|
Yangi tizimning talabalar uchun afzalliklari
|
bet | 3/3 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 25,33 Kb. | | #238850 |
Bog'liq Maqola AOYangi tizimning talabalar uchun afzalliklari. Mazkur tizimning oliy ta’limga joriy qilinishi o‘qitish sifatini oshirish, shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga barham berish, ta’lim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish hamda talabaning mustaqil o‘qib-o‘rganib, o‘zi ustida ishlashiga zamin yaratadi. Bugungi kunda Yevropa kredit tizimi qit’aning deyarli barcha oliy o‘quv yurtida amalga qo‘llab kelinmoqda. Kredit-modul tizimining joriy etilishi o‘qituvchi va talabaning hamkorlikda ishlashida muhim rol o‘ynaydi. Modulli ta’limda pedagog talabaning o‘zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba esa yo‘naltirilgan obyekt tomon mustaqil harakat qiladi. Eng katta urg‘u ham talabalarning mustaqil taʼlim olishiga qaratiladi.
Bu juda ham yaxshi va samarali usuldir. Chunki talaba darsliklardan, adabiyotlardan va internet saytlarida mavzuga oid materiallarni izlab topadi, o‘z ustida ishlaydi va chiqargan xulosalarini o‘qituvchi yetkazadi, mavzuni o‘qituvchi tomonidan umumlashtirilish bilan uni musrahkamlab oladi. Xulosa qilib aytganda, kredit-modul tizimi talabalarga ko‘plab imkoniyatlar yaratadi. Kredit-modul tizimining ahamiyati ham talabalarning ta’lim olishlarida yuqori bo‘ladi.
Kelajak biz yoshlar qo‘lida ekan rivojlanish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarni ishga solib islohotlarni qurqmasdan amalga oshirib ulardan maksimal darajada. Har birimiz yurtimizning kelajagi uchun astoydil harakat qilamiz. Ilm olishdan, o‘rganishdan hech qachon charchamaylik!
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847- son Farmoni
O‘.Asqarova, M.Nishonov, M. Xayitbaеv “Pеdagogika” T., “Talqin” 2008 y
M.To‘xtaxo‘jayeva “Pеdagogika” T., “O‘qituvchi” 2010 y
O.U.Avlayev, S.N. Jo‘rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o‘quv-uslubiy qo‘llanma, “Navro‘z” nashriyoti, Toshkent – 2017
Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, Fan va texnologiya. 2010.
Монгуш М.В. Модульно-рейтинговая система контроля качества знаний студентов // Вестник педагогической инновации / Новосибирский государственный педагогический университет. - 2007.
Сазонов Б.А. Болонский процесс: актуальные вопросы модернизации российского высшего образования. - М.: Федеральный институт развития образования, 2006.
Usmonov B.Sh. Xabibullayev R.A Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish. O’quv qo’llanma. –Toshkent, TKTI, 2020. – 120 bet
O’rinov. O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ECTS kredit-modul tizimi: asosiy tushunchalar va qoidalar. O’quv qo’llanma. Nyu Bransvik Universiteti, 2020 y.
|
| |