‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




Download 104.65 Kb.
bet1/2
Sana09.03.2024
Hajmi104.65 Kb.
#169031
  1   2
Bog'liq
meidia savodhonlik rivojlanish tarixi
Kampiyuter avlodlari , Multimedia texnlogiyalari, family members, I. O`. M va mustaqil ish 5-kurs, 9-ma\'ruza, «ehtimollar nazariyasi», Python exseptions, Emitterlari bog‘langan mantiq elementlar, lesson men, O’spirimlik da’wirindegi psixologiyaliq mashqalalar, mexnat uz, 7 - Maruza, 1-amaliy topshiriq (1), 2. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari, metodbirlashma 10%

O
‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Qashqadaryo viloyati shahrisabz davlat pedogogika instituti
ijdimoiy fanlar fakultetuti texnologik ta’lim yo’nalishi 1-23 guruh talabasi
jumonova surayyoning
media savodhonlik va axborot madaniyati fanidan tayyorlagan
mustaqil ishi
MAVZU: MEDIA SAVOTHONLIKNI RIVOJLANTIRISHNING YO’LLARI

Mavzu:Media savodxonlikni rivojlantirish yo’llari

Reja:
1.Media savodxonlik nima.
2.Media savodxonlikni rivojlantirishning rivojlangan mamlakatlar tajribasi.
3.Media savodxonlik o’zi nima uchun kerak
4.Markaziy Osiyoda media-savodxonlikni oshirishga qaratilgan YI loyihasi

Media savodxonlik — Odamlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplami.


Media savodxonlik isteʼmolchilarga axborot va ommaviy dasturlarda tashviqot, senzura yoki biron vaziyatni faqat bir tomondan koʻrsatish kabi holatlarga ommaviy axborot vositalarini nima majbur qilayotganligini tahlil qilish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining egasi, ularning moliyalashtirish modeli kabi tarkibiy elementlarni tushunish imkonini beradi.

Media savodxonlik — insonlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga imkon beradigan koʻnikmalar toʻplamidir. Qaysi manba ishonchli, qaysi manbada notoʻgʻri xabarlar tarqalishi mumkinligini media savodxonligi yuqori boʻlgan odam osongina sezishi mumkin boʻladi.
Boshqacha qilib aytganda, media savodxonlik — bu tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga qoʻllash qobiliyati.[1]
Ommaviy axborot vositalari yoshlar hayotidagi katta taʼsirga ega kuchdir. Musiqa, televizor, video oʻyinlar, jurnallar va boshqa ommaviy axborot vositalari dunyoni qanday koʻrishimizga kuchli taʼsir koʻrsatadi, bu taʼsir koʻpincha bolalik davridan boshlanadi. Ommaviy axborot vositalarini isteʼmolchilar tanqidiy tahlil qila olishlari uchun ularda media savodxonlik koʻnikmalari va odatlarini bolalikdan rivojlantirish kerak boʻladi. Bu koʻnikmalarga ommaviy axborot vositalariga bazaviy darajada kirish, uni muayyan tushunchalar asosida tanqidiy tahlil qilish, shu tahlil asosida baholash va nihoyat, ommaviy axborot vositalarini oʻzi ishlab chiqarish kiradi. Media savodxonligi koʻnikmalarini oʻrganishning ushbu jarayoni media taʼlim deb ataladi.
UNESCO tashkiloti tomonidan XXI asrda media taʼlimni targʻib qilish madaniy-maʼrifiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtirof etildi hamda aynan shu yoʻl bilan media savodxonlikni oshirish mumkinligi takidlandi.UNESCO odamlarning tanqidiy fikrlash va toʻgʻri qaror qabul qilish darajasini yaxshilash uchun ommaviy axborot vositalari va media savodxonlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Tashkilot, ayniqsa, siyosatchilar, oʻqituvchilar, ommaviy axborot vositalari mutaxassislari, yoshlar tashkilotlari va ushbu sohadagi nochor aholi qatlamlarining salohiyatini oshirishga intiladi, aʼzo davlatlarga milliy ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligi siyosati va strategiyalarini shakllantirishda yordam beradi.
Media savodxonlikni oʻrganadigan eng qadimgi tashkilot bu National Telemedia Council (Milliy Telemedia Kengashi) Viskonsin shtatining Madison shahrida joylashgan va Marieli Rou 50 yildan ortiq rahbarlik qilgan. Tashkilot dastlab „Telemedium“ deb nomlanuvchi media savodxonlik jurnalini nashr ettirgan.
