi. Huquqiy davlatni qonunlar emas, insonlarning o‘zi, jamiyat ya-
    ratadi. Qonunlarning ahamiyati shundaki, ular jamiyat qurilishining 
    huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.
    Umid qilamizki, huquqshunoslik fanidan olgan bilimlaringiz kundalik 
    hayotingizda yuzaga keladigan muammolarni kelajakda emas, bugun ham 
    hal etishga yordam beradi. 
    Shunday bo‘lsa-da, erishilgan narsalar bilan kifoyalanib qolmaslik ke-
    rak. Qonun chiqaruvchi hokimiyat organlari davlatimiz huquq tizimini ta-
    komillashtirish ustida ishlarni davom ettirmoqda. Tevarak-atrofimizdagi 
    hayot yanada pokiza, charog‘on va adolatli bo‘lishi ham o‘zimizga 
    bog‘liqdir. Qo‘lni qo‘lga berib, yelkama-yelka tursak, ona Vatanimizni 
    huquqiy davlatga, baxtiyor va gullab-yashnagan mamlakatga aylantira 
    olamiz.
    http://eduportal.uz


    179

    Download 4,45 Mb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   152




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      Huquq jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlar rivojiga qay tarzda ta’sir o‘tka- zadi ? 2

    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish