Markaziy osiyo davlatlari integratsiyasida xalqaro tashkilotlarning roli




Download 296,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana20.06.2024
Hajmi296,2 Kb.
#264800
1   2   3   4
Bog'liq
2102-Текст статьи-6860-1-10-20230426 (6)

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил №12)
ISSN 2181-1709 (P)
44
Education and innovative research 2022 y. №12
xokazo siyosiy vaziyatlar davlatlar integratsiyasi va hamkorligining amalga 
oshirilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 
Markaziy Osiyoda umumxavfsizlik tizimining shakllanishida mintaqaviy 
integratsiya g‘oyasi yetakchi o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi 
Birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Markaziy Osiyodagi 
integratsiyani biz hududiy birlik, kommunikatsiyalar, iqtisodiyotning asosiy 
va yetakchi tarmoqlari mushtarakligi, suv xo‘jaligi va energetika obe’ktlarini 
birgalashib ishlatish, energiya zahiralari bilan ta’minlash ehtiyoji taqozo etgan 
obe’ktiv zarurat, deb hisoblaymiz. Bir-biriga chirmashib ketgan umumiy 
teran tomirlarga ega bo‘lgan xalqlarimizning madaniy, til va ma’naviy birligi 
haqida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi” .
Integratsiya borasida turli tashabbuslar, ichki va tashqi omillar mavjud 
bo‘lsada, davlatlarning barchasi ham dastlabki 25 yil davomida bunga 
juda katta xayrihohlik ko‘rsatmagan edi. Xususan, mintaqada asosiy ikki 
katta iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlat O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro 
raqobat yo‘lidan ketgan bo‘lsa, Qirg‘iziston zo‘r berib, mamlakatda 
g‘arbona demokratiyani qaror toptirish va rivojlantirishga ahamiyat 
qaratdi. Tojikiston, endigina fuqarolar urushini bartaraf qilib, davlatchilik 
tuzilmalarini mustahkamlash va mamlakatning nochor iqtisodiyotini 
barqarorlashtirish yo‘lidan borgan bo‘lsa, Turkmaniston Afg‘onistondagi 
chigal vaziyatning mamlakatga ta’sir ko‘rsatmasligining oldini olish uchun 
chegaralar daxlsizligini ta’minlash va dastlab, Saparmurat Niyozovning, 
keyinchalik esa Gurbanguli Berdimuxamedovning yakka hokimiyatini 
yanada mustahkamlash masalasini asosiy vazifa sifatida belgiladi. 
Qachonki davlatlar va xalqlar o‘zaro bir butunligini anglab yetib, ichki 
integratsiyani vujudga keltirsagina, Markaziy Osiyo yaxlit jipslikka erishib, 
mukammal kuchga aylanadi. Integratsiyaning muhim nazariy masalasi bu – 
integratsiya jarayonida iqtisodiy va siyosiy omillarning o‘zaro munosabati 
hisoblanadi. Qachonki, iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish uchun siyosiy 
muhit yuzaga kelsa, integratsiya jarayonlari jadallashadi. Arab davlatlarining 
integratsiyasida ham aynan ushbu omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Mintaqa davlatlari uchun ko‘plab integarsion tashabbuslar, turli 
integratsiyaon loyihalar taklif qilingan bo‘lib bular ma’lum bir davlatlar 
ustunligiga asoslanganligi barchamizga ma’lum. Bular ichida sobiq 
ittifoqning kooperatsiya aloqalarini saqlab qolishga bo‘lgan intilish ro‘yobi 
sifatidagi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, Rossiyaning iqtisodiy qanoti 
ostida birlashishga chaqiriq hisoblangan YevroOsiyo iqtisodiy hamjamiyati, 
mintaqa xavfsizligini ta’minlash “kafolatini” olgan Kollektiv xavfsizlik 
shartnomasi tashkiloti (KXSHT), turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlarni yagona 
panturkizm g‘oyalari asosida yaqqol turkiyaning qanoti ostida birlashishga 
qaratilgan Turkiy tilli davlatlar Kengashi (hozirgi Turkiy davlatlar tashkiloti), 


