|
Konstitutsiyaning davlat boshqaruvidagi ahamiyati salimov Farrux
|
Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 23,72 Kb. | | #148621 |
Bog'liq Salimov Farrux KONSTITUTSIYANING DAVLAT BOSHQARUVIDAGI AHAMIYATI
KONSTITUTSIYANING DAVLAT BOSHQARUVIDAGI AHAMIYATI
Salimov Farrux
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti Ofitseri
Annotatsiya: Mazkur maqolada konstitutsiya demokratik davlat poydevori va asosiy qonun hujjati,biz yashayotgan jamiyatda fuqoralarning qanday erkinliklari borligi va biz uchun bosh qomusimizning o‘rni haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‟zlar: konstitutsiya,davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati, xalq, demokratik jamiyat, qonun
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi jamiyat hayotining barcha sohalaridagi samarali islohotlar qatorida fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish, ular faoliyatini rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki hamda mamlakat taraqqiyotiga qo‗shayotgan hissasini kuchaytirishga imkon yaratdi. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish hozir va yaqin kelajakda amalga oshiriladigan strategik dasturlarni ishlab chiqishni shart qilib qo‗yadi. Bizning jamiyat hayotining barcha jabhalarini demokratiyalashtirish sari qaratilgan strategiyamiz izchil, yaqin, o‗rta, uzoq muddatli aniq vazifalarni hal qilishga yo‗naltirilgan. Asosiy qonunimizdagi mantiqiy tizimlashtirilgan huquqiy normalar mohiyatan fuqarolik jamiyatining mazmuni va asosiy tamoyillarini, jamoat birlashmalari va ular faoliyatining kafolatlarini, haqiqiy demokratik jamiyatning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy va ma‘naviy asoslarini huquqiy tartibga solishga yo‗naltirilgan. Fuqarolik jamiyati va demokratiya uzviydir. O’zbekistonda bu sohada amalga oshirilgan ishlar butun jahonning diqqat markazida turibdi. Chunki davlatimiz mintaqada barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishda eng katta tayanchdir. Demokratiyaning avvalgi mazmuni ham o’zgarib bormoqda. Avval demokratiya jamiyat siësiy tizimining bir qismi deb qaralardi. Endi esa demokratiya O’zbekistonda yashovchi barcha tabaqa, guruh va xalq ommasining ishtirokini ta‘minlab, davlat boshqaruvining asosiy omiliga aylandi. Jamiyatning ijtimoiy qatlamlari boshqaruvchilar va boshqaruvchi bo‗lib, keng xalq ommasi va barcha ijtimoiy qatlamlar unda faol ishtirok etmoqda. Xalq - davlat hokimiyatining manbaiga aylandi. Bu haqda O’zbekistonda Respublikasining Konstitutsiyasini 2-moddasida shunday deyiladi: «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas‘uldirlar». Zero, fuqarolik jamiyatida har bir fuqaro iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda qatnashishi kerak. Iqtisodiy imkoniyatlar yordamida har bir fuqaro o’zoilasining farovon turmushini ta‘minlasa, siyosiy jihatdan davlat ishlarini boshqarishda faol ishtirok etadi. Erkinlik - fuqarolik jamiyatining muhim masalasi. Buning uchun eng avvalo, moddiy baza zarur. Moddiy erkinliksiz ma‘naviy erkinlikka erishib bo‗lmaydi. Ayniqsa, fuqarolarning shaxsiy siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari, erkinliklari va burchlari kafolatlanishi joiz. Ayni shu nuqtai nazardan Konstitutsiyaning 43-moddasida: «Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta‘minlaydi», deb belgilab qo‗yilgan. Fuqarolik jamiyati qurish uchun jahonda taraqqiy etgan mamlakatlarning ijtimoiy-sinfiy tuzilish tajribasini o‗rganish zarur. Rivojlangan davlatlarda asosan uch sinf tashkil topgan - boylar, mulkdorlar, o‗rta mulkdorlar va kambag‗allar. O’zbekistonda ham mustaqillikka erishilgandan so‗ng mulk davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylashtirilib (chet el kompaniyalari bilan birga qo‗shma korxonalar qurilib) mulkdorlar sinfi paydo bo‗la boshladi. Ishbilarmon va tadbirkorlarga keng yo‗l ochildi. Davlat ularga barcha zarur imkoniyatlarni yaratib berdi va bermoqda. Chunki, tajriba shuni ko‗rsatmoqdaki, mulkdorlar sinfi qancha ko‗paysa iqtisodiy sohada o‗sish shuncha tezlashadi va fuqarolar turmushi yaxshilanadi. Bu mulkdorlar sinfi paydo bo‗lishi bilan ularning fuqarolik jamiyati shakllanishida mavqei ham kuchayadi. Fuqarolik jamiyati huquq ustuvor bo‗lgan, fuqarolarning huquq va erkinliklari to‗liq ta‘minlangan, fikrlar xilma-xilligi asosida rivojlanadigan, davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning erkin ishtiroki