Dunyoning turli mamlakatlarida media savodxonlik boʻyicha dasturlar ishlab chiqilgan. Hozir ushbu dasturlarni davlatlar kesimida koʻrib chiqamiz.
Turli mamlakatlarda media savodxonlikni oshirish boʻyicha bajarilgan ishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Amerika Qoʻshma Shtatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
AQShda media savodxonlikni oshirish boʻyicha bir-nechta federal agentliklar tomonidan dasturlar ishlab chiqilgan. Masalan, AQSh federal savdo komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Admongo dasturi 8-12 yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan boʻlib, unda bola www.admongo.gov sayti orqali onlayn oʻyinni oʻynaydi. Bu oʻyin bolalarda media savodxonlik hamda reklamalarni tahlil qilish qobilyatini oshiradi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Admongoni muntazam ravishda oʻynab kelgan bolalar, bu oʻyinni oʻynamaganlarga nisbatan media savodxonlik boʻyicha oʻtkazilgan testda 9 %ga yaxshiroq natija koʻrsatgan.[2]
2010-yilda AQShda qabul qilingan AQSH Milliy Taʼlim Texnologiyasi rejasida ham Taʼlim departamenti tomonidan ilgari surilgan „Media kelajagi“ tashabbusi aholi orasida raqamli va media savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan dasturlarni oʻz ichiga olar edi. Ketrin T. Makartur jamgʻarmasi ham raqamli media va taʼlim sohasidagi tadqiqotlar uchun 80 million dollardan koʻproq mablagʻ ajratib, turli tadqiqot va amaliy loyihalarni qoʻllab-quvvatladi.[3]
Yana bir AQShdagi media savodxonlik darajasi va reklama tahlil qilish qobilyatini aholi orasida keng targʻib etib kelayotgan tashkilotlardan biri — Media savodxonlikni oshirish milliy assotsatsiyasi hisoblanadi. Bu tashkilot 1997-yildan buyon faoliyat olib boradi va NAMLE konfrensiyasiMedia savodxonlik haftaligi kabi dasturlari orqali media savodxonlikni targʻib qilib kelmoqda.[4]
Kanada[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kanadada media savodxonlikni targʻib etish va rivojlantirish XX asrning oxirlarida yuksala boshlandi. Shimoliy Amerikada taʼlim mavzusi sifatida ommaviy media savodxonlikka yondashuvning boshlanishi 1978-yilda Ontarioda joylashgan Association for Media Literacy (Media Savodxonlik Uyushmasi) (AML) tashkil etilishi bilan bogʻliq. Oʻsha vaqtgacha ommaviy axborot vositalarida oʻqitish odatda individual tarzda amalga oshirilgan. 1987-yilda Ontario Media Savodxonligi Assotsiatsiyasidan (AML) bir guruh oʻqituvchilar Ontario hukumati uchun Media savodxonlikning asosiy tushunchalarini ishlab chiqdilar. Oʻsha paytda media savodxonlik 8-13-sinflar uchun ingliz tili oʻquv dasturining bir qismi sifatida belgilab qoʻyilgan edi. Tadqiqotchilar bir necha oy davomida ishlab, Avstraliya va Buyuk Britaniyadagi turli manbalardan olingan asosiy tushunchalarni, xususan, Len Masterman va kanadaliklarni ham gʻoyalarini qoʻshishdi.[5] Ushbu loyihada faol ishtirok etgan kanadaliklardan biri Jon Pungente boʻlib, keyinchalik u oʻzining More Than Meets the Eye: Watching Television Watching Us asarida ham media savodxonlik konsepsiyalarini bayon etadi.
