Moʻgʻullarning Yevropaga hujumi




Download 0,51 Mb.
bet4/5
Sana12.07.2024
Hajmi0,51 Mb.
#267462
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 MUSTAQIL ISH Tarix (1)

Moʻgʻullarning Yevropaga hujumi


Jebe noʻyon va Subutoy bahodir qoʻmondonligidagi moʻgʻul qoʻshini gʻarbda urushni davom ettiradi va shimoliy Eron orqali Zakavkazyega bostirib kirdi. Gruziya va Ozarbayjonning bir qismini vayron qildi. Kaspiy dengiz sohili boʻylab harakat qilib, alanlar yeriga bostirib kirdi va ularni tormor keltirdi . 1223-yil 31-mayda Kalka jangida moʻgʻullar birlashgan rusqipchoq qoʻshinini yengib, uni Dnepr daryosi etagigacha quvib, keyin Oʻrta Volgaga chekindi. Biroq, Volgakama Bulgʻoriyasida magʻlubiyatga uchrab, Moʻgʻulistonga qaytib ketdi . Bu moʻgʻul otliq askarlarining kelgusida gʻarbga qilinadigan yurishlari oldidan olib borgan razvedkasi edi. Chingizxon vafot etgach, Oʻqtoyni Ulugʻ xon (qoon) deb koʻtargan qurultoy dan soʻng Moʻgʻullar istilosi 2 yoʻnalishda olib borildi. Sharqsa Shimoliy Xitoy toʻla bosib olindi va Koreya bilan urush boshlandi . Moʻgʻullar bir qancha yirik yurishlar dan soʻng 1273-yil Koreyaning kattagina qismini bosib olishga muvaffaqboʻlgan. 1229-yil Subutoy bahodir 30 ming kishilik qoʻshini bilan Yoyiq daryosi boʻyiga chiqdi. Joʻji ulusining hukmdori Botuxon qoʻshini bilan birgalikda Kaspiy boʻyi dashtlaridan saksin va qipchoqlarni siqib chiqarishga erishdi. 1232-yil moʻgʻul qoʻshinlarining Volgakama Bulgʻoriyasiga yorib kirishga urinishlari bekor ketdi. Joʻji ulusining kuchlari bilan gʻarbga qilingan hujum qam natija bermadi. 1235-yil qurultoy chaqirilib, unda boshqa uluslar harbiy kuchlarini Botuga yordamga yuborishga qaror qilindi. 14 moʻgʻul xoni ishtirok etib qoʻshinning umumiy soni 150 mingga yetdi. 1236-yil kuzida moʻgʻul qoʻshinlari yana Volgakama Bulgʻoriyasiga qujum qilib, uni vayron qildi. Ular 1237-yilning bahori va yozida alanlar, qip-choqlar va Oʻrta Volgaboʻyi xalqlari bilan urushni davom ettirib, kuzda Shim.-Sharqiy Rusga yurish qilish maqsadida hozirgi Voronej atrofiga toʻplandi. 1237-yil qishning boshlarida Botu Ryazan knyazligiga hujum qiddi, 6 kunlik qamaldan soʻng Ryazan taslim boʻldi. 1238-yil Kolomna ostonasida Vladimir knyazligi askarlarini tor-mor qildi. Moʻgʻul qoʻshinlari Kolomna va Moskvani vayron qilish bilan birga 1238-yil fevral oyi mobaynida 14 rus shaxrini (Rostov, Uglich, Yaroslavl, Kostroma, Kashin, Ksnyatin, Gorodets, Galich-Mer-skiy, Pereyaslavlzalesskiy, Yuryev, Dmitrov, Voloklamskiy, Tver, Tor-jok)ni bosib oldi. 1240-yil kuzida Janubiy Rusga yurish boshlandi. Dekabrning oxirlarida Kiyev, Vladimirvolinskiy, Galich va boshqa shaharlar bosib olindi.
