|
O‘qitishning kredit – modul tizimining afzalliklari abdurahimov
|
bet | 2/3 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 25,33 Kb. | | #238850 |
Bog'liq Maqola AOKredit-modul tizimi, bu - taʼlimni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta‘minlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.
Kredit - modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e’tirof etiladi:
-o‘quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
-bitta fan, kurs (kredit) ning qiymatini aniqlash;
-talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;
-talabalarga o‘zlarining o‘quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;
-ta’lim jarayonida mustaqil taʼlim olishning usulini oshirish;
-taʼlim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yilgan talabdan kelib chiqib o‘zgartirish mumkinligi
Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yilning 1-oktabrida “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi. Ushbu muhim dasturilamal hujjatarda, respublikadagi hamda 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Ran kings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 to o‘rindagi oliy ta'lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish va oliy ta‘lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish belgilab berildi.
Shuningdek, 2030-yilga qadar respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasasi (DTM) ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021 o‘quv yilining oxida 33 ta oliy taʼlim dargohini kredit- modul tizimiga o‘tkazish ko‘rsatib o‘tildi.
Kredit-modul tizimi avvalambor mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga taʼlimning amaldagidan ko‘ra ancha mukammal o‘lchov birligini olib kiradi.
Unga ko‘ra, universitetda o‘tiladigan har bir fan endilikda undagi o‘qish yuklamasi miqdoriga qarab, kreditlarda aks etadi. Masalan, har bir fan o‘rtacha 5,6 yoki 7,5 kreditlarda aks etishi mumkin. Talaba esa har semestr, o‘quv yilida muayyan miqdorda kreditlar to‘plab borishi mumkin, va bu miqdorga qarab, unga bakalavr yoki magistr darajasi beriladi.
|
| |