Kanada Shimoliy Amerikada birinchi boʻlib maktab oʻquv dasturida media savodxonlikni targʻib qildi. Har bir viloyat oʻz oʻquv dasturida ommaviy axborot vositalarini majburiy ravishda belgilab qoʻydilar. Masalan, Kvebekning yangi oʻquv dasturi 1-sinfdan oʻrta maktabning soʻnggi yiligacha media-savodxonlikni qamrab oladi. Kanadada media-taʼlimning boshlanishi ikki sababga koʻra yuzaga keldi. Buning bir sababi Amerika ommaviy madaniyatining keng tarqalishi haqidagi xavotir boʻlsa, ikkinchisi yangi taʼlim paradigmalari uchun kontekstning taʼlim tizimiga bogʻliqligi edi. Kanadalik olim Marshall Makluan 1950- va 60-yillarda media savodxonlik boʻyicha Shimoliy Amerika taʼlim harakatini yaratdi.[6]
Yevropa[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yevropada oʻtkazilgan taʼlim islohotlari negizida media savodxonlikni oshirishda katta yutuqlarga erishildi. Birlashgan Qirollikda Aloqa agentligi media savodxonlikni oshirish boʻyicha yirik siyosiy tashabbusni amalga oshirdi. Raqamli, madaniyat, media va sport departamenti (DCMS) ham 2021-yildan boshlab britaniyalik bolalar orasida media savodxonlikni oshirish strategiyasini boshladi. Strategiyaning maqsadi yosh avlodni notoʻgʻri maʼlumotni aniqlashga oʻrgatish. Natijalar esa quyidagicha boʻldi:
Bolalarning faqat 2 % notoʻgʻri maʼlumotni aniqlash uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarga ega
Oʻqituvchilarning yarmi (53,5 %) milliy oʻquv dasturi bolalarga soxta yangiliklarni aniqlash uchun zarur boʻlgan savodxonlik koʻnikmalarini bermaydi, deb hisoblaydi*
5 ta ota-onaning 2 tasi (39 %) hech qachon uyda bolasi bilan yangiliklarni tomosha qilmaydi, tinglamaydi yoki oʻqimaydi[7]
Yevropa komissiyasi tomonidan media savodxonligini oshirish va axborot almashishni rivojlantirishga yordam berish uchun stipendiyalar ham joriy qilingan.
Skandinaviya mamlakatlarida media savodxonlikning taʼlimga kirib kelishi XX asrning 70-80- yillarida sodir boʻldi. Xususan, 1970-yilda Finlyandiyada boshlangʻich taʼlimga media savodxonlik dasturi qoʻshilgan boʻlsa, 1977-yilda oʻrta maktablarda ham media savodxonlik dars sifatida oʻtila boshlandi. Finlyandiyada mediataʼlim nafaqat bolalar bogʻchalari va maktablarda, balki kutubxonalar, oʻyin xonalari, yoshlar markazlari, hatto virtual jamoalar va raqamli oʻyinlarda, xullas, bolalar va yoshlar boʻlgan barcha joylarda amalga oshiriladi. Finlandiyada media savodxonlikni targʻib qiluvchi qariyb 100 ta tashkilot mavjud boʻlib, ulardan bir Finlyandiya mediataʼlim jamiyati hisoblanadi. Bu tashkilot nafaqat ushbu sohada milliy miqyosdagi tadqiqot va amaliyotni qoʻllab-quvvatlaydi, balki aholi orasida media axborot savodxonligini rivojlantirishga yordam beradi..Yana bir Finlandiyadagi media savodxonlik targʻibotchilaridan biri Taʼlim va madaniyat vazirligi huzuridagi Milliy audiovizual instituti boʻlib — Finlyandiya mediataʼlim boʻyicha idorasi boʻlib, uning vazifasi mediataʼlimni targʻib qilishdan iborat.
Fransiyada ommaviy axborot vositalarida faoliyat olib boruvchi va taʼlim beruvchi oʻqituvchilar uchun konferensiyalar va media kurslar doimiy tarzda tashkil etiladi.
1970-1980-yillarda Germaniyada media savodxonlik boʻyicha nazariy nashrlar paydo boʻldi va 80-90-yillarda media savodxonlik taʼlim tizimiga kiritildi, shuningdek, odamlar orasida media taʼlimiga qiziqish ortdi.
Rossiyada 1950-yillarning oxiri — 1960-yillarning boshlarida oʻrta maktablarda, universitetlarda, maktabdan tashqari bolalar markazlarida (asosan Moskva, Leningrad, Voronej, Samara, Kurgan, Tver, Rostov, Taganrog, Novosibirsk, Ekaterinburg va boshqa shaharlarda) media taʼlimi paydo boʻla boshladi. Gʻarbiy yarim sharda ommaviy axborot vositalarining taʼlim yondashuvlari jadal qayta koʻrib chiqilgan bir paytda, 1970-1980-yillarda Rossiyada media taʼlim estetik tushuncha doirasida rivojlandi. 1970-1990-yillardagi muhim yutuqlar orasida: taʼlim vazirligi tomonidan nashr etilgan birinchi rasmiy kino va media taʼlim dasturlari, media taʼlimi boʻyicha eksperimental nazariy va amaliy ishlar ham bor. Shuningdek, 2002-yilda pedagogika oliy oʻquv yurtlari uchun yangi ixtisoslashuv — „Media Education“ hamda 2005-yilda yangi „Media Education“ nashri ishga tushirildi. Bu nashr Moskvadagi UNESCO byurosi koʻmagida roʻyxatga olindi. Bundan tashqari, Rossiya kino taʼlimi va media pedagogika assotsiatsiyasining Internet saytlari (rus va ingliz versiyalari) yaratildi.[8]
Osiyo[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻz qadriyat va ananalariga ega boʻlgan Osiyo mamlakatlarida media savodxonlik va uning taʼlimga kirib kelishi jarayoni Gʻarb mamlakatlarininkidan farq qiladi. Oʻtgan asrning 90-yillaridan boshlab Sharqiy Osiyoda media savodxonlik tomon siljish kuzatildi. Soʻnggi yillarda Osiyoda media savodxonlik darajasi oʻsib bormoqda va Osiyo-tinch okeani mintaqasida media savodxonlik boʻyicha bir nechta dasturlar ham amalga oshirilmoqda.