1241-yil bahorida moʻgʻul qoʻshinlari rus hamda Sharqiy Yevropaning boshqa xalqlari koʻrsatgan qahramonona qarshiligiga qaramay, Gʻarbga tomon ilgariladi. Botu qoʻshinining asosiy qismi Karpat dovonlari orqali Vengriyaga kirib bordi va qirol Bela IV ning 60 minglik qoʻshinini tormor keltirdi. Vengriya poytaxti — Pesht shahri ishgʻol etilib, vayron qilindi, mamlakatning koʻp qismi harobaga aylantirildi. Baʼzi moʻgʻul otryadlari Sharqiy Chexiyagacha kirib bordi, Birok qirol Vatslav I tomonidan qattiq qarshilikka uchrab orqaga qaytdi. 1241-yil oxirlarida Botu oʻz qoʻshinining Avstriya va Xorvatiya orqali Adriatika dengizi tomon boshladi. 1242-yil sohilda joylashgan qalʼalarni zabt eta olmagan Botu Bosniya, Serbiya va Bolgariya boʻylab orqaga qaytgan. Shunday qilib moʻgʻullarning Markaziy Yevro-paga qilgan hujumi tugadi.
Moʻgʻullar istilosi Gʻarbda — Kichik Osiyo va Yaqin Sharkda uzoq muddatga choʻziddi. Moʻgʻullar Zakavkazyeni bosib olgach, Koʻniya sultonligink tormor keltirdi. 1256-yilda Huloku Eron va Mesopotamiyani, 1258-yil esa Arab xalifaligining poytaxti — Bagʻdodni boʻysundirdi. Moʻgʻullar Suriyani ishgʻol qilib, Misrga qarshi hujumga tayyorlana boshladilar. Biroq, 1260-yil Misr sultoni qoʻshinlari bilan boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchraganlar. Moʻgʻullar istilosi Gʻarbda shuning bilan tugadi.
13-asrning 2-yarmida moʻgʻullar Sharq va Jan.-Sharq mamlakatlarini zabt qilishga kirishdi. Moʻgʻul qoʻshinlari Janubiy Sun imperiyasiga chegaradosh Dali davlati (1252—53) va Tibet (1253)ni bosib oldi. 1258-yil moʻgʻul qoʻshinlari har tomondan Janubiy Xitoyga bostirib kirdi, biroq Mun/sening toʻsatdan vafot etganligi tufayli Janubiy Sun imperiyasini zabt etish kechikdi. 1267— 79 yildagina Janubiy Xitoy yangi Ulugʻ xon — Xubilay tomonidan ishgʻol qilindi. 1281-yil Yaponiyani bosib olish maqsadida 1000 kema, 100 ming kishilik Koʻshin joʻnatilgan. Ammo, mazkur flot toʻfonda qolib gʻarq boʻlgan. Moʻgʻullar oʻzlarining Jan.Sharqiy Osiyoga qilgan yurishlarida Xitoy armiyasi va flotidan foydalangan boʻlsalarda, muvaf-faqiyatga erisha olmaganlar. Moʻgʻul-xitoy qoʻshinlari bir necha yurishlar (1277 i. 2-marta va 1282, 1287-yillarda) dan soʻng Birmani ishgʻol qildi, biroq tezda (1291) u yerdan haydab chiqarildi. Moʻgʻul-xitoy qoʻshinlari va floti bir necha marta Vyetnamga hujum qilib (1257, 1258, 1284, 1285, 1287-88), uni boʻysundira olmadi. Tyampu davlati (Hindixitoyning jan.-sharqida) ham oʻz mustaqilligini moʻgʻullardan himoya qila oldi. Moʻgʻullar istilosi 1300-yil Birmaga qilingan yangi yurishdan soʻng tugadi.
Moʻgʻullar istilosi davrida tarixiy va madaniy yodgorliklar vaxshiylarcha yakson qilindi. Moʻgʻullar istilosi va hukmronligi davrida magʻlub va mazlum boʻlgan xalqlarning yagona halokati shu boʻldiki, ular dushmanga qarshi barcha ichki nizolarni chetga surib, birgalikda kurashning zarurligini anglab yetmadilar.
M o’g’ullarning Movarounnahr, Xorazm va Xurosonni istilo etishi


Movarounnahr, Xuroson va Xorazmga qilingan yurishga shaxsan Chingizxonning o’zi boshchilik qildi. Chingizxon 1218 yili qoraxitoy Kuchluk davlatini tugatgach, uning davlati chegaralari bevosita Xorazmshohlar davlati bilan tutashdi. Urushning asosiy bahonasi 1218 yili mo’g’ullar savdo karvonining O’trorda talanib, 400 nafar savdogar (yoki josus)ning qatl etilishi edi.
