1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]




Download 0,92 Mb.
bet1/5
Sana10.10.2024
Hajmi0,92 Mb.
#274405
  1   2   3   4   5
Bog'liq
PF-1 03.01.2024




[OKOZ:

1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.08.00 Sud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]

[TSZ:

1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
So‘nggi yillarda mamlakatimizda jamiyat va davlat hayotini keng ko‘lamli isloh qilish, shuningdek, amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari doirasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish sohasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, dunyoning ilg‘or demokratik davlatlarida sud hujjatlarini ijro etish sohasida shakllangan tajriba va amaliyot tahlili sohada uzoq muddatli tizimli islohotlar amalga oshirish ehtiyoji mavjudligini ko‘rsatdi.
Majburiy ijro byurosining tuzilma va vazifalari majburiy ijro tizimi rivojlanishining zamonaviy talablari va jahon tendensiyalariga to‘liq javob bermaydi.
Sud hujjatlarini ijro etishdan har qanday bo‘yin tovlashning oldini olishga, shuningdek, fuqarolarning minimal turmush darajasini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari daxlsizligini kafolatlashga qaratilgan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish va yanada takomillashtirish zarur.
“O‘zbekiston — 2030” Strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, fuqarolar, jamiyat va davlatning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish orqali odil sudlov samaradorligini ta’minlash maqsadida:
[OKOZ:

1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Xo‘jalik protsessual qonunchiligi / 17.06.06.00 Sud hujjatlarini ijro etish 0]

1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-maydan boshlab:
a) sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etilsin. Bunda:
iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini faqat elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etiladi (O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim bo‘lgan ijro hujjatlari bundan mustasno);
fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sud va ma’muriy sudning hujjatlari asosida beriladigan ijro hujjatlari, qoida tariqasida, elektron shaklda, ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim bo‘lgan taqdirda yoki taraflarning iltimosnomasiga ko‘ra esa — sudning muhri bilan tasdiqlangan holda qog‘oz shaklda berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkin;
sud hujjatlari asosida beriladigan ijro hujjatlari QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlangan holda elektron raqamli imzo bilan rasmiylashtiriladi;
yuridik shaxslar tomonidan sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlari va ijro ishi yuritishi doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlar ularning soliq to‘lovchi shaxsiy kabineti orqali olinadi va taqdim etiladi;
jismoniy shaxslar uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki interaktiv xizmatlarni ko‘rsatadigan terminallar orqali sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlarini va ijro ishi yuritishi doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlarni olish va taqdim etish imkoniyati yaratiladi;
b) fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilansin. Bunda:
daromadlarning kafolatlangan eng kam miqdori fuqarolarning qarzdorliklari bo‘yicha pul mablag‘larini undirishda qo‘llaniladi va belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmiga mos keladi;
fuqaroning bank hisobvaraqlaridan, jumladan bank kartalaridan ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorlik bo‘yicha pul mablag‘larini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidagi mablag‘lar hisobidan ushlab qolish (hisobdan chiqarish) taqiqlanadi;
v) ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi pochta xarajatlari bo‘yicha qarzdorlikni undirishga ham tatbiq etilsin.
LexUZ sharhi
Qarang.: O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni.
[OKOZ:

1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Xo‘jalik protsessual qonunchiligi / 17.06.06.00 Sud hujjatlarini ijro etish 0]

2. Belgilansinki, 2024-yil 1-dekabrdan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlovchi “Majburiyatlar reyestri” (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) instituti joriy etiladi. Bunda:
Reyestr Majburiy ijro byurosi tomonidan yuritiladi;
qarzdor mol-mulki yo‘qligi sababli undiruv amalga oshirish imkoniyati bo‘lmaganda, u haqidagi ma’lumotlar majburiy tartibda Reyestrga kiritiladi;
qarzdor haqida ma’lumot Reyestrga kiritilgandan keyin unga nisbatan ijro ishi doirasida qo‘llanilgan barcha cheklovlar saqlab qolinadi;
Reyestrga kiritilgan qarzdorning mol-mulki va pul mablag‘lari aniqlanganda majburiy ijro harakatlari davom ettiriladi;
qarzdor ijro hujjati bo‘yicha majburiyatini bajarganda, u vafot etganda, ijro hujjatini berishga asos bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilinganda yoxud ijro hujjati bo‘lgan hujjat bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda, qarzdorning 10 yil davomida mol-mulki yoki pul mablag‘lari haqida ma’lumot aniqlanmaganda yoki qarzdor bankrot deb topilganda, undiruvchining arizasiga ko‘ra, u haqidagi ma’lumotlar Reyestrdan chiqariladi.
Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2024-yil 1-avgustga qadar “Majburiyatlar reyestri” institutini amaliyotga joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
[OKOZ:

1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Xo‘jalik protsessual qonunchiligi / 17.06.06.00 Sud hujjatlarini ijro etish 0]

3. Belgilansinki, 2024-yil 1-apreldan boshlab:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha bo‘lgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish bo‘yicha savdo do‘konlarini tanlab olishda mol-mulkni Internet-do‘konlar orqali sotishni amalga oshiruvchi savdo tashkilotlariga ustunlik beriladi.
Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev) 2024-yil 1-martga qadar ijro hujjatlari bo‘yicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
[OKOZ:

1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Xo‘jalik protsessual qonunchiligi / 17.06.06.00 Sud hujjatlarini ijro etish 0]

4. Majburiy ijro byurosiga yuklatilgan vazifalarning samarali ijro etilishini ta’minlash maqsadida:
a) Majburiy ijro byurosiga asosiy faoliyati voyaga yetmaganlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha 230 ta davlat ijrochisi shtat birligi ajratilsin;
b) markaziy apparatning Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi tarkibida mavjud shtat birliklari doirasida Monitoring markazi tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Majburiy ijro byurosining dasturiy ta’minot va axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosi holati bilan bog‘liq vaziyatni onlayn tahlil qilish;
axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar asosida undirilgan pul mablag‘lari hisobini va boshqa hisobotlarni yuritish;
ijro ishi yuritishning protsessual tartibi va muddatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
ma’lumotlarni tahlil qilish orqali vujudga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni baholash va prognoz qilish hamda ularning oldini olish va bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
v) markaziy apparatda Aktivlarning hisobini yuritish va boshqarish bo‘limi, Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida Aktivlarning hisobini yuritish va boshqarish sho‘basi mavjud shtat birliklari doirasida tashkil etilsin.
5. Majburiy ijro byurosi direktori M.E. Egamberdiyev:
davlat ijrochisi lavozimiga oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni qabul qilinishiga alohida e’tibor qaratsin;
amaldagi o‘rta maxsus ma’lumotga ega davlat ijrochilarini O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida bosqichma-bosqich o‘qitish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
6. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T. Yo‘ldoshev, mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi uchun shaxsan mas’ul etib belgilansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. Bosh prokuratura Adliya vazirligi, Oliy sud hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T. Yo‘ldoshev belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 3-yanvar,
PF-1-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-son Farmoniga
1-ILOVA
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha
ChORA-TADBIRLAR DASTURI


Download 0,92 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 0,92 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]

Download 0,92 Mb.