Markaziy osiyo davlatlari integratsiyasida xalqaro tashkilotlarning roli




Download 296,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana20.06.2024
Hajmi296,2 Kb.
#264800
  1   2   3   4
Bog'liq
2102-Текст статьи-6860-1-10-20230426 (6)



Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил №12)
ISSN 2181-1709 (P)
4
42
Education and innovative research 2022 y. №12
MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI INTEGRATSIYASIDA 
XALQARO TASHKILOTLARNING ROLI
Qo‘ysinova Fazilat Oripovna, 
О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy kadrlarni tayyorlash 
boshqarmasi bо‘limi bosh mutaxassisi-ilmiy xodim, siyosiy fanlar bо‘yicha 
falsafa doktori PhD
Annotatsiya. Maqolada Markaziy Osiyo davlatlaridagi integratsion 
jarayonlarning rivojlanishi, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning 
minaqadagi integratsion jarayonlarni rivojlantirishga ta’siri, Islom 
hamkorlik tashkiloti faoliyatida Markaziy Osiyo davlatlari, Islom hamkorlik 
tashkiloti a’zo davlatlar siyosiy konsolidatsiyasidagi о‘rni tahlil qilingan.
Shuningdek, Markaziy Osiyo hududidagi siyosiy jarayonlardagi dinamik 
о‘zgarishlar, davlatlar birdamligining rivojlanishi, Islom hamkorlik 
tashkilotining xalqaro maydonda musulmon olami siyosiy pozitsiyasini aks 
ettirishi hamda tashkilotning xalqaro maydonda xalqaro munosabatlarning 
asosiy aktori sifatidagi samarali faoliyati yoritilgan.
Kalit so‘zlar: integratsiya, xalqaro tashkilotlar, mintaqaviy tashkilotlar, 
davlatlar konsolidatsiyasi, Islom hamkorlik tashkiloti, siyosiy hamkorlik.
KIRISH. Zamonaviy rivojlanishning asosiy tendensiyalarida siyosiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa tizimlarning integratsiyasi yaqqol 
sezilib, XX asrda dunyo bo‘ylab nafaqat bir mamlakat yoki mintaqa, balki 
jahon miqyosida integratsiya va globallashuv jarayoni rivojlandi. Bugungi 
kunda dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida integratsiya jarayonlari 
integratsion aktorlar yordamida jadal amalga oshirilmoqda. «Integratsiya 
[lot. Integratio – tiklash, qaytadan boshlash, to‘ldirish] 1. Ayrim qismlarning, 
elementlarning bog‘liqlik holatini, ularni qo‘shib birlashtirishni ifodalovchi 
tushuncha. 3. Ikki va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini o‘zaro 
muvofiqlashtirish va birlashtirish» . Mintaqaviy integratsiya, birinchi 
navbatda, mintaqa davlatlariga globallashuv muammolariga qarshi turishga, 
global liderlarning bosimiga dosh berishga; Ikkinchidan, bu jahon tovarlari, 
xizmatlari, texnologiyalari va mehnat bozorlarida global raqobat muhitida 
mintaqaviy imtiyozlarni yaratishga; Uchinchidan, ishlab chiqarish va 
marketing xarajatlarini pasayishi, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning 
ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanishi 
hamda global muhitda raqobatbardoshlik qobiliyatining o’sishishiga imkon 
beradi .
Demak, integratsiya natijasi yaxlitlikka olib keluvchi jarayon yoki 
harakat, birlashuv, qo‘shilish, birlikning tiklanishidir. Dunyodagi siyosiy 
jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini aks ettiradigan integratsiyalashuv 