1219 yil kuzida Chingizxon 200 mingdan ortiq askari bilan O’rta Osiyoga yurish boshladi. Xorazmshoh A’loiddin Muhammad mo’g’ullarga qarshi urushda asosiy kuchlarni jamlab yirik jang olib borishdan qochdi. U o’ziga tobe barcha shahar va qal’alarga o’zlarini himoya qilish haqida buyruq berdi. Chingizxon bundan allaqachon xabardor bo’lgandi, O’trorga etganda xorazmshohlar mulkini tezda bosib olish uchun qo’shinini 4 qismga ajratdi. Birinchi qo’shinga o’g’illari Chig’atoy va O’qtoyni boshliq etib tayinladi, ularga O’tror shahrini yo’q qilish topshirildi. Ikkinchi qo’shinga boshqa o’g’li Jo’jini boshliq etib tayinladi, unga Sirdaryo bo’yidagi Sig’noq, O’zgan, Barchinlig’kent, Jand, Yangikent va boshqa shaharlarni istilo qilishni topshirdi. Uchinchi qo’shinga Oloq no’yon va Suketu cherbilarni boshliq bo’lib, ularga Xo’jand va Binokat shaharlarini bo’ysundirish buyurildi. To’rtinchi qism esa Chingizxonning o’zi boshchiligida sahrodan Buxoro tomon yo’lga tushdi.
Chig’atoy va O’qtoy boshliq birinchi qushin 1219 yil sentyabr – 1220 yil mart oralig’ida O’tror shahrini qamal qildi. Mo’g’ullar shaharni vayron qilib, hokim Qoirni asirga tushirishdi. U 1218 yildagi mug’ul savdogarlarini o’ldirishda ayblangani uchun, Samarqandga - Chingizxon huzuriga yuborildi. Chimgizxonning buyrugi bilan qiynab o’ldirildi.
1220 yil fevralda Chingizxon Buxoroga etib keldi va shahar qamalini boshladi. Shaqar 7 – 10 fevral kunlari qamal qilindi.
16 fevral kuni himoyasiz qolgan Buxoro ahli mo’g’ullarga taslim bo’ldi. Lekin Go’rxon boshliq himoyachilar Buxoro arkini yana 12 kun mudofaa qilib turdilar. Mo’g’ullar Buxoroga o’t qo’yib kulini ko’kka sovurishdi, minglarcha tinch aholini qirg’in qilishdi va ko’plab kishilarni qulga aylantirishdi.
Chingizxon Buxorodagi xunrezligi bilan nom chiqargach 1220 yil martda Samarqandni talash uchun yurish boshladi. Bir necha kunlik janglardan so’ng shahar mo’g’ullarga taslim bo’ldi. Tog’ayxon boshliq 30 ming kishilik qo’shin Chingizxon xizmatiga o’tishga rozilik bildirdi, lekin tunda Tog’ayxon, uning 20 nafar sarkardasi va 30 ming kishilik qo’shini ayovsiz qirib tashlandi. Buxoro kabi Samarqand shahri ham o’t ichida qoldi, minglab kishilar vahshiy mo’g’ullar tomonidan qirib tashlandi, o’n minglab kishilar esa qul qilib haydab ketildi.
Mo’g’ullarning ikkinchi qo’shini Sig’noqni etti kun qamal qilib qo’lga kiritdi, boshqa erlarda bo’lgani kabi, Sig’noq aholisi ham qatli om etildi. Samarqand talanganidan bir oy o’tgach, 1220 yil aprelda, mo’g’ullar Jand shahriga yurish boshladi. Jo’ji boshliq qushin Jandni egallab, u erda ham katta qirg’in uyushtirdi.
1220 yil martda mo’g’ullarning uchinchi qo’shini Binkatga hujum qildi, shahar 4 kunlik qamaldan so’ng taslim bo’ldi, mo’g’ullar odatlari bo’yicha bu erdagi aholini ham qirib tashlashdi. Aprelda Xo’jandni istilo qilishga kirishishdi. Uch oylik qamaldan so’ng Temurmalik boshliq qo’shin Xo’jandni tashlab Sirdaryo o’rtasidagi orolga borib joylashdi. Mo’g’ullar Xo’jandni bosib olishgan bo’lsada, orolchadagi askarlar yana to’rt oy mobaynida ularga qattiq qarshilik ko’rsatdi. Mo’g’ullar bu ahvolda ularni engish imkonsizligini anglab, daryoga to’g’on qurib orolni suv bilan bostirishga harakat qilishdi. To’g’on muljallangan joyga etgach, Temurmaliq askarlarini olib oralchani tark etishga majbur bo’ldi. Mug’ullar Temurmalikni tirik tutish maqsadida Sirdaryoning Binkat shahri ro’parasidagi joyiga daryo eni bo’ylab zanjir tortib chiqishgandi. Tunda yo’lga chiqqan Temurmalikning oz sonli qo’shini zanjir tortib qo’yilgan erga kelganda zanjirni uzib yo’lida davom etdi. Mug’ullarning bir necha oy mobaynida qilgan ishi chippakka chiqdi. Temurmalik Jand shahriga etganda quruqlikka chiqishga majbur bo’ldi. Bu erda uni kutib turgan Mug’ullar bilan hal qiluvchi jangga kirishdi. Mazkur jangda Temurmalik barcha safdoshlaridan ayrildi, faqat bir necha kishi bilan hali mo’g’ullar qadami tegmagan Urganchga etib oddi.
Chingizxon askarlariga bir muddat dam bergach Naxshabga yurish boshladi. Shahar jangsiz taslim bo’ldi. Yozni Naxshabda o’tkazishib, u erda talonchilik, aroqxo’rlik, giyohvandlik va boshqa fisqu fujur ishlar bilan shugullanishdi. Kuzda esa Termizga yurish boshlashdi. Termiz 11 kun qarshilik ko’rsatgach mo’g’ullar tomonidan bosib olindi. Mo’g’ullar 1220 yili Movarounnahrni to’la istilo qilishdi, endi Xorazmshohlar davlati poytaxti Urganchni vayron qilishni ko’zlashardi.
Chingizxon o’gillari Chig’atoy, O’qtoy va Jo’ji boshliq barcha kuchni birlashtirib Xorazmni bosib olish uchun harakat boshladi. 1220 yil dekabrda Urganchdan qochib ketgan xorazmshoh A’loiddin Muhammad Kaspiy dengizidagi Ashur orolida xor-zor bo’lib o’lib ketdi. Uning o’rniga katta o’g’li Jaloliddin taxtga chiqarilgandi, boshqa o’g’illari esa xazinani talon-toroj qilib gado topmas erlarga qochib qolishdi. 1220 yil oxirlarida mo’g’ullar Urganch qamalini boshladi.
5 oy davom etgan qamal va tinimsiz janglardan so’ng shahar istilo qilindi. Mo’gullarga qarshi janglarning birida 72 yoshli Shayx Najmiddin Kubro shahid bo’ldi. Mo’g’ullar qonxo’rliklarini bu erda ham isbotlashdi. Aholining bir qismi qulga aylantirildi, Urganch esa suvga bostirildi.
Mo’g’ullar 1221 yil 5 fevralda Marvni olishgach Hirot, Balx va G’aznaga yurishni rejalashtirdilar. Biroq 1221 yil yozida Jaloliddin Manguberdi Parvona jangida Shiki Kutuhu boshliq 45 ming kishilik mo’g’ul qo’shinini tor-mor keltirdi, bu mo’g’ullarning shu paytgacha uchragan eng katta mag’lubiyati edi. 1221 yil kuzda Chingizxonning o’zi Jaloliddin o’rnashgan G’aznaga yurish boshladi. 1221 yil noyabrda Hind daryosi bo’yida yuz bergan jangda son jihatdan ancha ustun bo’lgan mo’g’ullar g’alaba qozondi. Baribir Jaloliddinni asirga tushirolmadilar, u 4 ming askari bilan Hind daryosining narigi tomoniga o’tib olishga erishdi. Jaloliddin umrining oxirigacha (1231) mo’g’ullarga qarshi kurashdi.


Xulosa:
Men bu qilgan mustaqil ishmda davomida Chingizxonning harbiy yurushlari haqida
Juda ham chuqur o’rganishga harakat qildim. Chingizxonning yurishlarini aytadigan bo’lsam juda ham katta yurishlar qilgan. Qilgan mustaqil ishm davomida Chingizxonning Chingizxon o’zikim bo’lgan, Chingizxon davrida mo’g’ul davlatini tashkil topishi,
Mo’g’illarning movorounahrni istilo qilishi, Mo’g’ullarning Yevropaga hujumi haqida Tanishib chiqdm va juda ham ko’p malumotlarni o’zim uchn oldm.



Download 0,51 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,51 Mb.