|
Chingizxon davrida moʻgʻul davlatining tashkil topishi
|
bet | 2/5 | Sana | 12.07.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #267462 |
Bog'liq 1 MUSTAQIL ISH Tarix (1)
XII asr oxirlariga kelganda Mo’g’ulistonda yashovchi turli qabila va urugʻlar oʻrtasida siyosiy kurashlar avj olgan edi. Ularda ayniqsa urugʻ-aymoqchilik munosabatlari kuchli boʻlib, asosan koʻchmanchi chorvachilik, ovchilik va mol ayirboshlash bilan kun kechirar edilar. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot darajasi ham ancha past edi.
Temuchin otadan 13 yoshida yetim qolgan paytda otasiga tobe boʻlgan koʻpgina qabilalar ularni tashlab ketdi va shu bois u keyinchalik koʻpincha murakkab hamda xavfli sharoitlarni boshidan kechirdi. Oʻzaro qabilaviy janglarda faol qatnashgan Temuchin keyinchalik oʻz atrofiga 13 ming kishilik lashkar ham toʻplay oldi. Soʻngra ularning soni ortib bordi. Tez orada Temuchin Nayman, Totor, Ungʻut, Oʻygʻur, Keroyit qabilalarini oʻziga buysundirishga erishadi va 1205-yillarga kelib u Moʻgʻuliston hududidagi eng qudratli hukmdorga aylandi. Rus muallifi M. Ivanin Temuchinni taʼriflab, oʻzining „Chingizxon va Amir Temur“ kitobida shunday jumlalarni keltiradi: Chingizxon xonlik davrining boshlarida 13 ming atrofdagi oʻtov yoki oilaga ega boʻlgan boʻlsa, umrining oxirlarida turli tillarda soʻzlovchi va turli dinlarga mansub boʻlgan 720 ta xalq unga tobe edi. Uning oʻgʻillari va nabiralari hozirgi Xitoy, Hindistonning bir qismi, Quriya, butun Markaziy Osiyo, hozirgi Rossiyaning hamda Janubiy Osiyoning Hinddan Furotgacha boʻlgan deyarli barcha qismiga hukmronlik qilishgan, bu hududlar esa atigi 60-70 yil davomida bosib olingan.
1206-yilda Oʻnon daryosi buyida maxsus chaqirtirilgan qurultoyda Temuchin butun Mo’g’ulustonning Xoqoni deb eʼlon qilindi. Shu joyda unga Chingizxon (kuchli baquvvat degani) laqabi berildi. Chingizxon shu tariqa Manjuriyadan to Irtishgacha Bbaykaldan Tangutgacha hududlarda koʻchib yuruvchi koʻp sonli qabilalarning yagona hukmdoriga aylandi. Davlatning diniy, siyosiy ijtimoiy faoliyatining barcha qirralari 1206-yildagi oʻsha yirik yigʻinda „Yaso“ qonunlari toʻplamida yanada asoslanib, mustahkamlandi. Qqqoraqurm qal’asi poytaxt qilib tanlandi.
1207-1208-yillarda Enasoy (Yenisey) havzasi, Yettisuv viloyatining shimoliy qismi bosib olinib, u yerdagi Uyg’urlar ham toʻliq buysundirildi. 1209-yilda Chingizxon Xitoyning shimoli-sharqiydagi Tangut mamlakatiga hujum qilib, katta oʻlja va koʻplab odamlarni qul qilib, Moʻgʻulistonga olib ketdi. 1211-1215-yillar davomida esa avval Xitoyga hujum qilib, qudratli Szin armiyasiga qattiq zarbalar berdi, soʻngra esa Pekin shahrini ishgʻol qildi. Sizin sulolasi agʻdarilib, Shimoliy Xitoy Moʻgʻullar davlatiga qoʻshib olindi. Moʻgʻulistonda qudratli davlatni tashkil qilgan Chingizxon oʻz eʼtiborini endi Markaziy Osiyo tomonga qarata boshladi va nihoyat 1218-1219-yillarda Jetisuvni, 1219-1221-yillarda Markaziy Osiyoni batamom oʻz imperiyasining qaramogʻiga qoʻshib oldi.
|
| |