Xitoyda oʻqituvchilar boshlangʻich maktablarda media savodxonlikni oʻqitishning muhimligini taʼlimda media savodxonlikka boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda tan olishadi. Xitoyda media savodxonlikka oid dasturlar orasida bolalar tomonidan yaratilgan „Little masters“, bolalarning jamoaviy jurnali va muloqotning asosiy koʻnikmalarini oʻrganishga yordam beradigan, turli muammolarni yoritadigan Xitoy nashrlari eng ommalashgan dasturlar sanaladi.[9] Xitoy va Tayvanda xitoy tilida soʻzlashadigan talabalar orasida media savodxonlikni tekshirish boʻyicha tadqiqotlar olib borildi, ammo natijalar yanada ishonchli boʻlishi uchun qoʻshimcha tadqiqotlar talab etiladi.[10]
Hindistonda 2001-yilda boshlangan „Cybermohalla“ dasturi yoshlarni texnologiyalarga kirish uchun katta xizmat qilgan loyiha boʻldi.[11]
Vyetnamda bir guruh yosh jurnalistlar tomonidan1998-yilda UNICEF va Vyetnam milliy radiosi bilan hamkorlikda soxta ommaviy axborot vositalariga qarshi kurashish uchun YOJO tashkiloti tashkil etildi.
Singapurda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish idorasi (MDA) media savodxonlikni XXI asr yashash uchun muhim vosita sifatida tan oladi.[12]
2017-oʻquv yilidan boshlab Tayvanda bolalar targʻibot va manbalarni tanqidiy oʻqish uchun moʻljallangan yangi oʻquv dasturi boʻyicha oʻrganmoqdalar. Kurs „media savodxonlik“ deb nomlanadi va yangi axborot jamiyatida jurnalistikani oʻqitishni taʼminlaydi.[13]
2018-yilda Eronda „Nasra“ — barcha bolalar, yoshlar va kattalarning taʼlim ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan harakat tashkil etildi. Ushbu ijtimoiy harakat raqamli media va aqliy salomatlikdan foydalanishga qaratilgan boʻlib, ommaviy axborot vositalaridan jamoatchilik uchun foydalanish qobiliyatini oshiradi.
Iordaniya ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligini rivojlantirishda oldinga siljimoqda,[14][15]Iordaniya Media instituti ommaviy axborot vositalari va aloqa texnologiyalari vositalari, raqamli axborot vositalari bilan ijobiy taʼsir oʻtkazish tushunchalari va koʻnikmalarini tarqatish, hamda ularning kamchiliklarini kamaytirish ustida ishlamoqda.[16]Livanning Beyrut shahrida 2013-yilda ochilgan akademiya Beyrut Media and Digital Literacy Academy(MDLAB) deb nomlangan boʻlib, talabalar tanqidiy media isteʼmolchilari boʻlishlarini maqsad qilgan.
Turkiyada media savodxonlik boʻyicha dasturlar Milliy taʼlim vazirligi va Radio va televideniya oliy kengashi (RTÜK) hamkorligida 6-, 7- va 8-sinf oʻquvchilari uchun media savodxonlik boʻyicha tanlov kursi sifatida boshlandi. Oliy Kengashning tartibga soluvchi organi ommaviy axborot vositalarining taʼsiri, jamoatchilik fikri va turli guruhlarning televizor koʻrish odatlari haqidagi tadqiqotlari va ularning natijalari Turkiyada media savodxonlik taʼlimi boshlanishiga asos boʻldi. 2000-yildan boshlab RTÜK bolalarni televizorning nojoʻya taʼsiridan himoya qilish maqsadida teledasturlar uchun „smart sign“larni joriy qildi.[17]Boshqacha qilib aytganda, Turkiyadagi media savodxonlik odamlarni ommaviy axborot vositalarining salbiy taʼsiridan xabardor boʻlishga oʻrgatish va bu taʼsirlardan qochishga imkon beradi; mediasavodxonlik kurslari esa bu maqsadni amalga oshirishning bir usuli sifatida qabul qilinadi.
