• Argument (lotincha argumentum ) – isbot asosi bo‘lib xizmat qiluv - chi mantiqiy vaj. Armiya
  • Davlat madhiyasi
  • G. M. Tansikbayeva, V. A




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet143/152
    Sana22.12.2023
    Hajmi4,45 Mb.
    #126523
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   152
    Bog'liq
    konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb

    LUG‘AT
    Agressiya (lotincha aggressio – hujum) – xalqaro huquqda BMT 
    Ustavi nuqtayi nazaridan qurolli kuchlarning istalgan g‘ayriqonuniy qo‘l-
    lanishi, ya’ni qurolli tajovuz.
    Apatrid (grekcha apatris – vatanidan judo bo‘lgan, bevatan) – ayni 
    mamlakat fuqarosi hisoblanmaydigan va qandaydir xorijiy davlatga man-
    sub ekanligi borasida ham isbotga ega bo‘lmagan shaxs.
    Apellatsiya (lotincha appelatio – murojaatshikoyat) – qandaydir qa-
    ror ustidan ishni mohiyat yuzasidan qayta ko‘rib chiqishga haqli bo‘lgan 
    yuqori instansiyaga shikoyat qilinishi.
    Argument 
    (lotincha argumentum) – isbot asosi bo‘lib xizmat qiluv -
    chi mantiqiy vaj.
    Armiya (lotincha armare – qurollantirish) – davlat qurolli kuchlari 
    to‘plami.
    Budjet (inglizcha bougette – karmon) – davlatning muayyan muddat-
    ga qonuniy tartibda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlari ro‘yxati.
    Davlat gerbi – davlatning rasmiy emblemasi.
    Davlat madhiyasi – davlatning rasmiy ramzi.
    Davlat huquqi (konstitutsiyaviy huquqqa mos keladi) – davlatning ij-
    timoiy-iqtisodiy, siyosiy va hududiy tuzilishi asoslarini tartibga soluv chi, 
    fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlab qo‘yuvchi hamda 
    ayni davlat hokimiyati organlari tizimini belgilovchi huquq tarmog‘i.
    Demokratiya (grekcha demokratia – xalq hokimiyati) – xalq hoki-
    miyatchiligi, siyosiy plyuralizm, fuqarolar erkinligi va tengligi, inson 
    huquqlari singari konstitutsiyaviy prinsiplarni e’tirof etishga asoslangan 
    davlat tuzilishi shakli.
    Deputat
    (lotincha deputatus – elchivakil) – davlatning qonun chiqa- 
    http://eduportal.uz


    189
    ruvchi yoki qandaydir boshqa bir vakillik organiga saylangan shaxs, aholi 
    ma’lum qismining vakili.
    Federatsiya (lotincha foederare – ittifoq bilan mustahkamlamoq) – 
    davlatlar birlashmasi bo‘lib, bunda birlashuvchi davlatlar qonun bilan 
    belgilangan mustaqillikni saqlab qolgan holda yagona ittifoq fuqaroligi-
    ga, yagona ittifoq armiyasiga, yagona ittifoq davlat organlariga ega davlat 
    birligini tashkil etadi.
    Femida (grekcha Themis) – qadimgi grek mifologiyasida bir qo‘lida 
    tarozi va boshqasida qilich, ko‘zlarida bog‘ich bilan (beg‘arazlik ramzi) 
    tasvirlangan odil sudlov ilohasi; odil sudlov ramzi.

    Download 4,45 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   152




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish