|
Moʻgʻullarning Movarounnahrni istilo qilishi
|
bet | 3/5 | Sana | 12.07.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #267462 |
Bog'liq 1 MUSTAQIL ISH Tarix (1) Moʻgʻullarning Movarounnahrni istilo qilishi
O’troq Voqeasi va undan keyin Chingizxon elchisi Ibn Kafroj Bugʻroning oʻldirilishi, Movorounnahrga Chingizxonning bostirib kirishi uchun bahona boʻldi. Bu yurishda Chingizxon dastlab Sharqiy Turkiston va Yettisuvni zabt etdi. Chingizxonning Movarounnahrga bosqini avvaldan puxta tayyorgarlik koʻrib rejalashtirilgan edi. Chingizxon Gʻarbga harbiy yurishini boshlamasdanoq oʻz dushmanining kuch-qudrati va urushga tayyorgarligi toʻgʻrisida savdogarlar orqali toʻplagan maʼlumotlarini sinchiklab oʻrganib, XOrazimshoxlar davlatinmng ichki ahvolidan toʻla voqif edi. Horazim Sohlar davlati koʻp sonli turkiy qoʻshin va yaxshi qurollangan koʻngillilar lashkari hamda yetarli oziq-ovqat zaxirasiga ega edi. Afsuski, Muhammad Xorazimshox bilan sarkardalar oʻrtasida mavjud ixtiloflar avval boshdanoq bunday ustunlikdan foydalanishga imkon bermadi. Kengashda fikrlar boʻlinib ketdi. Xorazmning mashhur faqihi, muftiy Shahobiddin Xivaqiy barcha qoʻshin ni Sirdaryo boʻyiga toʻplab, uzoq yoʻl safarida toliqib kelayotgan moʻgʻullarni qarshi olish, dushmanga hali oʻzini oʻnglab olmasidan turib, bor kuch bilan katta jangda toʻsatdan zarba berish toʻgʻrisida birdanbir toʻgʻri fikr bayon qiladi. Biroq Muhammad Xorazmshohga bunday fikr maʼqul boʻlmaydi. Chunki, u oʻzining oliy lashkarboshilaridan boʻlgan qipchoq lashkarboshilarga tamoman ishonchsizlik bilan qarar edi. Shuning uchun ham u katta qoʻshinni bir joyga toʻplashdan va ular fursatdan foydalanib uni taxtdan agʻdarib tashlashlaridan qoʻrqar edi. Askariy kuchini qalʼa va istehkomlarga boʻlib yuborib, ayrim shaharlarni moʻgʻullarga qarshi qoʻyish bilan dushmanga zarba bermoqchi boʻldi. Xorazmshoh moʻgʻullarning asosiy zarbasi Movarounnahrning Zarafshon vodiysiga qaratilsa kerak degan fikr bilan Samarqand va Buxoro shaharlarini mustahkamlashni buyurdi. Samarqandning tashqi devorini qayta qurish maqsadida shahar aholisidan hatto bir yil ichida 3-marta xiroj ham yigʻib olinadi. Barcha koʻrilgan choratadbirlarga qaramasdan xorazmshox. hujumga tayyor emas edi. 1219-yilning kuzida Chingizxon xorazmshoh saltanatiga qarshi yurish boshladi. Jami askari 200 mingga yaqin boʻlgan moʻgʻullarga uygʻur xoni Idiqut va Olmaliq hukmdori Sig’noq teginlar ham oʻzlarining harbiy kuchlari bilan qoʻshilgan edi. Chingizxon Oʻtror shahri yaqinida, Movarounnahr va Xorazmni qisqa muddat ichida zabt etish uchun qoʻshinini 4 qismga boʻladi. Uning bir qismini oʻgʻillari Chigʻatoy va Oʻqtoy boshchiligida Oʻtrorni qamal qilish va uni egallash uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga Joʻji boshliq etilib, Sirdaryo etagi tomon yuboriladi va unga Sigʻnoq, Oʻzgan, Barchinligʻkent, Jand, Yangikent va boshqa shaharlarni bosib olishni buyuradi. 5 ming kishilik uchinchi qoʻshinni Oloq noʻyon hamda Suketu-cherbi qoʻmondonligida Banokat va Xoʻjand shaharlari tomon yuboradi. Chingizxonning oʻzi asosiy kuchlari bilan Qizilqum orqali Buxoro tomon lashkar tortadi. Inolchiq rahbarligida oʻtrorliklar shaharni mudofaa qilib 5 oy davomida oʻz qoʻllarida ushlab turadilar. Nihoyat moʻgʻullar shaharni egallashga muvaffaq boʻladi. Aholini shahardan tashqariga haydab chiqaradilar va qatl etadilar, shaharni esa talaydilar. Shu asnoda Buxoroga yoʻnalgan Chingizxonning asosiy kuchlari yoʻlda Zarnuq va Nur qalʼalarini ishgʻol qiladilar. 1220-yil fevralda Chingizxon Buxoroga yetib boradi. Moʻgʻullar Buxoroni vayron qilgandan keyin Samarqandga yoʻl oldi. Chingizxon Buxorodan haydab keltirgan asirlardan tashqari oʻgʻillari Chigʻatoy va Oʻqtoylarning Oʻtrordan olib kelgan bandilarini ham Samarqand qamaliga safarbar etadi, Muhammad xorazmshoh Subutoy bahodir va Jebe noʻyon bosh boʻlgan moʻgʻul qoʻshinining taʼqibidan qochib, Kaspiy dengizining janubidagi orollardan birida panoq topadi va sal vaqt oʻtmay gʻariblikda zotiljam kasali bilan va-fot etadi. Bu davrda moʻgʻullarning Joʻji boshliq askariy qismlari Sirdaryo etaklarida bosqinchilik qilmoqda edi. Joʻji shaharni jangsiz taslim boʻlishini talab qilib, Sigʻnoqqa elchi sifatida yuborgan Hasanxoja ismli savdogarni sigʻnokliklar oʻldiradilar. Bundan dargʻazab boʻlgan Joʻji shaharga hujum boshlaydi. Bosqinchilar shaharni talab, aholisini bitta qoldirmay qiradi. Bu voqeadan dahshatga tushgan Oʻzgan shahri aholisi moʻgʻullarga jangsiz taslim boʻladi, ammo, Barchinligʻkentni olishda yana kuch ishlatadilar. 1220-yil Jandga hujum boshlaydilar. Jand noibi Qutlugʻxon shaharni tashlab Xorazmga qochadi. Bosqinchilar Jandni qarshiliksiz egallab, uni talaydilar. Aholisining qurollangan qismi qatl etilib, shahar vayron qilinadi. Bu vaqtda Oloq noʻyon, Suketu cherbi va Toʻgʻay kabi moʻgʻul sarhanglari 5 ming qoʻshin bilan Banokat va Xoʻjand shaharlari ustiga yuradi. Banokat himoyachilari qilichdan oʻtkazilib, qolganlari qullikka mahkum etiladi. Shahar zabt etilgach, navbat Xoʻjandga keladi. Asli nasabi turk boʻlgan Temur Malikning shaxsiy qaxramonligi bilan xoʻjandliklar moʻgʻullarga kutilmagan qarshilik koʻrsatadilar. Javuyning va Rashidudinlarning asarlarida Xoʻjand qamalida 20 ming moʻgʻul va 50 ming asir qatnashganligi aytilgan. Biroq, himoyachilarning kuchi teng boʻlmaganligidan Temur Malik shaharni tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi. 1220-yilning yozida Movarounnahr janubida shu vaqtgacha bosib olinmagan shaharlarni zabt etishga Chingizxonning shaxsan oʻzi kirishadi. Avval u Nafasga bostirib kiradi. Shaharliklar dahshatga tushib shahar darvozalarini ochib beradilar. U Termizga askar tortadi. Termizning noibi Faxriddin Habash qattiq qarshilik koʻrsatadi. Termiz shahri va aholisi ham moʻgʻullarga qarshilik koʻrsatgan boshqa shaharlar fojiasini boshidan kechirdi. Sirdaryo havzasi, Zaraf-shon va Qashqadaryo vohalari, Amudaryo oʻrta oqimining oʻng sohili viloyatlari zabt etilgach, Chingizxon asosiy kuchni xorazmshoxlar davlatining markazi Gurganjga tashlaydi. Bu harbiy kuchni Chingizxonning oʻgʻillari Lozixon, Chig’atoyxon va O’qtoyxonlar boshqaradi. Xorazmshohlar davlati bosib olingach, moʻgʻul jangarilari oʻz kuchini yirik savdo va madaniyat markazlari boʻlmish Baxl, Hayt, Mavr va G’azna kabi shaharlarga yoʻnaltiradi. Ammo bu yerda ular Jaloliddin Manguberdinnnt qattiq qarshiligiga uchraydi. Moʻgʻul qoʻshinining atoqli jangchilari Jaloliddinga qarshi tura olmaydilar. Moʻgʻullarning Parvon dashtidagi magʻlubiyatidan keyin Chingizxon harbiy harakatlarni shaxsan oʻzi boshqaradi. Chingizxon G’aznaga lashkar tortadi. Jaloliddin esa urushsiz Sind (Hind) daryosi sohillariga chekinadi. Daryo boʻyida 1221-yilning noyabrda ikki oʻrtada qattiq jang boʻladi. Moʻgʻullarning pistirmaga qoʻygan 10 ming nafarli saralangan lashkari jang oqibatini hal qiladi . Raqibining jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon uni taʼqib qilish fikridan qaytadi. 1225-yilga kelib, moʻgʻul qoʻshinlarining asosiy qismi Moʻgʻulistonga qaytib ketdi.
|
| |