Oʻzbekistonda 2021-2022-oʻquv yilidan boshlab 10-11-sinf oʻquvchilarining „Tarbiya“ darsligiga „Media savodxonlik“ boʻlimi kiritildi. Respublikaning OʻzJOKU, TDShU, OʻzMU, OʻzDJTU, QDU, SamDChTI kabi oliygohlarining jurnalistika fakultet va yoʻnalishlarida media savodxonlik darslari oʻtiladi.
Avstraliya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliyada media taʼlimiga taʼsir koʻrsatadigan asosiy nazariyotchilar Grexem Tyurner va Jon Xartli boʻlib, ular Avstraliya ommaviy axborot vositalari va madaniy tadqiqotlarni rivojlantirishga yordam bergan. 1980-1990-yillarda avstraliyalik Robin Kvin va Barri Makmaxonlar „Haqiqiy tasvirlar“[18] nomi ostida darsliklarni ommaga taqdim etishadi va unda koʻplab murakkab ommaviy axborot nazariyalarini sinflarga mos ajratgan holda tahlil qilishadi. Shuningdek, yana bir avstraliyalik mutaxasislardan biri Karmen Lyuk media savodxonligini feminizm bilan bogʻlaydi va media taʼlimiga yanada tanqidiy yondashuvni targʻib qildi. Avstraliyaning aksariyat shtatlarida ommaviy axborot vositalari asosiy sanʼat sohasining beshta yoʻnalishlaridan biri sifatida qaraladi. Bir nechta shtatlarda yuqori sinf oʻquvchilariga ommaviy axborot vositalarini oʻrganish taklif qilinadi. Masalan, Kvinslendning koʻplab maktablari filmlar, televideniya va yangi ommaviy axborot vositalaridan mutaxasislar taklif qilinib, oʻquvchilarga oʻz tajribasini boʻlishishi soʻraladi. Viktoriya maktablari esa VCE Media tashkilotidan vakillarni dars jarayoniga taklif qilishadi. Media taʼlimi Avstraliya media oʻqituvchilari professional oʻqituvchilar uyushmasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Avstraliyadagi yangi milliy oʻquv dasturining joriy etilishi bilan maktablar media-taʼlimni sanʼat oʻquv dasturining bir qismi sifatida, media savodxonlikni oʻquvchilarni ommaviy axborot vositalarida mavzularni qanday tuzish, yaratish va aniqlash uchun oʻqitish vositasi sifatida qoʻllashni boshladi.
Yana bir media savodxonlik targʻibotchilaridan biri „Australian Media Literacy Alliance“ tashkiloti boʻlib, u kontent yaratish, axborot berish, taʼlim, ommaviy axborot vositalari va axborotdan foydalanish bilan shugʻullanadi. Ular ushbu sohada tajribaga ega boʻlgan boshqa tashkilotlarni hamkorlikka jalb qilmoqda.
Turkiya, Buyuk Britaniya, Singapur davlatlarida boʻlganidek Avstraliyada ham taʼlim muassasalarida media savodxonlikni oshirish boʻyicha dasturlar mavjud.
2015 yili har bir amerikalik internetda kuniga 8,4 soat o‘tirib, mediakontent bilan tanishgan bo‘lsa, filippinliklar bunga 10,6 soat, rossiyaliklar 4,6 soat, yurtimizda 1,6 soatni ajratishmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda internet foydalanuvchilarining soni 2,6 milliardni tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekistonda mazkur raqam 19 milliondan oshdi va shundan 7 million nafari mobil foydalanuvchilardir.
