Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил №12)
ISSN 2181-1709 (P)
46
Education and innovative research 2022 y. №12
salohiyatini ham alohida e’tirof etmoq joiz.
O‘tgan asrning 70-yillarida tashkil topgan ushbu tashkilot Falastinni ozod
qilish, islom dinining muqaddas qadamjolarini muxofaza qilish, shuningdek,
eng asosiy g‘oyasi islom dunyosi va xalqalri manfaatlarini himoya qilishga
qaratilganligi bilan ham nafaqat dunyo musulmon mamlakatlari, shuningdek,
Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham jozibador ekanligini unutmaslik lozim.
Bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasi tobora o‘zgarib
borayotgan bir davrda mintaqa davlatlariga nisbatan ham turli
madaniyatlarning, millatchilik, diniy va liberalizm g‘oyalarining kirib
kelayotganligi, ularning o‘zaro raqobatining kuchayishi Markaziy Osiyoning
mintaqaviy xavfsizligiga ta’siri tobora ortib borayotganligi kuzatilmoqda.
Ammo, musulmon ummasining (umma-musulmon jamoasi) manfaatlarini,
huquqlarini himoya qilishni o‘z Nizomi va boshqa dasturiy hujjatlarida
aks ettirgan Islom hamkorlik tashkiloti Markaziy Osiyodagi til, madaniyat
farqlariga qaramasdan, mintaqa davlatlarini tom ma’noda birlashtiruvchi
omil, institut bo‘la olishini e’tirof etmoq joiz. Chunki, bugungi kunda 57 ta
a’zo davlatga ega bo‘lgan ushbu tashkilotning moliyaviy, siyosiy, madaniy-
gumanitar imkoniyatlari ham tobora ortib borayotganligi, uning eng katta
xalqaro tashkilotlardan biri (BMTdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi) ekanligi
jahon hamjamiyatiga sir emas.
Shu nuqtai-nazardan olib qaraydigan bo‘lsak, Islom hamkorlik
tashkilotining Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham madaniy, ham siyosiy,
ham ma’naviy salohiyatini, qudratini ko‘proq jalb qilish, mintaqa davlatlarini
rivojlantirish uchun a’zo davlatlarning investitsion imkoniyalarini kengroq
yo‘naltirish masalalari ham bugungi kun tartibining asosiy mavzulariga
aylantirilishi lozim .
Mintaqadagi integratsion aktorlar faoliyati tahlilida shuni ko‘ramizki
Turkiy davlatlar tashkiloti asosan turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlarga
qaratilganligi bilan mintaqaning asosan to‘rt davlatini Qirg‘iziston,
Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistonni qamrab olganligi, forsiyzabon
Tojikiston esa bu tashkilotdan ajralib qolganligi mintaqaviy integratsiyaning
bir butunligini ta’minlay olmasligi ko‘zga tashlanayotgan bo‘lsa, ikkinchi
tomondan Rossiya tomonidan ilgari surilgan iqtisodiy (YevrOIH) va harbiy
tashkilot (KXSHT)ga O‘zbekistonnig a’zo emasligi bu tashkilotlarning
nufuziga, qamroviga albatta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ularda asosiy
kuch Rossiya ekanligi boshqa davlatlarning siyosiy kayfiyati shakllanishining
omiliga aylangan.
Ammo, islom hamkorlik tashkilotining qudrati va nufuzi shundaki,
aholisining aksariyat qismi musulmon bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlarining
ma’lum bir integratsiyasini ta’minlashda uning nafaqat diniy, balki ma’naviy
imkoniyati ham anchayin keng. Bu holat esa mintaqadagi barcha davlatlarni
milliy, iqtisodiy va til xususiyatlarigagina qarab emas, balki butun islom
Образование и инновационные исследования (2022 год №12)
ISSN 2181-1717 (E)
47
http://interscience.uz
ummasining manfaatlari asosida birlashishining garovi bo‘lib xizmat qilishi
mumkin.
XULOSA. Bugungi kunda yer kurrasida joylashgan islom davlatlarini
birlashishga, o‘zining huquqiy, siyosiy, iqtisodiy manfaatlarini himoya
qilishga, o‘zaro bir-birlariga turli sohalar bo‘yicha yordam ko‘rsatishga
qaratilgan Islom hamkorlik tashkilotining Markaziy Osiyo mamlakatlari
integarsyaisi uchun o‘rni va roli nihoyatda yuqori. Chunki, ulkan demografik,
qudratli moliyaviy, shonli tarixiy, umumiy tarixiy salohiyati yuksak
bo‘lgan ushbu tashkilot, barcha mamlakatlar uchun birday muhim strategik
ahamiyatga ega.
Islom hamkorlik tashkiloti a’zolari sonining ko‘pligi, davlatlar
o‘rtasidagi munosabatlarda biror bir mamlakatning ustunligini o‘rnatishga
yo‘l qo‘yilmasligi, katta moliyaviy mexanizmlarning, institutlarning
mavjudligi singari omillar tufayli ham mintaqa davlatlari uchun o‘ta jozibali
va istiqbolli ekanligini isbotlashga urinishning hojati yo‘q. Faqatgina bunday
integratsiyaviy loyihalarning, kerak bo‘lsa, megaloyihalarning mintaqadagi
davlatlar taraqqiyoti uchun juda katta ahamiyatini ilmiy konseptual
asoslaydigan tadqiqotlar sonini ko‘paytirish bugungi kunning eng dolzarb
masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
ADABIYOTLAR
1. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017
yil 10 noyabrdagi Samarqand shahrida о‘tgan «Markaziy Osiyo: yagona tarix
va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yо‘lidagi hamkorlik»
mavzusidagi xalqaro konferensiyada sо‘zlagan nutqi. http://press-service.uz/
ru/lists/view/1227
2. О‘zbek tilining izohli lug‘ati. “О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”.
A.Madvaliyev tahriri ostida (2006-2008). – Toshkent, – B. 216;
3. Философский энциклопедический словар. М.: Мисл, 2010. – 479
с.
4. Jailson E. da G.R. Gomes. The challenges of regional integration in
Africa. P. 429-430.
5. Косов Й.В., Фокина В.В. Политическая регионалистика. – М.:
Питер, 2009. – С. 5.
6. http://www.prezident.uz/oz/lists/view/1227
7. Kо‘charov CH.SH. Markaziy Osiyoning mintaqaviy integratsion
jarayoni muammolari. – T.: Fan, 2008. – B. 32
8. Karimov I.A. tom 6. Havfsizlik va barqaror taraqqiо‘t yо‘lida – T.:
О‘zbekiston, 1998. –B. 136.
9. О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning
Minsk shahrida bо‘lib о‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligi davlat
rahbarlari kengashining majlisidagi nutqi, 10.10.2014.
10.
Botakoz Shakeyeva. Problema reformirovaniya OIS //
|