|
Axborot texnologiyalar
|
bet | 1/3 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 44,04 Kb. | | #117467 |
Bog'liq 1-1KIDT-20 Sulaymonova Lobar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
“AXBOROT TEXNOLOGIYALAR” FAKULTETI
1-1KIDT-20 guruh talabasi
Sulaymonova Lobarning
“O’zbek tilining sohada qo’llanilishi” fanidan
tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: 1-1 KIDT-20 guruh talabasi L.Sulaymonova
Qabul qildi: G. F.Xayrullayeva
ANNOTATSIYA:
Agra.Yulduzlar girdobi
(“Yulduzli tunlar” romanidan parcha)
Asar nainki adib ijodi, balki, umuman,roman va XX asr o'zbek adabiyot tarixida muhim o'rin tutadi. Uning chop etilib, o'quvchilar qo'liga tegish tarixi ham o'ziga xosdir. Sho'ro zamonida o'zbek adabiyotidagi buyuk tarixiy siymolarga bag'ishlangan birorta asarining qismati oson kechmadi. Bunga ,,Abulfayzxon", ,,Muqanna", ,,Navoiy” , ,,Mirzo Ulug'bek”, ,,Ko'hna dunyo” singari asarlar misoldir. “Yulduzli tunlar” ham bundan mustasno emas. Sho'rolar bunday asarlar xalqning ko'zini ochadi, isyonkor ruhni charxlaydi, ulug' ota-bobolar orqali buyuk o'tmishga, ma'naviy qudrat an'analariga intilish va sadoqatni kuchaytiradi, deb qo'rqdilar va yanglishmadilar. Bunday asarlar mohiyat e'tibori bilan o'zlikni anglashga chorlashi, xalqni zimdan mustaqillikka tayyorlashi mumkin.
“Yulduzli tunlar" ham aslida shunday asar edi. Shu bois, roman bir necha yil davomida ne-ne azob-uqubatlar bilan yozilganiga qaramay, olti-yetti yil chop etilmay yotdi. Nihoyat bosilib chiqdi (1978), hatto O'zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo'Idi (1981). Lekin ko'p o'tmay asar va yozuvchi boshiga ko'p og'ir kunlar tushdi. Roman matbuotda feodalizmni targ'ib qiluvchi asar sifatida qoralandi. Muallifga millatchi, burjua yozuvchisi deb tuhmat qilindi.
Yangi zamon, mustaqillik adibni ham, romanni ham xalqqa qaytardi. "Yulduzli tunlar" shoh, sarkarda, shoir — benazir inson Zahiriddin Muhammad Boburning yorqin siymosi mahorat bilan aks ettirilgan to'laqonli badiiy asardir.
“Yulduzli tunlar”da Boburning Hindistonni egallagunga qadar bo’lgan voqealar:
Boburning otasi Umarshayx Mirzoning tasodifan bevaqt olamdan o’tishi.
Boburning Andijon taxtiga o’tirishi
Boburning bir necha marta Samarqand uchun bo’lgan janglarda goh g’olib, goh mag’lub bo’lishi.
Boburning bir tomondan Shayboniyxon, bir tomondan taxt uchun kurashayotgan sotqin beklar o’rtasida qiyin ahvolga tushib qolishi…
Ilojsiz qolgan Boburning uch yuz nafar askari bilan Afg’onistonni qo’lga kiritib, u yerda o’zini shoh deb e’lon qilishi.
Katta qiyinchiliklardan so’ng ulkan Hindiston o’lkasining qo’lga kiritilishi va “Boburiylar sulolasi”ga asos solinishi.
Bu asargacha yozuvchi, asosan, o'z zamondoshlari va zamonasi muammolariga bag'ishlangan asarlar yozdi. „ Yulduzli tunlarda” esa, adib ilk bor tarixiy mavzuga murojaat etdi, buyuk tarixiy shaxs obrazini yaratishga kirishdi. Gap mavzu va qahramonning tarixiyligida emas. Asosiysi, jahon tarixi, xususan, O'rta Osiyo va Hindiston tarixida o'chmas iz qoldirgan, markazlashgan davlat tuzib, ko'pdan ko'p xalqlami qirg'inbarot urushlardan saqlab qolgan, murakkab qismatli podshoh, ne-ne jang-u jadallarda mahorat va jasorat ko'rsatgan sarkarda, she'rlaridagi har bir satrda o'z ichki dunyosi, qiyofasi porlab turgan buyuk shoir, har bir so'zidan tarix nafasi keluvchi ,,Boburnoma" muallifi hamda dilbar tabiat siymosi bu darajada haqqoniy, teran gavdalantirilgan roman shu vaqtgacha o ’zbek adabiyotida ham, jahon adabiyotida ham yaratilmagan edi.
Jahon tarixi badiiy adabiyotida Bobur haqida to'g'ri fikrlardan tashqari bir-biriga zid, ba'zan yanglish, xato, noxolis qarashlar yo'q emas edi. Boburning haqqoniy qiyofasini yaratish, badiiy haqiqat imtiyozlari bilan moziy adolatini tiklash tarix talabi, zamon ehtiyoji va yozuvchining muqaddas burchi edi.
Shu ma'noda “Yulduzli tunlar” yozuvchi burchini namoyon etgan asar deb e’tirof etiladi. Roman yuqorida e'tirof etilgan jihatlari va buyuk bir tarixiy siymoning qaytadan kashf etilishi bilan o'zbek adabiyotida mustahkam o'rin egalladi.
|
| |