Har oyda o‘zgarib turgan mazkur raqamlar bugungi kunda zarur axborotni kerak emasidan ajratish, media orqali savodxonlikka ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi. Xo‘sh, mediasavodxonlik nima? Nega bugun uning ahamiyati tobora ortib bormoqda? So‘nggi yillarda axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma’lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko‘payishi mediasavodxonlikka ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi. An’anaviy tarzda mediasavodxonlik shaxsning adabiy asarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo‘lgan. Bugun mediasavodxonlik – axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Mediasavodxon inson o‘ziga bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? degan savolni bera olishi va to‘g‘ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondoshishi lozim. Mazkur savollar nafaqat siz oilangiz davrasida televizor ko‘rayotgan, mashinada radio eshitayotgan yoki internetdagi xabarlarni ko‘rayotgan paytda berilishi, balki har qanday axborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerakdir. Bugungi axboriy muhitni tushunishda mediasavodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi. Xo‘sh, mediasavodxonlik nima uchun kerak? Avvalo:
Huquqiy demokratik jamiyatimizning to‘laqonli, faol fuqarosi sifatida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushunish;
OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko‘nikmalarini shakllantirish;
Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik va har qanday vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish;
Insonning vizual obrazlar ta’siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishlarini tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko‘rinmas ma’lumotlarni “o‘qiy olish”;
OAV orqali beriladigan matnli kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil etish;
Axborot qaerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilyapti, kimning manfaatlarini o‘zida aks etayapti, degan savollarga javob topa olish uchun zarurdir.
Mediasavodxonlik tushunchasi borasida turli xil fikrlar mavjud bo‘lib, AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro entsiklopediyasida qayd etilishicha, «Mediasavodxonlik» (media literacy) inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas’uliyatini his qilgan holda faol va savodli bo‘lishi, mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir.
Londonning Qirollik universiteti professori S.Fayrstounning fikriga ko‘ra esa, mediasavodxonlik harakat bo‘lib, uning asosiy vazifasi insonlarni audiovizual va bosma matnlarning madaniy ahamiyatini tushunish, yaratish va baholashga undashdan iborat.
Ingliz siyosatshunosi R.Kibey esa mediasavodxonlikni turli xil shakllarda ma’lumotlarni uzatish, ularni tahlil etish va baholash deb tushunadi. M.Guetterz esa multimediasavodxonligi o‘z ichiga multimedia hujjatlarini shakllantirishga qaratilgan tillarni bilish, axborotni qayta ishlashga qaratilgan qurilma va usullardan foydalana olish, yangi multimedia texnologiyalarini bilish va ularni baholay olish, mediamatnlarni tanqidiy qabul qilishni oladi, deydi.
Fikrimizcha, mediasavodxonlik yuqorida bildirilgan fikrlar bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan barcha axborotga tanqidiy qarash, ularga xolis yondoshish va har bir uzatilayotgan axborotni saralashda ongli ravishda yondashish hamdir.
Medisavodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste’mol qilinadigan har qanday axborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir. Shuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga yordam berishdir.
Taniqli hind fotojurnalisti Pabak Sarkarning fikriga ko‘ra, mediasavodxonlik sari tashlangan ilk qadam, bu to‘g‘ri savol bera olishdir. Bugungi kunda Internet orqali amalga oshirilayotgan axboriy xurujlar dunyodagi har bir mamlakat milliy xavfsizligi strategiyasining bir qismiga aylandi va u kiberxavfsizlik nomini oldi. Zero, virtual va haqiqiy dunyoning qo‘shilishi, aynan virtual dunyo orqali yoshlar tomonidan haqiqiy dunyoni noto‘g‘ri tushunilishi, turli xil salbiy kuchlar va oqimlar tomonidan bir qarashda ijobiy ko‘ringan, ammo mohiyatan inson ongiga salbiy ta’sir qiluvchi axborotning tarqatilishi ko‘payib borayotganligi hech kimga sir emas. Aynan jamiyat hayotiga ta’sir etuvchi mazkur salbiy jihatlarning oldini olishda aholini mediasavodli qilish zarur, degan fikrlar ko‘paymoqda. Bugungi kunda mediasavodxonlik Buyuk Britaniya va Avstraliyada gumanitar fanlar majmuasida alohida fan sifatida o‘tilsa, Finlyandiyada 1970-yildan o‘rta maktablarning, 1977-yildan esa oliy o‘quv yurtlarning o‘quv dasturlariga kiritilgan edi. 1990-yillarda esa mamlakatda mediasavodxonlik mediata’lim tushunchasi bilan almashtirildi. Shvetsiyada u 1980-yildan boshlab ta’lim muassasalarida alohida fan sifatida o‘qitila boshlangan. 1990-yillarda Rossiyada mediata’limni ilmiy tadqiq etishga urinishlar bo‘lib, O.Baranov, S.Penzin, A.Fyodorov, A.Sharikova va boshqalarning tadqiqotlari bunga misol bo‘la oladi. 2002-yili pedagogika oliy ta’lim yurtlari uchun mediata’lim ixtisosligi bo‘yicha yo‘nalish ochildi. 2005-yili esa YuNYeSKO homiyligida “Mediata’lim” darsligi yaratildi va Rossiyada kinota’lim va mediapedagogika sayti ishga tushirildi.