Образование и инновационные исследования (2022 год №12)
ISSN 2181-1717 (E)
45
http://interscience.uz
mintaqa va unga tutash davlatlarning iqtisodiy va investitsion, geosiyosiy 
manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan, asosan Xitoy va Rossiyaning siyosiy 
irodasiga ko‘proq bog‘liq bo‘lgan, ularning geosiyosiy va geoiqtisodiy 
manfaatlarini jadal ilgari suradigan Shanxay hamkorlik tashkiloti va 
xokazolarni keltirishimiz mumkin. “...ushbu davlatlararo birlashmalarning har 
biri, jumladan, negizida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tuzilayotgan MDH ham 
darvoqe, ushbu ittifoq nima asosda tashkil etilayotgani haqida o‘ylab ko‘rish 
ham maqsadga muvofiq bo‘lar edi – bir-birini takrorlamasdan, o‘z faoliyatini 
mustaqil yo‘lga qo‘yishi, rivojlanish konsepsiyasi va uzoq muddatli dasturiga 
ega bo‘lishi muhim, deb hisoblaymiz. Agar mazkur shartlarga rioya etilmasa, 
ushbu birlashmalarning o‘zaro muvofiq ravishda faoliyat ko‘rsatishiga umid 
qilish qiyin” . Rossiya tomonidan taklif qilingan integratsion loyihalar 
ko‘proq Rossiyaning, Turkiya tomonidan taklif qilinayotgan loyihalar esa 
tabiiyki, Turkiyaning manfaatlariga qaratilganligi bilan ajralib turadi.
«Integratsiya jarayonlari borgan sari nafaqat mintaqalarning ichki 
maqsadlari, balki tashqi muhitning ortib borayotgan talablari, kuchayib 
borayotgan xalqaro raqobat bilan ham belgilanmoqda. Xalqaro integratsiya 
mafkurasining o‘zi o‘zgarmoqda, avvallari a’zo mamlakatlarning xo‘jaliklarini 
yaqinlashtirishni maqsad qilgan mintaqaviy tashkilotlarning o‘zi global 
makon ishtirokchisiga aylanmoqdalar, integratsiya esa mintaqalarning dunyo 
xo‘jaligiga integratsiyalashuvi sifatida tushunilmoqda» . Bunda xalqaro va 
davlatlararo tashkilotlar oldida eng asosiy masala, davlatlarda integratsion 
jarayonlarni to‘g‘ri va manfaatli yo‘llar asosida tashkillashtirish hisoblanishi 
lozim.
Bizning fikrimizcha, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning 
e’tiqod birligi tashkilot faoliyatida, davlatlar o‘rtasidagi integratsiya 
jarayonlarining samarali bo‘lishida muhim hisoblandi.
Butun islom olamini birlikka, integratsiyaga, yagona maqsadlarni 
amalga oshirishga bo‘lgan intilishlari tufayli Islom hamkorlik tashkiloti 
katta qudratga ega bo‘lib borayotgan tashkilotlardan hisoblanadi. Islom 
hamkrlik tashkiloti a’zo davlatlar hamjihatligi, integratsiyasi borasida 
yetakchi o‘rin egallamoqda. «IHT iqtisodiy, madaniy va boshqa masalalar 
bo‘yicha manfaatdor tomonlar hamkorlik o‘rnatishi mumkin bo‘lgan muloqat 
platformasi hisoblanadi» . Islom hamkorlik tashkiloti turli tartibotlarni, turli 
iqtisodiy farqli davlatlarni, turli qit’a mamlakatlarini birlashtirgan tashkilot 
sifatida jahon siyosatida muhim o‘rin tutadi.
So‘nggi yillarda Islom hamkorlik tashkilotining jahon siyosatida va 
xalqaro munosabatlarda ta’siri va ko‘lami tobora ortib bormoqda (oldingi 
nomi Islom konferensiyasi tashkiloti). Bu tashkilotning butun musulmon 
dunyosidagi o‘rni va ahamiyati tobora yuqori ekanligini e’tirof etish bilan 
birga, uning mafkuraviy, madaniy, ma’naviy va eng muhimi iqtisodiy 



Download 296,2 Kb.
1   2   3   4




Download 296,2 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Markaziy osiyo davlatlari integratsiyasida xalqaro tashkilotlarning roli

Download 296,2 Kb.
Pdf ko'rish