• Kalit so’zlar
  • O‘qitishning kredit – modul tizimining afzalliklari abdurahimov




    Download 25,33 Kb.
    bet1/3
    Sana16.05.2024
    Hajmi25,33 Kb.
    #238850
      1   2   3
    Bog'liq
    Maqola AO


    O‘QITISHNING KREDIT – MODUL TIZIMINING AFZALLIKLARI
    Abdurahimov Fargona viloyati Yuridik texnikumi “Yuridik xizmat” yo‘nalishi
    13-21 guruh talabasi


    Annotatsiya: Maqolada Kredit-modul tizimini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida qo‘llash bosqichlari va ularning ahamiyati tahlil etilgan bo‘lib, unda kredit- modul tizimining mazmun va mohiyati, ustuvor tomonlari, bu tizimning talabalar bilimini oshirishdagi ahamiyati muallifning tavsiya va fikrlari ilmiy asoslab ko‘rsatilgan. Shuningdek, dunyo mamlakatlarining taʼlim tizimida kredit-modul tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari va afzalliklari haqida fikrlar keltirilgan.
    Kalit so’zlar: Kredit, modul, kredit-modul tizimi, kredit-modul tizimi ahamiyati, kredit-modul tizimi imkoniyati, kredit tarixi.


    Kredit (credit) - talabaning alohida ta’lim yo‘nalishi yoki dasturi (kurs) bo‘yicha fanlarni o‘qib o‘rganishi va o‘zlashtirishi uchun sarflangan vaqt yuklamasining (vaqtning) o‘lchov birligidir. Kredit - talabaning me’yoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada mustaqil ravishda taʼlim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt o‘lchovidir. Talabaga kredit ma’lum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng beriladi.
    Har bir talaba kelajakda tanlagan yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha diplomga ega bo‘lishi uchun kreditlarni yig‘ib borishi lozim. To‘plangan kredit talabaga butun umr davomida o‘zining malakasini oshirib borish yoki qo‘shimcha oliy maʼlumot olishiga xizmat qilib boraveradi. Iqtisodiy tilda aytganda, to‘plangan kredit talabaning akademik, aktiviga aylanib boradi.
    Tarix. Kredit ilk marotaba XVIII-XIX asrlarda AQSh universitetlarida joriy etilgan bo‘lib, o‘quv jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik yuklamasini belgilab berish maqsadida yaratilgan.
    1869-yilda Garvard universiteti prezidenti, Amerika ta‘limining taniqli arbobi Charls Uilyam Eliot, “Kredit soati” tushunchasini iste‘molga kiritadi. Shunday qilib, 1870-1880-yillarda kredit soatlari bilan o‘lchanadigan tizim joriy qilinadi. Kredit tizimi bilan o‘qish va o‘quv jarayonini mustaqil ravishda rejalashtirish, uning sifatini nazorat qilish, taʼlim texnologiyalarini takomillashtirish uchun imkoniyat yaratib berdi.
    Kredit to‘plash o‘lchovining kiritilishi talabaga katta erkinlik berish bilan bir qatorda, kelajakda tanlagan sohasining raqobatbardosh mutaxassisi bo‘lib yetishishi uchun akademik jarayonni mustaqil rejalashtirish imkonini ham taqdim etdi. Ayni chog‘da, baholash tizimi va taʼlim texnologiyalarning takomillashishiga ham olib keldi.
    Modul - bu, bir nechta fan hamda kurslar o‘rganiladigan o‘quv rejasining bir qismi. U talabalarda ma‘lum bir bilim va ko‘nikma hosil qilish, tahliliy - mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega bo‘lishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio ma’ruzalar o‘qiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil o‘rganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi.
    Xorijiy tajribaga asosan kredit-modul tizimida o‘quv jarayoni har semestrda 2-4 tagacha moduldan iborat bo‘ladi. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini o‘zaro to‘ldirish prinsipi asosida shakllantiriladi. Talaba mutaxassis bo‘lib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash, amaliyotga joriy qila olish- malakasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
    Modulga asoslangan o‘quv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:
    -o‘quv maqsadi hamda vazifalarning to‘liq ochib berilishi;
    - talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim bo‘ladigan malakasiga qo‘yiladigan talablar;
    -modul tarkibiga kirgan har bir farning qisqacha mazmuni (sillabus), ya‘ni ma‘ruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashg‘ulotlarning rejasi, mustagil ta’limni baholash uchun moʻljallangan topshiriqlar;
    -o‘qitishning qisqacha bayoni: ta’lim berish usul hamda vositalari; bilimlarni baholashning usul va shakllaridan iborat.
    Modul asosida o‘qitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda ko‘nikmasini baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha o‘quv faoliyati, ya’ni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, o‘zlash-tirgan bilimlari ball berish orqali baholanadi.

    Download 25,33 Kb.
      1   2   3




    Download 25,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qitishning kredit – modul tizimining afzalliklari abdurahimov

    Download 25,33 Kb.