OAV orqali tarqatilayotgan axborotning manipulyativ ta’siri kuchliligini bugun hech kim inkor etmaydi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, OAV orqali tarqatilayotgan xabarning haqqoniyligiga ishonish ilk gazetalar paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelganligini ko‘rish mumkin. 1874 yilning 9 noyabr kuni New York Herald gazetasida reportyor T.B.Konneri tomonidan Sentral Park hayvonot bog‘ida yirtqichlar chiqib ketib, “ikki yuzga yaqin odam jarohatlangan, toptalgan bo‘lib, oltmish nafari og‘ir ahvolda. Ulardan uchtasi ertalabgacha yetib bormasligi mumkin. O‘n ikkita yirtqich hayvon hamon erkinlikda. Ular qaerga yaqinlashganligi hozircha noma’lum” deya yolg‘on xabar bosib chiqarilib, uning oxirida gazeta mushtariylari xavotirga tushmasliklari, bularning barchasi uydirma ekanligi yozilgan edi. Ammo ko‘pchilik xabarning aynan shu joyigacha yetib kelmay, yashirinishga, ba’zilar esa qo‘lga qurol olib yirtqichlarni o‘ldirish uchun hattoki ko‘chaga chiqishgan. 1939 yili CBS radiostantsiyasi Orsona Uelles tomonidan Mercury teatrida Gerbert Uellsning “Dunyolar urushi” romani asosida qo‘yilgan asarining radiopostanovkasini efirga uzatayotgan paytida ommaviy tartibsizliklar yuz bergan. Roman syujetiga ko‘ra, marsliklar yerni bosib olib, millionlab insonlarni gaz bilan zaharlaydilar. Ko‘pgina odamlar radiopostanovkaning birinchi qismini eshitgan daqiqalardan boshlab qochishga, “dushmanlar”dan yashirinishga harakat qilishgan. 1835 yili birinchi Amerika tabloidi New York Sun jurnalist Richard Adame Lokkning ingliz astronomi oyning yuzasida aqlli jonzotlarni teleskop orqali ko‘rganligi haqidagi yolg‘on xabarni bosib chiqaradi. Natijada gazetaning adadi o‘sha payti eng yuqori ko‘rsatkich — 19 ming donaga yetadi. Hattoki, xristian ayollar jamiyati ularni nasroniy diniga kiritish uchun Oyga uchish taraddudiga ham tushishadi.
Bugun OAVning ta’siri o‘sha paytdagidan kam emas. Aynan axborotni tahlil etmay, o‘z holicha qabul qilish oqibatida dunyoning turli chekkalarida yoshlar jinoyatga qo‘l urmoqda, o‘zini kino asari qahramoni sifatida his qilganlar esa, “qahramon” xatti-harakatlarini takrorlagan holda qo‘llariga qurol olib, begunoh insonlar hayotiga zomin bo‘lishmoqda. Masalan, respublikamiz telekanallari orqali efirga uzatilgan “Jumong” serialidan so‘ng yosh bolalarning o‘zini “Jumong” his qilib, qo‘lida “qilich” bilan urisha boshlaganliklari, AQShda jangari filmlari va kompyuter o‘yinlarini ko‘rgan maktab o‘quvchilari haqiqiy qurol bilan sinfdoshlari va ko‘chadagi begunoh odamlarni otganliklari haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda. Bugungi kunda terrorchilik guruhlar tomonidan internet orqali jihodga chaqirgan, “jannat” va’dasini o‘zida mujassam etgan axborotlari yoshlar ongiga salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Demak, aynan ana shu holatlarning oldini olish, axborotga ongli ravishda yondoshish bugun zamon talabidir.
Hozirda medianing tahlil etilishi natijasida tilimizga kirib kelayotgan tushunchalar, ya’ni mediasavodxonlik, mediata’lim, mediani o‘rganish va boshqalar bir- biri bilan bog‘liq bo‘lsa-da, olimlar ularni mohiyatan bir-biridan farqlashga urinmoqdalar. Fikrimizcha, mediasavodxonlik mediata’limning uzviy bog‘liq qismidir. Shu bilan birgalikda uning ko‘rinishlari ko‘paymoqda. Bugungi kunda mediaaxborotni qabul qilish, saralash, tahlil etish, baholashda mediasavodxonlik tushunchasi bilan birgalikda mediata’lim, mediani o‘rganish, mediamadaniyat tushunchalari ham qo‘llanilayotir. Ular bir-biridan farq qiladimi?