ta‘minlangan, iqtisodiy asosini xususiy mulk tashkil etadigan erkin fuqarolar makoni ekan aynan bunday omillarni shakllanishi uchun asos bo‗lgan qoidalar Konstitutsiyamizning bir qator normalarida o’zifodasini topgan. Bugungi kunda Sh.Mirziyoyevning barcha ma‘ruzalarida demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyat qurish maqsadida belgilab olingan strategik yo‗l va siyosatning ustuvor yo‗nalish va tamoyillari aniq-ravshan ifodalab berilgan. Birinchidan, mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish kerak. Demokratiyaning yangi mexanizmini joriy qilish, fuqarolarning davlatni boshqarishda huquq va burchlarini mustahkamlash lozim. Ikkinchidan, siyosiy sohada ko‗ppartiyaviylikni rivojlanitirish zarur. Har bir siyosiy partiya muayyan ijtimoiy qatlam manfaatlarini himoya qilib, fuqarolik jamiyati va davlat ishlarini boshqarishda qatnashishi kerak. Uchinchidan, fuqarolik jamiyatining mustahkam asoslarini barpo etish uchun davlat vazifalari nodavlat tuzilmalar, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‗tib borishi joiz. To‗rtinchidan, jamiyatda fikrlar xilma-xilligi, turli qarashlar va ularni erkin ifoda etish, axborot olish, davlat va jamiyat qurilishining o‗ta muhim masalalarini muhokama qilish faolligi darkor. Beshinchidan, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga taalluqli bo‗lgan davlat jamoat tashkilotlari tizimini takomillashtirish kerak. O’zbekistonda Respublikasi o’zining mustaqil taraqqiyot yo‗liga, bozor iqtisodiyoti bosqichiga dadil o‗tib oldi. Endi maqsad - O’zbekistonda adolatli fuqarolik jamiyati qurishdan iborat. Ma‘lumki, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati o’zaro bog‗liq, bir-birini taqozo etuvchi ijtimoiy hodisalardir. Fuqarolik jamiyati - demokratik huquqiy davlat negizida shakllangan ochiq, adolatli jamiyat bo‗lib, unda insonning kamoli, huquq va erkinliklari amalga oshishi uchun real sharoitlar yaratiladi, qonunlarga, insoniy fazilatlarga yuksak hurmat hissi bilan qaraladi, xususiy tashabbus va shaxsning boshqa ijodiy jihatlari yuzaga chiqishi uchun to‗la imkoniyat mavjud bo‗ladi, fuqarolarning farovon hayot kechirishi ta‘minlanadi, jamiyatning davlat faoliyati ustidan oqilona nazorati o‗rnatiladi, davlatning jamiyat va xususiy shaxs hayotiga ortiqcha aralashuvi istisno etiladi. Fuqarolik jamiyati - shaxsning kamol topishi uchun barcha sharoitlarni yaratadigan jamiyat. Bu makonda qonun ustuvor bo‗lib, u insonning o’z-o’zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‗la ro‗yobga chiqishiga ko‗maklashadi». Bu esa o’znavbatida, fuqarolarda yuksak ong, o’zburchini chuqur anglash, ijtimoiy va siyosiy faollik, huquqiy xulq bo‗lishini taqozo etadi. Konstitutsiyamizning 2-moddasida qayd etilishicha, «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas‘uldirlar». Bu norma haqiqiy ma‘nodagi demokratik boshqaruvni, xalq hokimiyatini o’zida namoyon etadigan qoida, fuqarolik jamiyatining mohiyatini qisqa va aniq tarzdagi bayonidir. Asosiy qonunimizning 15-moddasida qayd etilishicha, «O’zbekistonda Respublikasida O’zbekistonda Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‗radilar». Albatta, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy sharti qonun ustuvorligi ekan, mamlakatimizda bu masalaga davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishi sifatida e‘tibor qaratilmoqda. Xulosa qilib aytganda, jahon tajribalari shuni ko`rsatadiki, mustaqil demokratik huquqiy davlatning tashkil topishi va rivojlaninshini asosiy sharti davlat va jamiyatning siyosiy qurilish tizimini belgilaydigan, fuqorolarning erkinliklari va xuquqlarni himoya qiladigan, xalqning muayyan tarixiy tajribasi va qabul qilingan xalqaro me'yorlariga javob beradigan Konstitutsiyaning mavjudligidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Erkin va farovon, demokratik O’zbekistonda davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekistonda Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‗ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‗shma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. — Toshkent : O’zbekiston, 2016. — 56 b.
2.Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‗lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruza, 2017 yil 14 yanvar / Sh.M. Mirziyoyev. — Toshkent : O’zbekiston, 2017. — 104 b. 3.O’zbekistonda Respublikasining Oila kodeksi. – T.: Axborot-noma. 1998. 5-6-sonlar. 4.www.arxiv.uz
|
| |