• 1.Chingizxon o’zi kim bo’lgan 2. Chingizxon davrida mo’g’ul davlatini tashkil topishi 3. Mo’g’illarning movorounahrni istilo qilishi
  • Bajardi: Shamshidinov a tekshirdi: Farg`ona-2024 Reja




    Download 0,51 Mb.
    bet1/5
    Sana12.07.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #267462
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1 MUSTAQIL ISH Tarix (1)



    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    FARG`ONA FILIALI
    YANGI O`ZBEKISTON TARIXI
    FANIDAN
    Mustaqil ish
    Mavzu: СHingizxonning harbiy yurushlari.

    Guruh:715-22
    Bajardi:Shamshidinov A
    Tekshirdi:

    Farg`ona-2024
    Reja:
    1.Chingizxon o’zi kim bo’lgan
    2. Chingizxon davrida mo’g’ul davlatini tashkil topishi
    3. Mo’g’illarning movorounahrni istilo qilishi
    4.Mo’g’ullarning Yevropaga hujumi


    Chingizxon (ᠴᠢᠩᠭᠢᠰ ᠬᠠᠭᠠᠨ Чингис хаан) — asl ismi Temujin yoxud Temuchin boʻlib, taxminan 1155-1167 yillar o'rtasida, Onon daryosi yaqinidagi Delpun Boʻldan mavzesida tugʻilgan. Moʻgʻul qabilalari ittifoqi — moʻgʻullarning qiyotlar sardori Yasugay Baxodirning Ulun xotundan tugʻilgan toʻngʻich farzandi. U Mo’g’ullar imperyasining asoschisi va birinchi buyuk xoni (qooni), bir-biridan farq qilgan mo’gullar va turkiy qabilalarni birlashtirgan; Xitoy, Markaziy Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropada mog’ullarning istilolari uyushtirgan sarkarda. Insoniyat tarixidagi eng yirik qitʼa imperiyasining asoschisi.
    1227-yilda vafotidan soʻng, imperiyaning merosxoʻrlari uning birinchi xotini Boʻrtedan tugʻilgan farzandlari chingiziylar deb atalgan.
    ”Mo’g’ullarning maxfiy tarihi” asarida aytilishicha, Chingizxonning ajdodi Boʻrte Chino bo‘lib, u Goa Maral bilan qarindosh bo‘lib, Burxon Xaldun tog‘i yaqinidagi Xenteyda (markaziy-sharqiy Mog’uliston) istiqomat qilgan. Rashidudning yozishicha, bu voqea VIII asr o‘rtalarida sodir bo‘lgan. Boʻrte Chinodan 2-9 avlodda Bata Sagʻaan, Tamachi, Qorachar, Uujim Buural, Sali Xajau, Yeke Nyuden, Sim Sochi, Xarchu tugʻilgan.
    Borjigiday Mergen 10-avlodda tugʻilgan, u Moʻgʻuljin goaga uylangan. Ulardan 11-avlodda shajara Torokoljin bahodir tomonidan davom ettirilib, u Borochin goaga uylangan, ulardan Dobun Mergen va Duva Soxor tugʻilgan. Dobun Mergenning xotini Alan goa boʻlib, uning uch xotinidan biri Bargujin goadan Xorilarday Mergendan tugʻilgan qizi edi. Shu yoʻsinda Chingizxonning onasi Buryat Moʻgʻul tarmogʻidan biri boʻlgan xoʻri tumatlardan boʻlgan.
    XII asr oxiri – XIII asr boshlariga kelganda bir-biriga raqib boʻlgan mog’ullar, tatratlar, neymanlar, kerayitlar, merkitlar va boshqa qabilalar oʻrtasidagi sinfiy va siyosiy kurashlar natijasida koʻchmanchi feodal oqsuyaklar manfaatini himoya qiladigan davlatning vujudga kelish jarayoni kuchaymoqda edi. Mirzo Ulugʻbekning “To’rt Og’l” kitobida koʻrsatilishicha, moʻgʻul shoʻbasi 9 nafar boʻlib, dastlabkisi Moʻgʻulxon, oxirgisi Elixondir. Tatarlar esa 8 shu’baga boʻlinib, avvali Tatarxon boʻlib, tatar maliklarining birinchisidir. Ularning har ikkisining ajdodi Nuh paygʻambarga bogʻlanadi.
