|
Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va unung tarixiy axamiyati Norboyev Samandar
|
Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,87 Mb. | | #236079 |
Bog'liq Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va unung tarixiy axamiyati 1 Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va unung tarixiy axamiyati Norboyev Samandar Lekin bu jarayonlar ham silliq kechgani yo'q. Bu paytda hali ko'plab rahbarlar, partiya a'zolarining aksariyat qismida eski jamiyatning kuchli ta'siri sezilib turmoqda edi. Ular milliy mustaqillik g'oyasini anglashga yetilmagan, yangi demokratik jamiyat qurishni esa o'z tasavvurlarida ―kapitalizmga - eng yomon tuzumga qaytish, deb tushunar va talqin etar edilar. - Lekin bu jarayonlar ham silliq kechgani yo'q. Bu paytda hali ko'plab rahbarlar, partiya a'zolarining aksariyat qismida eski jamiyatning kuchli ta'siri sezilib turmoqda edi. Ular milliy mustaqillik g'oyasini anglashga yetilmagan, yangi demokratik jamiyat qurishni esa o'z tasavvurlarida ―kapitalizmga - eng yomon tuzumga qaytish, deb tushunar va talqin etar edilar.
- XX asrning 90-yillari boshidagi O'zbekiston uchun “Kommunistik partiyadan halos bo'lish", degan so'z milliy mustaqillikka erishishning asosiy sharti bo'lib qolgan edi. Shuning uchun ham 1991 yilning 14 sentyabrida O'zbekiston kompartiyasining XXIII s'ezdi chaqirilib, unda Respublika partiya tashkilotini tugatish masalasi hal etildi.
O'zbekiston hali ittifoq tarkibida bo'la turib, boshqa Respublikalar rahbarlari o'z mamlakatlarini konfederativ ittifoqqa kirishiga ko'z tutib turgan bir paytda Birinchi Prezident I.A.Karimov 1991 yil 31 avgustda Oliy kengash sessiyasi minbaridan O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi. Shu kuni Oliy kengash "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risidagi bayonoti"ni e'lon qildi..
O'zbekistonda milliy mustaqillik uchun harakat bir tomondan kommunistik totalitar tuzum asoratlaridan halos bo'lish, poklanish jarayonlari bilan uyg'un ravishda kechgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, jahondagi ilg'or mamlakatlar tajribasi asosidagi mahalliy xalq mentalitetidan kelib chiqib jamiyatni demokratlashtirish bilan hamohang bordi.
Milliy mustaqillik arafasidayoq ko'ppartiyaviylik tizimini joriy etish, davlat va hukumatdan ayrim jamoat birlashmalari tuzulmalarini erkin faoliyat ko'rsatishi uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratishga intilish Respublika rahbariyatining XX asrning 90-yillari boshidagi strategik siyosiy islohotlarining bosh maqsadlaridan biri edi
- O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi (2005 yil 28 yanvar) “Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir" nomli ma'ruzasida mamlakat jamiyatini demokratlashtirish va yangilash kontsepsiyasining, shuningdek, mamlakatimizni 2005 yil va kelgusi davrda modernizasiya va isloh etish bo'yicha asosiy vazifalarning dasturiy kontseptual yo'nalishlari belgilab berildi. Mazkur ma'ruzada mamlakatni modernizasiya qilish borasida uzoqni ko'zlaydigan "kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari", degan tamoyilga asoslangan islohotlarni yanada chuqurlashtirishning barcha yo'nalishlarida amalga oshirilishi lozim bo'lgan maqsad va vazifalar aniq va Ravshan ifoda etildi.
"Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo'lib, u insonning o'z-o'zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to'la darajada ro'yobga chiqishiga ko'maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo'l quyilmaydi. Ya'ni erkinlik va qonunga bo'ysunish bir vaqtning o'zida amal qiladi, bir-birini to'ldiradi va bir-birini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so'zsiz rioya qilishlari shart"
I.A.Karimov
E’tiboringiz uchun Rahmat E’tiboringiz uchun Rahmat
|
| |