Образование и инновационные исследования (2022 год №12)
ISSN 2181-1717 (E)
43
http://interscience.uz
tendensiyalari yer sharining turli mintaqasida u yoki bu shaklda namoyon 
bo‘ladi.
ASOSIY QISM. Xalqaro hamjamiyat evolyusiyasi va ko‘pgina davlatlar 
hayotida hududlar rolining o‘sishi hududiy rivojlanish jarayonlarining 
ahamiyatini oshirdi . O‘zining milliy-etnik, diniy, geosiyosiy, geoiqtisodiy, 
tarixiy-madaniy, ma’naviy va mafkuraviy xususiyatlariga ko‘ra, Markaziy 
Osiyo dunyodagi boshqa mintaqalarga nisbatan farqlanadi.
Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish 
mintaqaviylik va milliy manfaatlar nuqtai nazaridan eng dolzarb masala 
hisoblanadi. “Ayni paytda Markaziy Osiyoda qudratli davlatlarning 
manfaatlari kesishmoqda, beqarorlik va qarama-qarshilik o‘choqlariga 
tutash bo‘lgan ushbu mintaqa yaqin va uzoq xorijda ro‘y berayotgan barcha 
salbiy jarayonlar ta’sirini his etmoqda” . Markaziy Osiyoda o‘ziga xos 
subregionning shakllanishi bilan bog‘liq geosiyosiy vaziyatning rivojlanish 
tendensiyalari mintaqa davlatlari oldiga ham katta vazifalarni, strategik 
maqsadlarni, shu bilan birga hayotiy ehtiyoj hisoblangan siyosiy, iqtisodiy, 
madaniy-gumanitar integratsiya jarayonlarini jadallashtirish bilan bog‘liq 
faoliyatni takomillashtirish talabini qo‘ymoqda.
Chindan mintaqaning geografik jihatdan katta makonni egallaganligi va 
tabiiy boyliklar ko‘pligini inobatga olgan holda uning geoiqtisodiy rivojlanish 
imkoniyatlari yuqori baholanadi. Mazkur imkoniyatlardan to‘laligicha va 
ratsional foydalanish mintaqa davlatlarining integratsiya doirasidagi umumiy 
qarashlarining strategiyasiga bog‘liq. Mintaqaviy integratsiya strategiyasini 
amalga oshirish milliy manfaatlarning uyg‘unlashuvi bilan izohlanadi .
Minglab yillarni o‘z ichiga oladigan mushtarak tarixga, yagona din va 
yaqin til, o‘xshash madaniyatga daxldor bo‘lgan Markaziy Osiyoda sho‘ro 
hukumati tomonidan o‘tgan asrning 20-yillarida amalga oshirilgan milliy 
davlatchilik chegaralanishining o‘tkazilishi bilan bog‘liq “imperiyacha 
strategiya” bugungi besh davlat o‘rtasida munsabatlar o‘zgaruvchanligini 
vujudga kelishiga ham sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, ular o‘rtasida hududiy, 
milliy-etnik, gidroresurslar, tabiiy resurslar, migratsiya, kontrabanda 
sohasidagi mushkulotlar, hali hanuz yechimini kutayotgan muammolar 
aksariyat hollarda, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham turlicha ta’sir 
ko‘rsatmoqda. 
Sobiq ittifoqning tarqalishi bilan bog‘liq xolatlar va undan keyin 
mintaqada davom etgan chorak asrlik turlicha geosiyosiy vaziyat har bir 
davlat oldiga o‘z davlatchiligini mustahkamlash, unga ta’sir ko‘rsatadigan 
mafkuraviy, madaniy, ma’naviy muhitni qaror toptirish, o‘z Qurolli Kuchlari 
va davlat organlarini shakllantirish va rivojlantirish kabi strategik vazifalarni 
qo‘ydi. Davlatlararo munosabatlarga tashqi va ichki omillarning ham ta’siri 
katta bo‘lganligi, ba’zi davlatlarda fuqarolik urushlari avj olganligi va 



Download 296,2 Kb.
  1   2   3   4




Download 296,2 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Markaziy osiyo davlatlari integratsiyasida xalqaro tashkilotlarning roli

Download 296,2 Kb.
Pdf ko'rish