    1155-yilda bir nechta qabilalar boshligʻi boʻlmish Yasugʻoy bahodir va Ulun xotun oilasida Temuchin tugʻildi. Mirzo Ulugʻbekning yozishicha Yasugʻoy bahodir oʻz atrofidagi ulugʻ aʼyonlar bilan kengashib, ugʻlining ismini Temuchin deb qoʻydi. Bunga sabab oʻsha vaqtlarda tatar qabilalarining qudratli podshohining ismi ham Temuchin edi. Goʻdak ulgʻayganda Temuchindek qudratli shoh boʻlsin, deb niyat qilindi. Abulg’oziy Baxodirning oʻzining “Shajarayi turk” kitobida yozishicha „Temuchin Moʻgʻul yurtining Yilun-Yildiq degan joyida tugʻildi. Tugʻilganda bir qoʻli yumiq edi. Enaga xotin ochdi va unda bir pora uyushgan qon koʻrdi.Tashqariga chiqib yoshi ulugʻlarga aytganda ulardan biri bu oʻgʻlon ulugʻ podshoh boʻlur, yer yuzini barchasini olur, koʻp ellarni qatl va viloyatlarni vayron qilur“ — deb bashorat qildi.
    13 yoshida otasidan yetim qolgan Chingizxon 27 yil davomida bir qancha urugʻ va qabilalarni tayjiutlar atrofida birlashtirish maqsadida harbiy harakatlar olib borgan. 1195—1204-yillarda Chingizxon keraitlar boshligʻi Vanxon Toʻgʻril (Oʻnxon) bilan ittifoqda merkit, nayman, kuralas, ikiras, durban, tatar va hokazo qabilalarni boʻysundiradi. Biroq, keyinchalik ular orasiga adovat tushgan. 1204-yil Oʻnxon bilan boʻlgan jangda gʻalaba qozongan Chingizxon xonlik taxtini egallaydi. 1206-yil moʻgʻul aslzodalari, noʻyonlari ishtirokida buyuk qurultoyda „chingiz“ (tengiz — dengiz, okean) unvoni bilan sarafroz etiladi (Ulugʻxon maʼnosida) va barcha qabila, urugʻ, elatlarning buyuk xoni deb eʼlon qilinadi. Davlatning ichki va tashqi siyosatini tartibga solishda Chingizxon tomonidan eʼlon qilingan qonunlar toʻplami — Yasoq muhim rol oʻynaydi. Ming kishilik shaxsiy gvardiya hamda yuz ming jangchidan iborat otliq armiyani shakllantirgan Chingizxon Sibirdagi bir nechta qabila va elatlarni (1207), Shimoliy Xitoyni (1211 — 15), Oʻrta Osiyoni (1219—1221), Xuroson, Eronni (1221—1224) oʻz tasarrufiga kiritadi. Moʻgʻullar tomonidan zabt etilgan hududlar vayron qilingan, aholisi qyrib tashlangan, qullikka mahkum etilgan. 1224-yil Chingizxon Moʻgʻullar davlatini 4 oʻgʻli — Joʻji, Chigʻatoy, Oʻqtoyxon va Tulixonlarga taqsimlab bergan. Shimoliy Xitoydagi tangut qabilalarining Si-Sya davlati (X-XIII asrlar)ga qarshi yurish qilgan vaqtida Chingizxon ogʻir dard tufayli vafot etadi. Uni Moʻgʻulistondagi Burxon Xaldun togʻ etagida dafn etishadi.

    Download 0,51 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bajardi: Shamshidinov a tekshirdi: Farg`ona-2024 Reja

    Download 0,51 Mb.