Mediata’lim
(media education):
– media o‘quv dasturida integrallashgan, fanlararo asosida o‘rganilishini;
– «mediamavzu»ni aniq bir fan doirasida tahlil etilishini; 
– amaliy ish va tahlil orqali mediaga tanqidiy yondashishni;
– uning shakli, texnologiyalari, axborotni uzatish usullarini o‘rganishni;
– mediaagentliklarni, ularning ijtimoiy, siyosiy va madaniy rolini o‘rganishni;
– talabaning OAV bilan ishlashini;
– tadqiqot faoliyatini;
– medianing til va san’at orqali auditoriyaga ta’sirini o‘rganadi.
Mediani o‘rganish
(media studies) 
o‘z navbatida:
– mediani nazariy jihatdan o‘rganishni;
– mediani qiyosiy jihatdan tahlil etishni;
– uning kontseptual tarkibini;
– mediamatnni tahlil etish va uning yaratilish metodikasini;
– ommaviy kommunikatsiya, kinosan’ati va madaniyatshunoslik fanlarining o‘zaro bog‘liqligini; 
– jahon OAVning bir-biriga o‘zaro ta’sirini o‘rganadi.
Media savodxonlik
(media literacy) mediani o‘rganish bo‘lib, mediata’limning quyidagi natijalariga asoslanadi va o‘z oldiga:
– medianing shaxs va jamiyatga ta’sirini tushunish;
– ommaviy kommunikatsiya jarayonini anglash;
– mediamatnlarni tushunish va tahlil eta olish;
– media kontekstini tushunish;
– mediamatnlarni yaratish va ularni tahlil etish;
– mediamatnlarni baholashga va ularni saralash vazifalarini qo‘yadi.
Bugungi kunda media, ya’ni ommaviy axborot vositalari, kino, teatr, san’atning turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har qanday ma’lumot inson ongiga o‘zining ma’lum bir ta’sirini o‘tkazib, uning dunyoqarashini o‘zgartirishga sabab bo‘lmoqda. Yuqorida tilga olingan tushunchalarning qo‘llanilishi va bugungi kunda mediata’lim, mediasavodxonlik, mediatanqid va mediani o‘rganishga bo‘lgan intilishning asosiy maqsadi ham axborotning yaratilishi, uning tarqalish jarayonini tushunib yetish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning mohiyatini anglagan holda uni baholay olishdir.
Ayni paytda mediata’lim asoslarini har bir ta’lim muassasasiga o‘quv dasturiga kiritish, bolalarga maktabgacha ta’lim jarayonida uning asoslarini interaktiv, turli o‘yinlar shaklida tushuntirish, o‘sib kelayotgan avlod tomonidan shiddatli axborot oqimida zarurini tanlash va unga tanqidiy yondoshgan holda baholay olish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarning kelajakdagi fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlanishiga, jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, to‘g‘ri qaror qabul qila olishiga asos bo‘ladi.

bbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi, deb xabar beradi Interne3,3 million yevrolik loyiha media-savodxonligini oshirish va mintaqada radikalizmni bartaraf etishga qaratilgan


OSTONA – Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “Internews” xalqaro nodavlat tashkiloti Markaziy Osiyo bo‘ylab media-savodxonlikni oshirish va radikalizmni bartaraf etishga qaratilgan 18 oylik loyihani boshladi.
“Markaziy Osiyoda OAV savodxonligini oshirish, xabar berish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish orqali barqarorlik va tinchlikka hissa qo‘shish” deb nomlangan loyiha Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Uzbekiston va Turkmanistonga mo‘ljallangan.
Aprel oyining boshida ishga tushgan va 2019-yilning sentabr oyigacha davom etadigan loyiha uchun YI 3,3 million yevro ajratdi.
Qozog‘istondagi YI vakili 15-may, seshanba kuni Ostonada loyihani taqdim etar ekan, “YI so‘z erkinligi, axborot olish erkinligi va ko‘p millatli jamiyatlarda barchaning fikri hisobga olinishini doim himoya qilgan va himoya qiladi”, deb aytgan.
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari “Islom Davlati” (ID) kabi radikal va terrorchilik tashkilotlari tomonidan ham foydalaniladi”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “ID internet orqali ommaviy qatlni namoyish qilgani va o‘z mafkurasini yoygani barchamiz yaxshi eslaymiz.”
Shu sababli aholiga media-savodxonlikni oshirivchi saboqlarni berishimiz va jurnalistlarga mavzuni yoritishga yordam beradigan qo‘shimcha bilim berishimiz kerak, dedi 

Download 104.65 Kb.
  1   2




Download 104.65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Download 104.65 Kb.